Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149


 
 
8.8.
 
Geografiya ta’limida evristik metod 
Talabalarning mustaqil, faol, ijodiy faoliyatini tashkil etishda evristik 
metodlar asosidagi ta’lim alohida o‘rin tutadi. ”Evristika” -grekcha so‘z 
bo‘lib,“heurist” so‘zni, “izlayman”,”topaman”, “ochdim” degan ma’nolarini 
beradi. Umuman evristik ta’lim metodi juda uzoq antik zamonlardan beri 
qo‘llanilib kelinadi. Birinchi bora ta’lim jarayonida qo‘llanilganda – evristik 
suxbatlar yo‘naltirilgan, ketma-ket berilgan savollarga javob berish jarayonida 
shakllangan, savollarga javob berishda javoblar o‘quvchilar-talabalar tomonidan 
muammolar yechimiga qatnashish jarayonida rivojlantirilgan.
Pedagogikada 
o‘quvchi-talabalar fikrini rivojlantiruvchi, maqsadli 
sermaxsul, izlanishlar asosida qo‘llana boshlagan. Ko‘proq bu usulni 
birinchilardan bo‘lib matematik olimlar, o‘qituvchilar iste’molga kiritganlar. 
Ko‘pincha uni “matematik yechish san’ati” metodlari shaklida qo‘llash ma’qul 
ko‘rilgan. Keyinchalik uni boshqa o‘quv predmetlarni o‘qitish jarayonida ilg‘or 
universal metodlar sifatida ham qo‘llashga harakatlar, o‘rganishlar bo‘lgan. Bu 
muammo bilan o‘z davrida filosof va grek matematigi Papp Aleksandrskiy, 
keyinchalik fransuz filosof va matematigi R.Dexretlar shug‘ullanib, evristik ta’lim 
universal metoddir, degan fikrga kelganlar. 
Ilg‘or metod sifatida uni Yan Amos Kamenskiy ta’lim tizimiga kiritish 
zarurligini uqtirgan. U evristik metoddan ta’lim jarayonida foydalanishda 
shaxsning o‘ylashi, “ijodiy fikr yuritishi zamirida turli yangiliklarni yaratuvchi 
shaxs tarbiyalanadi”, deb ta’rif beradi. 
Rus pedagogi P.K.Kopterev xalq maktablarida evristik ta’lim metodlarini 
keng qo‘llash ijodiy fikrni yurituvchi shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi 
degan fikr bildiradi. Evristik ta’lim metodi pedagogika nazariyasiga XX asrning 
ikkinchi yarmidan kirib kela boshladi. Ayniqsa, o‘quv jarayoniga kibernetikaning 
kirib kelishi, ilmiy izlanuvchanlik, ijodkorlik, yangiliklar yaratishga ehtiyojning 
oshishi munosabati bilan ta’lim jarayonida keng qo‘llanishni taqozo eta boshladi. 
Hozir fanda evristika yo‘nalishi mustaqil rivojlanmoqda.Biror yangilikni 
yaratish g‘oyasi ilgari surilgandan keyin yangi ixtiyoriy harakat dasturi tuziladi, 
shu vaziatdan chiqish yoki jadallashtirish uchun yangicha ijodiy , nostandart 
fikrlash orqali yangilik yaratiladi. Fikrlash jarayoni (analiz, sintez, umumlashtirish) 
orqali ayrim operatsiyalar ketma-ketlikda yangicha yondashuv orqali yechiladi, hal 
etiladi. 
Evristikaning fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat: 


222 
-xosila beruvchi jarayonlarni o‘rganish. Unda kechadigan o‘ziga xos psixologik 
kechinmalarni o‘rganish va bilish. Insonning evristik faoliyati yoki elementlari 
orqali real vaziyatni ajrata olish va uni xotirada saqlash; 
-evristik faoliyatni yuritish uchun (model) sharoitini yaratish prinsiplarini 
o‘rganish; 
-evristik faoliyatni yuritish, tashkil etish uchun vaziyatni modellashtirish; 
-evristik faoliyatni yuritish uchun maqsadga yo‘nalgan evristik tizimni, 
qonuniyatlarni shakllantirish va yaratish; 
-evristik faoliyatni joriy etish qonuniyatlarini amalga oshirish uchun texnik jihozlar 
konstruksiyasini yaratish. 
Evristika fani sifatida o‘z kotegoriyasi, evristik faoliyat, evristik elementlar 
apparati, evristik tizim, evristik strategiya, evristik metod, evristik qoida, evristik 
yo‘l kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Evristik metodlar va ulardan foydalanish yo‘nalishlari: 
-ma’lum qonuniyat va prinsiplarga suyanadi. 
-g‘oyani muammoligi va optimalligi (masalaning yechimidagi bosh, optimal 
g‘oya); 
-axborotni bo‘lim, bloklarga taqsimlash (maqsad, vazifalar yechimidagi ketma-ket 
kichik yo‘nalishlarni yechishga yo‘naltirilganlik). 
Bunday metodlarda tashkil etilgan mashg‘ulotlar shu bilan ajralib turadiki, u 
istalgan muammoni yechishda shaxsni ijodiy yondashuvga, intuitiv fikrlashga olib 
keladi. Lekin bu metod har doim ham g‘oyalar yechimida absolyut yutuqlarni olib 
kelavermaydi. 
Evristik metodlarning turlari quyidagilar: 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin