225
mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plagan. O‘zbekiston
sharoitida mustaqillik yillarida ta’limning bu turini qo‘llashga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda.
Manbalarda “masofaviy ta’lim” tushunchasiga berilgan ta’riflarga tayangan
holda atamani quyidagicha ta’riflash mumkin:
Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969-yilda
Angliya premer-ministri
G.Vilson tashabbusiga ko‘ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan
o‘qitish
ancha oldinroq, ya’ni birinchi barqaror,
muntazam pochta aloqasining
shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858-yildan boshlab London universitetida
barcha xohlovchilarga ularning
mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va
barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan.
1938-yildan buyon Sirtqi ta’lim bo‘yicha Xalqaro
Kengash nomi bilan mashhur
xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida Angliyada 40 ga yaqin ana shunday
turdagi ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularga har yili 65 ming kishi
o‘qish uchun ariza berishgan. Yangi pedagogik texnologiya ta’lim
oluvchilarga
qulay vaqtda o‘qishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Ochiq universitetlardagi o‘qish harajatlari an’anaviy institutlarda o‘qitishga
qaraganda 8-10 marta arzon. Masalan, Angliyada turg‘un o‘qishga 3000,
masofaviy o‘qitish orqali bilim olishga esa atigi 300 funt sterling to‘lanadi.
Binolarga xizmat ko‘rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun harajatlar, o‘qituvchi,
ma’muriyatlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim
oluvchilarga filiallar tarmog‘i, telestudiya va kompyuter tarmog‘i
orqali
maslahatlar beriladi. Angliyada o‘quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o‘z
ichiga qamrab oladi, ularning ko‘plari fanlararo bog‘lanish xususiyatiga ega.
AQShda shunga o‘xshash o‘qitish tizimi o‘tgan asrning 60-yillarning
o‘rtalarida qo‘llanila boshlagan. O‘sha paytlarda yaqin joylashgan korporatsiya
ishchilari uchun o‘quv kurslarini ba’zi muhandislik kollejlari
televidenie orqali
taqdim etgan. 1948 yildan boshlab, masofaviy ta’lim dasturlari
Milliy texnologik
universitet ta’limiga moslashtirilgan. Ko‘p yillar davomida “Edent” ta’lim
tarmog‘idan foydalanib kelingan. Individual kompyuterlar orqali barcha darajadagi
ta’lim muassasalari tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud. Bugungi kunda
AQShda masofadan o‘qitish dasturi bo‘yicha bir milliondan ortiq talaba ta’lim
oladi. Ular o‘quv kurslarini Ommaviy teleeshittirish tizimi orqali qabul qiladilar.
Dostları ilə paylaş: