Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149


 
6.
Validatsiya 
(ingl. validation – qondirish) ta’lim mahsuloti, ta’lim 
xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali 


228 
ta’limning keng tarqalgan bu modeliga ko‘ra o‘zaro hamkor ta’lim muassasalari 
tenglik tamoyiligi muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil 
etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validatsiyasi, ikkinchisi o‘quv 
kurslari, dasturlarini akkreditatsiya qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda 
sertifikatlarni berish uchun mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va h.k.
 
7.
Uzoqlashtirilgan 
auditoriyalar 
(modelga 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari va innovatsion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi; bir 
oliy yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq 
masofada 
joylashgan 
ta’lim 
muassasalarining 
o‘quv 
auditoriyalarga 
telekommunikatsiya vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman va 
radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning 
katta auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya universiteti (Wisconsin 
University, USA), Xitoyning markaziy radio va televidenie universiteti (China 
Central Radio and TV Universty)da masofaviy ta’limning ushbu modelidan 
foydalaniladi. 
8.
Loyihalar 
(model davlat ta’limi yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida 
keng qamrovli loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv 
materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, masofaviy ta’lim 
kurslarini tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni 
shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan masofaviy ta’lim 
kurslari muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; bu kabi ta’lim 
vaqtinchalik bo‘lib, loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach yoki 
tugagandan so‘ng yakunlanadi; Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan 
davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, 
ekologiya bo‘yicha tashkil etiladigan ana shu modelga misol bo‘la oladi. 
Dunyo ta’limi tizimiga masofaviy ta’lim metodi o‘qitishning alohida shakli 
sifatida jadallik bilan kirib kelmoqda, interfaol ta’lim metodi sifatida joriy 
etilmoqda. 
Masofaviy ta’lim metodi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar 
asosida kechadigan pedagogik jarayondir. 
Masofaviy ta’lim metodida o‘qitish o‘quv axborot-resurs markazlari, 
internet, pochta aloqalari orqali amalga oshiriladi. Masofaviy ta’lim, asosan, virtual 
slaydlar orqali beriladi, agar talabalar para orqali virtual sinfga kirsa jarayonda 
qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Masofaviy 
o‘qitish-bu maxsus psixologik-pedagogik va axborot 
kommunikatsion 
texnologiyalar 
muhitida, 
bir-biridan 
uzoqda 
bo‘lgan 
qatnashchilarning bilvosita aloqasiga asoslangan holda bilim, ko‘nikma, malaka 
va ularni egallash usullarini uzatish va o‘zlashtirish jarayonidir. 
Masofaviy ta’lim metodining o‘ziga xos muhim jihatlari: 


229 
-ta’lim oluvchining axborotni yaratuvchi va uni yetkazuvchi manbadan 
uzoqligi; 
-texnologik jihatdan muloqot muhitining, shuningdek, psixologik va 
pedagogik jarayon muhitlarining o‘ziga xosligi; 
-masofaviy o‘qitish jarayoni qatnashchilarining axborot texnologiyalari
vositalari yordamida sinxron va asinxron muloqotiga asoslanganligi; 
-ta’lim oluvchilarning ta’lim dasturlarini tanlash va o‘qish traektoriyalarini 
belgilashlaridagi erkinliklari; 
-ta’lim oluvchining, asosan mustaqil ravishda, kompyuter texnologiyalaridan 
foydalangan holda o‘z ustida astoydil ishlash nazarda tutilgan. 
Masofaviy ta’lim metodi shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, kelajakda zarur 
mutaxassis bo‘lishga yo‘naltiradi. Masofaviy ta’lim metodini joriy qilishning 
modelini belgilab olish strategik rejalashtirish nuqtayi-nazaridan muhim, 
masofaviy o‘qitishning o‘quv, o‘quv-uslubiy, o‘quv-me’yoriy va didaktik 
materiallarni tayyorlash, ularni optimallashtirish, sistemalashtirish, dizayn, 
shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil qilish ishlari ilgaridan tanlangan model 
loyihalar asosida amalga oshiriladi. 
Masofaviy o‘qitish jarayoni ta’lim sohasiga nafaqat zamonaviy pedagogik 
va axborot texnologiyalari, balki bir qator yangi tushuncha va atamalarni olib kirdi; 

virtual guruh; 

o‘qitishning ta’minoti; 

o‘quv telekommunikatsiya loyihalari; 

teskari aloqa; 

dialogli texnologiya; 

kompyuter aloqasi; 

telekonferensiya; 

kordinator, moderator, telekonferensiya fasilitatorlari, tyutor. 
Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirishda o‘qituvchi shaxsidan, ta’limda 
zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan unumli foydalanish, masofaviy 
ta’limni o‘quv jarayoniga kiritishda quyidagi axborot kommunikatsiyasi 
texnologiyalaridan keng foydalanish va amalda joriy etish talab etiladi: 

elektron darsliklar, tyutorlar, trenajyorlar, laboratoriya amliyotlari, test 
tizimlaridan iborat, kompyuterli o‘qish dasturlari; 

personal kompyuterlar, videotexnika, optik diskli axborot to‘plagichlardan 
foydalanish asosida yaratilgan multimediya texnologiyalari asosidagi o‘qitish 
tizimlari; 

turli o‘quv fani, predmetlari sohasida foydalaniladigan intelektual va 
eksport o‘qitish tizimlari; 

fan, o‘quv predmeti sohalari bo‘yicha ma’lumot bazalari; 


230 

elektron pochta, telekonferensiyalar, lokal va aloqa tarmoqlari, 
ma’lumotlar almashinuvi tarmoqlari; 

elektron kutubxonalar, markazlashgan va tarqoq, tarmoq holdagi nashriyot 
tizimlarini o‘z ichiga oladi. 
Bu maqsadlarni amalga oshirish va loyiha dasturlarni yaratish, tarqatish 
maqsadida multimediya ta’limi dasturlarini rivojlantirish markazi ishlab turibdi. 
Markaz buyurtmachi sifatida ish yuritadi, muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. 
Masofaviy ta’limning o‘quv jarayoniga kiritilishi bilan talabalarda axborot 
bilan ishlash madaniyati shakllanmoqda. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin