Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149


 
2.
Ikkilamchi model 
unga ko‘ra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali 
dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, o‘qitish 
dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil bo‘ladi; asosiy e’tibor amaliy 
tajribaga, pedagogika innovatsiyalarni tadqiq etishga qaratiladi; Avstraliyadagi 
Yangi Angliya universiteti (University of New England) mana shu model asosida 
faoliyat olib boradi.
 
3.
Aralash model
masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha 
shakllarning integratsiyasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim 
kurslari va universitet dasturlarini o‘zaro parallel ravishda o‘zlashtiradi; an’anaviy 
kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan 
mashg‘ulotlar tashkil etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar Yangi Zelandiyaning 
Massey universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etilgan.
 
4.
Konsorsium 
(lot. consortium – sheriklik, birgalikda ishtirok etish) 
masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; 
universitetlar o‘quv materiallarini o‘zaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni 
bo‘lishib olgan holda bajaradi; M: bir universitet masofaviy ta’lim uchun o‘quv 
materiallarini tayyorlasa, ikkinchisi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan 
ta’minlaydi yoki masofaviy ta’lim dasturlarining akkreditatsiyasini ta’minlaydi; 
bunday holatda universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, 
davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlikda erishishlari mumkin; 
Kanadadagi Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada) ushbu model 
asosida ish ko‘radi.
 
5.
Franchayzing
(ingl. franchise – litsenziya, huquq) o‘zaro hamkor 
universitetlarning bir-birlariga o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy 
ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim 
oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalarda, konsorsiumga a’zo 
yetakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim 
xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega bo‘ladi; 
Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open 
University Business School, Great Britain) bilan o‘zaro hamkorlikka erishgan 
Sharqiy Yevropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib faoliyatni 
tashkil etadi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin