Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149


4-modul. Qo`shimcha fanlar 
1.
Siyosiy geogafiya va tashqi iqtisodiy aloqalar
2.
Ekologiya asoslari.
5- modul

Malakaviy va pedagogik amaliyotlar
II bosqich. 
O‘qitish davri siqilganida, fanlarni o‘rganishning eng maqbul 
ketma-ketligini o‘rnatish. Yuqorida keltirilgan har bir makromodul bakalavr 
yo‘nalishida aniq maqsadni ko‘zlaydi. Muayyan makromodulning maqsadi DTS 
talablari hamda makromodulning tarkibiga kiritilgan o‘quv modullarini o‘rganish 
maqsadlariga muvofiq belgilanadi. Shuningdek, muayyan makromodul doirasida 


207 
o‘quv modul (fan)larining maqbul ketma-ketligi, ularni o‘rganish muddatlari 
belgilanadi. Shu tariqa o‘quv yili davomida tashkil etiladigan ta’limning 
uzluksizligi ta’minlanadi. Makromodullarni belgilashda alohida modullar orasida 
o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligi tik (vertikal), ularni o‘rganilish muddatlari 
yotiq (gorizontal) bog‘lanishlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
III bosqich. 
Makromodul fanlari o‘quv dasturlarining o‘zaro bog‘liqligini 
ta’minlash. O‘quv materiallarini berishda takrorlanishlarning oldini olish 
maqsadida makromdul tarkibiga kiruvchi alohida o‘quv modul (fan)lari, ularning 
dasturlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik ta’minlanadi.
IV bosqich. 
Tegishli o‘quv moduli (fani) bo‘yicha modullarni shakllantirish.
Bunda, odatda, mavzular mohiyatini o‘rganishga xizmat qiladigan o‘quv 
materiallarining mazmuni va hajmidan kelib chiqqan holda modullar 
shakllantiriladi. 
V bosqich. 
Modul bo‘yicha didaktik materiallarni tayyorlash. Modul 
ta’limiga o‘tishning birinchi bosqichida alohida o‘quv modul (fan)lari bo‘yicha 
quyidagi materiallar tayyorlanadi: 
-
ishchi o‘quv dasturi; 
-
ixchamlashtirilgan va kodlashtirilgan ma’ruza matnlari; 
-
o‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati; 
-
atamalarning izohli lug‘ati; 
-
o‘quv-uslubiy tarqatma materiallar; 
-
individual ishlar uchun topshiriqlar; 
-
mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar; 
-
talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish uchun testlar, sinov 
topshiriqlari. 
Har bir modul test va sinov topshiriqlari bilan tugallanishi lozim. Bu talab, 
ayniqsa, bakalavriat yo‘nalishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, test va 
sinov topshiriqlari bakalavrlar tomonidan o‘rganilgan muayyan modul uchun 
o‘rganilgan o‘quv materiali yuzasidan nazorat bo‘lsa, keyingi modul uchun kirish 
(boshlang‘ich) nazorati sanaladi. 
Odatda har qaysi modul uchun tasviriy shakllardagi tarqatma materiallar 
to‘plami tayyorlanib, ular talabalarga mashg‘ulotdan avval tarqatiladi. Talabalar 
ko‘rgazmali materiallar, adabiyotlar to‘plami asosida har bir o‘quv materialini 
o‘zlashtirib boradi va shu tarzda bir modulni o‘rganishdan ikkinchi modulni 
o‘rganishga o‘tadi. 
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko‘ra iqtidorli talabalar o‘rgatuvchi modul 
(muayyan modul mazmuni, talabaning o‘quv-bilishga doir harakatlarini boshqarish 
tizimi, nazorat (sinovlar) tizimi, metodik ishlanmalar mazmunidan iborat modul) 
yordamida pedagoglar tomonidan taqdim etiladigan barcha ishlanmalar bilan to‘liq 
tanishmay turib ham test sinovlarini topshirish imkoniyatiga ega. Bunda pedagog 


208 
axborotchi-nazoratchi emas, balki maslahatchi-muvofiqlashtiruvchi shaxs sifatida 
namoyon bo‘ladi.
O‘rgatuvchi modullarni ishlab chiqish murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘p 
vaqtni talab qilsa-da, biroq, ularni amaliyotda qo‘llash yuqori darajada ta’lim 
samaradorligini ta’minlaydi. 
Ma’ruza matnini tayyorlashda tizimlashtirish metodiga ko‘ra materiallar 
blok-sxema, rasmlar bloki shaklida taqdim etiladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin