Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya ta’limida kreativ metodlar



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   149


8.7. Geografiya ta’limida kreativ metodlar 
 
Kreativ ta’lim metodi. 
Talabalarning ijodiy qobiliyatini takomillashtirishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ayniqsa, muammoli, loyihalashtirilgan va jadallashtirilgan 
ta’limlarning qo‘llanishi o‘quvchi-talabalarda yaratuvchanlik, bunyodkorlik 
qobiliyatlarini o‘sishiga olib keladi. 
An’anaviy shaklda olib boriladigan ta’lim o‘quvchi-talabalarga ilgaridan 
ma’lum axborot, bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalarni berish bilan 
chegaralanadi. Lekin kreativ ta’lim metodi asosida tashkil etilgan orientatsiyadagi 
darslar jarayonida qabul qiluvchi obyektdan ijodkor (kreativ) subyektga aylanadi. 
Predmetni (tomoni, mazmuni) o‘zlashtiruvchi o‘ziga nisbatan yaratuvchanlik bilan 
yondoshishi asosida o‘zlashtirib oladi. Har bir faktik materialga ijodiy va tanqidiy 
qaray oladi. Olinayotgan o‘quv materiali unga yangicha qarash, qo‘shimcha 
materiallarni olish, o‘zlashtirishga yo‘l ochadi. Ko‘pincha bunday hollar 
o‘zlashtirishga evristik yondashuvni shakllantiradi. Bu esa malakali 
mutaxassislarni kelajakda olgan bilim, ko‘nikmasining faqat ijrochisigina bo‘lib 
qolmay, balki o‘z kasbiy faoliyatiga ijodkorlik, yaratuvchanlik asosida qarashga 
olib keladi. Hozirgi kun ta’lim tizimining bosh va asosiy maqsadi ham ijodiy 
fikrlaydigan malakali mutaxassislarni va yuksak darajadagi fikr yurituvchi shaxsni 
tarbiyalash va tayyorlashdan iborat. Sir 
emaski, 
mamlakat 
taraqqiyotida 
texnologiya, xomashyo, jihozlar, energo-resurslar, ekologik o‘zgarishlar borgan 
sari globallashib, uning boshqaruvchisidan yuksak mahorat egasi bo‘lishni talab 
etmoqda. Umuman, ta’lim tizimida ham uning dasturlari, mazmuni, Davlat ta’lim 
standartlari (DTS) takomillashib bormoqda. Bunday tezkor o‘zgarishlar bilim 
olishning zamonaviy texnologiyalari, masofaviy, loyihalangan ta’lim, media 
ta’limini, ya’ni shaxsiy ijodkorlikka asoslangan ta’limni joriy qilish ehtiyojini 
keltirib chiqarmoqda. Kreativ ta’lim metodining maqsad va vazifalari hozirgi 
mavjud ta’lim, asosan, ilgaridan mavjud bo‘lgan an’anaviy didaktikaga 
asoslangan, ya’ni o‘quv jarayonida ilgaridan fanga ma’lum bo‘lgan bilimlarni 
o‘qitish, o‘rgatish, yetkazish bilan xarakterlanadi. O‘qituvchi ilgaridan ma’lum 
reproduktiv faoliyatni olib boradi. Bu esa o‘quvchi-talabalarning ta’lim mazmunini 
yodlab olishi, qayta takrorlab borishi bilan cheklanadi. Ya’ni ta’lim ilgaridan 
ma’lum predmet “avval hunar o‘rgat, keyin shogird o‘z xohishicha nimani ijod 
qilsa, qilaversin” yo‘sinida ish tutish rasm bo‘lgan. 
Bunday holda bilim olish konsepsiyasi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: 
– bilim bilan tanishish, ma’lum axborotni tushunib olish, voqealarni bir-
biridan ajrata olish; 
– bilimdan nusxa olish, olgan bilimlarni takrorlash; 
– bilim-malaka, olgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish; 
– bilim-transformatsiya, olgan bilimlarni, keyingi yangi bilimlarni, yangi 
vazifalarni bajarishda qo‘llash (ya’ni ijodiy foydalana olish darajasi)dir. 
Agar umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
birinchi, ikkinchi darajadagi bilimlarni o‘rgatsa, oliy ta’lim uchinchi, oliy 


219 
ta’limdan keyingi ta’lim to‘rtinchi darajadagi, ya’ni ilmiy izlanish, stajor- 
tadqiqotchilar tomonidan bilimni egallash va davom ettiriladi.Undan keyingi ta’lim 
esa “beshikdan qabrgacha”, ya’ni “umr bo‘yi uzluksiz” ta’lim davom etadi. 
Shuni yodda saqlash kerakki, ijodkor yaratuvchi shaxsni, malakali 
mutaxassisni 
tarbiyalash-fanga 
ma’lum bo‘lgan bilimlarning o‘zinigina 
o‘zlashtirish bilan kifoyalanmay, olingan bilimlar zamirida yangi bilimlarni kashf 
etishlari bilan muhimdir. Bunga yorqin misol, ulug‘ allomalarimiz Muso al-
Xorazmiy matematika fanining asoschisi, al-Farg‘oniyning turli fanlarga tegishli 
buyuk kashfiyotlari, al-Farobiyning (70 dan ortiq tillarda erkin so‘zlashgan) tovush 
tezligi, chastotasi, moddiyat, issiqlik, harakat, optikaga oid kashfiyotlari, Abu 
Rayhon Beruniyning (qomusiy olim) mineralogiya, geodeziya, jo‘g‘rofiya, 
falakiyot (astronomiya), tarix, tilshunoslik, falsafa va boshqa fanlar rivojiga 
qo‘shgan katta hissasi, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” va boshqa asrlari, 
Ulug‘bekning “Zijji Ko‘ragoniy”, “Tarixi arba ulus” (To‘rt ulus tarixi) asarlari 
hozirda ham mamlakatimizda va ko‘plab Yevropa mamlakatlarida o‘qib 
o‘rganilmoqda. Ularning kashfiyotlari butun jahon xalqlarining umummulkiga 
aylangan. Bu shundan darak beradiki, allomalarimiz o‘z davrida mavjud bilimlarni 
chuqur va puxta o‘rganib, o‘zlashtirib qolmay, ular o‘z ishlariga izlanuvchanlik va 
ijodkorlik bilan yondoshib, juda ko‘plab kashfiyotlar qilganlar. Shuning uchun 
yangilangan didaktikaning vazifasi faqatgina fanga ma’lum bo‘lgan bilimlarning 
o‘zini o‘rgatish, uni takrorlash bilan cheklanmay, ularning ijodiy, tanqidiy va 
yaratuvchanlikruhida ish yuritishlariga zamin yaratib bormoqdan iborat. 
Hozirgi zamon ta’limining bosh va asosiy vazifasi o‘quvchi-talabalarning 
intelektual 
darajasini, 
yaratuvchanligini, 
ijodkorligini, 
izlanuvchanligini 
takomillashtirish orqali ularni yangi bilimlarni olish, yaratishga ruhlantirishga 
qaratilmog`i kerak. Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko‘ra) olti 
yoshgacha bo‘lgan bolalar 40% iste’dod potensialiga ega ekanlar. Bolalar eng 
kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda moyil bo‘lar ekan. Agar shu 
davrda u bilan olib borilayotgan ta’lim jarayoniga faqat an’anaviy ta’lim asosida 
yondoshilsa, undagi ijodkorlikka moyillik so‘nib boradi. 
O‘quv-biluv ijodkorlikka yo‘naltirilsa-uning faolligi, yaratuvchanlik 
qobiliyati oshib boradi. Masalan: 
1.Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob’ektning o‘zi bilangina 
cheklanmay, ya’ni sub’ekt (o‘quvchi- talaba)ning ijodkorligi, moyilligi, ehtiyojiga 
qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi, ya’ni ijodkorlikka yoshlikdan o‘rgatish 
mumkin va zarur. 
2.Umuman ulug‘ kashfiyot namoyondalari fikrlash algoritmini yaxshi 
o‘zlashtirganlar, atroflicha bilimga ega bo‘lganlar. Ular, asosan, evristik metod va 
usullarni yaratganlar, shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon qilganlar. 
Create 
lotincha so‘z bo‘lib-yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma’noni beradi. 
Yaratuvchanlik va ijodkorlik metodlarini yaratishni, o‘rgatishni kreativ 
pedagogika o‘rgatadi. 
Agar ta’lim jarayoni o‘quvchi-talabalar faolligiga asoslangan muammoli, 
dasturlangan, loyihalar jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo‘nalishga 


220 
ega bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning faolligi tufayli u yangilik, ijodkorlik sari 
yetaklaydi. 
Ijodkorlik va madaniyatlilik o‘quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u 
ijodkorlik sari boradi. Shuning uchun ham o‘quv jarayonidan tashqari vaqtda 
“ilmiy texnik ijodkorlik asoslari” yoki “ texnik loyihalash ijodiy asarlari” va 
boshqa ilmiy izlanish yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil etilsa, o‘quvchi- 
talabalarning loyihalash ijodkorligi oshib boradi. Shuning uchun ham o‘quvchi- 
talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va maqsadli yo‘naltirish, ularning kelgusida 
kasbiy mahoratli, ijodkor bo‘lib yetishishiga sabab bo‘ladi. Tarixan ta’lim ikki 
madaniyat yo‘nalishida rivojlangan, taraqqiy etgan. Birinchisi, gumanitar- badiiy 
yo‘nalishda bo‘lsa, ikkinchisi ilmiy va texnika yo‘nalishi. Shu sababli texnik ijodiy 
rivojlanish konsepsiyasida texnika ta’limini insonparvarlashtirish va nazariy 
muhitda rivojlanishning asosi qilib olingan. Aniq fanlarning ham rivojlanishini 
texnika taraqqiyoti va axborot informatsion texnologiyalar bilan chambarchas 
bog‘lash yaxshi natijalar bermoqda.Ta’lim bilan bog‘liq har qanday faoliyat 
loyihalashtirish asosida kechsa: 
3.Dizayn bilan bog‘lashda yaxshi natijalarga olib keladi. Shuning uchun kreativ 
pedagogika shu loyihalashtirishga asoslangan bo‘ladi. Hozir texnik jihatdan katta 
o‘sish, o‘zgarishlar davri. 
4.O‘z navbatida, ta’lim jarayoni oldiga vazifalar qo‘ymoqda, ta’lim oluvchi olgan 
bilimlarini o‘zlashtirib, ko‘paytirib borishdan tashqari, o‘quv-biluv jarayonida 
qo‘shimcha bilimlar berish orqali ijodiy yondashuvga moyilliklari ortib boradi. 
5.Ta’limni olib boruvchi- o‘quv jarayonini olib boruvchi, o‘quvchi- talabalar o‘quv 
jarayonining faol ishtirokchisi o‘quv-biluv mas’uliyatini o‘z bo‘yniga oluvchi 
hamdir. 
6.Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish, innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar , 
yangi o‘quv obyektlari o‘quvchi-talabalarning tafakkurini abstrakt fikrlash, ijodiy 
fikrlar yuritishga olib keladi. 
7. O‘quv jarayonini algoritmlash, loyihalash, modullashtirish o‘quvchi- 
talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan shaxsiy mas’uliyatini oshiradi.
Ularda motivatsiyaning kuchayishi orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish 
asosida o‘z bilimini boyitib borish ehtiyojini tug‘diradi. 
Xullas, o‘quv jarayonini kreativ yo‘naltirish uchun: 
1.O‘quv jarayoni o‘quv materialini berib borish, boshqa qiziqarli qo‘shimcha 
materiallarni taklif etish va o‘quvchi-talabalarni izlanishga, ijodkorlikka 
yo‘naltiruvchi material asosida ularni o‘z ehtiyoji, xohishi bilan yangilik sari 
yetaklash. 
2.O‘quv jarayonini ham shunday o‘zgartirish kerakki, o‘quvchi-talabalar o‘quv 
materiallarining yaratuvchisiga aylanib, berilgan o‘quv materiali o‘sha 
yaratuvchilikka xizmat qiladi. 
3. O‘quv materiallariga yangi qo‘shimchalar kiritish orqali evristik strategiya, 
taktika, metod va usullar taklif etish orqali o‘quvchi-talabalarning ijodiy fikrlashga 
bo‘lgan qiziqishini oshirish kerak. 


221 
Umuman, talabalar faoliyatida yaratuvchanlik, ijodiy fikrlar har qanday 
muammoni, vazifani, loyihani yechishda sermahsul jarayon hisoblanadi. Shunday 
ekan, o‘quv jarayonida talabalar mustaqil ravishda masalaning yechimiga intilsa, 
o‘qituvchi muammoli vaziyatni o‘z vaqtida tashkil etsa, talabalarda sekin-asta 
ko‘nikma va malaka shakllana boradi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin