209
amaliy harakatning tartibli, tizimli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yuqorida
bayon etilgan fikrlarga tayanib aytish mumkinki, ta’lim muassasalarida modul
ta’limiga o‘tish jarayonining umumiy mohiyati sxema asosida quyidagicha
namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda ta’limning shaxsga yo‘naltirilishi, uning
ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Shu sababli so‘nggi asr mobaynida yetakchi xorijiy mamlakatlarda
ta’lim mazmunining ana shunday xususiyat kasb etishiga alohida e’tibor qaratildi.
Ana shu e’tibor natijasida bosqichma-bosqich, tizimli tarzda shaxsning ichki
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqishiga yordam beradigan ta’lim turlari va ularning
mohiyatini
yoritishga
yo‘naltirilgan
texnologiyalar
yaratildi.
Shaxsga
yo‘naltirilgan ta’limdan o‘ndan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning har bir o‘ziga xos
amaliy-didaktik xarakterga ega. Ular orasida innovatsion ta’lim va uning
mohiyatini
yorituvchi
texnologiyalar
mavjud
sharoitda
ham
ta’lim
ishtirokchilarining
e’tiborini tortmoqda. Binobarin, innovatsion ta’lim
texnologiyalari ta’lim jarayonining alohida qismlarini ham qiziqarli, o‘ziga xos
tashkil etilishini ta’minlaydi. Bu esa talabalarda o‘quv fani asoslarini
o‘zlashtirishga rag‘batni yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish faoliyatini
faollashtiradi. Natijada ta’limning sifati yaxshilanib, samaradorligi ortadi. Shu
sababli mavjud sharoitda OTM bakalavr yo‘nalishida ta’lim jarayonining
innovatsion xarakter kasb etishini ta’minlay olishlari maqsadga muvofiq sanaladi.
Dostları ilə paylaş: