Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149


7.
 
Kognitiv-vizuallik tamoyili.
Psixologik nuqtayi nazardan axborotni ko‘z 
(ko‘rish) orqali qabul qilish samarali sanaladi. Shunga ko‘ra azal-azaldan ta’lim 
jarayonida 
pedagogning 
nutqi 
asosida 
uzatiladigan 
axborotlarning 
vizuallashtirilishiga alohida e’tibor qaratilib kelingan. O‘qitish jarayonida 
ko‘rsatmali qurollardan foydalanish og‘zaki uzatilayotgan axborotlar ta’sirini 
kuchaytirib, muayyan tasviriy shakllar vositasida qabul qilish imkoniyatini 
yaratadi.
 
Zamonaviy sharoitda xorijiy mamlakatlarda kognitiv grafika (o‘quv 
axborotlari mohiyatini yorituvchi kompyuter suratlari bloki) keng ko‘lamda 
rivojlanmoqda. O‘quv axborotlarining mohiyati surat, grafika, tasvir, jadval, 
diagramma, sxema, model, turli ramzlar, shartli (matematik, fizik, geometrik va b.) 
belgilar asosida yoritilishi modulning asosiy elementi hisoblanadi. 
Bunda: 1) talabaning ko‘rishi, axborotlarni tasviriy qabul qilish qobiliyati 
rivojlanadi; 2) o‘quv materiali mazmunini o‘zida zich joylashtirgan tasvir (surat, 
grafika, tasvir, jadval, diagramma, sxema, model, turli ramzlar, shartli (matematik, 
fizik, geometrik va b. belgilar) talabaning bilimlarni tizimli o‘zlashtirishga yordam 
beradi; 3) tasvirlar (xususan, rangli tasvirlar) o‘quv axborotini qabul qilish, eslab 
qolish samaradorligini oshiradi, qolaversa, ularni estetik jihatdan tarbiyalaydi. 
Kognitiv grafika miya o‘ng yarim sharini faollashtiradi, natijada talabalar 
tasviriy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. 
Ta’lim jarayonida ko‘rgazmali qurollar, kompyuter tasvirlar va boshqa 
tasviriy vositalardan foydalanish talabalarda o‘quv axboroti haqidagi tasavvur hosil 
bo‘lishini 5-6 marta tezlashtiradi. Vizual shaklda o‘zlashtirilgan axborotni qayta 
yodga olish oson kechadi. 
8.
 
Xatoliklarga tayanish tamoyili.
Shaxs, odatda, borliq, ijtimoiy 
munosabatlar, kasbiy faoliyatga doir aksariyat bilimlarni o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolar 
asosida samarali o‘zlashtiradi. Shu sababli ta’lim jarayonida xatolarni izlash va 
ularni bartaraf etish tajribasi o‘zlashtirilmoqda. Mazkur tamoyil o‘qitish jarayonida 
izchil ravishda talabalarni xatolarni izlashga yo‘naltiruvchi vaziyatlarni hosil 
qilishga e’tiborni qaratishni taqozo etadi. Ta’lim jarayonida mazkur tamoyilning 
ustuvor o‘rin tutishi talabalarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin