Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149


Ko‘p o‘lcham-matritsa metodi. 
Bu metod ilmiy izlanuvchi va 
yaratuvchining morfologik-taktik muammolariga suyanadi: 
-yechilayotgan g‘oyaning ayrim elementlari ma’lum darajada ilgaridan ma’lum; 
-g‘oyaning yechimida uning ayrim qirralari va elementlari noma’lum; 
-muammo yechimi ma’lum emas. 
Ko‘p o‘lchamli-matritsa metodi sistemali yangicha tahlilga suyanadi, 
muammoni hal etishda ma’lum prinsiplarni o‘z ichiga olganligi uchun ko‘pgina 
xatoliklarning oldini olish imkonini beradi. Bu metod ko‘pgina murakkab bo‘lgan 
ijodiy muammolarni hal etib qolmay, ko‘pgina yangi-yangi g‘oyalarning 
tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p o‘lchamli-matritsa metodining o‘ziga xos 
kamchiligi ham mavjud. U shundan iboratki, o‘rtacha qiyinchilikdagi vazifalar 
yechimida, juda ko‘plab variantdagi javob variantlarini keltirib chiqaradi. Bu o‘z 
o‘rnida ular ichidan eng optimalini tanlashga qiyinchilik tug‘diradi. Bu metod 
izlanayotgan muammoning hamma parametrlarini ochib berish kafolatini bera 
olmaydi. Ko‘p o‘lchamli-matritsa metodi asosida ishlash juda katta ko‘nikma va 
mahorat talab etadi. 
Erkin assotsiatsiyali metod. 
Evristik faoliyatni yuritish bu metod yuqori 
darajadagi ijodiy faoliyatni baholashda, g‘oyalarni ilgari surishda yangi-yangi 
assotsiatsiyalarni izlab topish imkonini yaratadi. Bu muammo o‘z yechimida yangi 
g‘oyalarni keltirib chiqaradi, muammoning yechimini topish jadallashadi. Bu 


223 
metodda assosatsiyaning vujudga kelishi tufayli yechilishi zarur bo‘lgan muammo 
komponentlarining, tashqi muhitning o‘zaro bog‘lanishlari ro‘yobga chiqadi. 
Tashqi muhit bilan ijodiy jamoaning ijodkorona fikrlari to‘qnashuvi imkonini 
tug‘diradi. Bu metodda ishni tashkil etishda o‘quvchi-talabalar jamoasining har bir 
a’zosi faol ishtirok etishi, ishtirokchi o‘z assosatsiyasini yoki fikrini taklif etishi 
kerak. Ularning fikrlarini mujassamlashtirish orqali muammoning yechimida – 
yangi g‘oyalar uchrashuvida muammo o‘z yechimini topadi. Bu metodni 
qo‘llashda emin-erkin o‘z assosatsiyasini, fikrini aytish, tanqidiy fikrlar 
bildirishdan holi bo‘lgan ma’qul. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin