205
9.
Ta’lim vaqtini tejash tamoyili.
Tamoyil
talabalarda individual va
mustaqil ta’lim olishga imkon beradigan vaqt zahirasini yaratish zarurligini
ifodalaydi. Agarda modul ta’limi metodik, texnologik jihatdan to‘g‘ri,
samarali
yo‘lga qo‘yilsa, u holda ta’lim vaqtining 30% dan ortiq tejash imkonini beradi.
10.
Texnologik tamoyili.
Mazkur tamoyil ta’lim jarayonida talabalar
tomonidan ta’lim natijalariga erishishni
kafolatlovchi izchillik, tizimlilik,
uzviylikni ta’minlash muhimligini anglatishga xizmat qiladi. Tamoyilning o‘quv
jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etishi quyidagilar asosida ta’minlanadi: ta’lim
maqsadining
aniq belgilanishiga erishish, ularning ob’ektiv, o‘quv materiali
mohiyatini to‘la ifodalay olishini aniqlash va baholash mezonlarini tanlash; o‘quv
maqsadiga erishishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining modelini ishlab chiqish va
aniq
tasvirlash; o‘quv maqsadiga muvofiq yaxlit o‘quv jarayonini ta’lim
natijalariga erishishga yo‘naltirish; ta’lim natijalarini tezkor baholash va o‘qitish
mazmuniga tuzatishlar kiritish; ta’lim natijalarini yakuniy baholash.
11.
Uzviylik tamoyili.
Bu tamoyil o‘quv maqsadlariga kafolatli erishish
maqsadida o‘quv rejasi va dasturlarini
ishlab chiqishga izchil, tizimli yondoshish
zarurligini anglatadi. Unga ko‘ra o‘quv fanlari asoslarini yorituvchi materiallarning
hajmi o‘quv rejasida ularni o‘qitishga ajratilgan soatlar
miqdoriga mos kelishi
lozim.
II. Modul tizimiga o‘tish bosqichlari.
Xozirgi kunda geografiya ta’limida
modul tizimiga o‘tish murakkab jarayon hisoblanib,
unda muayyan harakatlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish uning samarali kechishini ta’minlaydi. U
quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Pedagogik adabiyotlarda modul toplami pedagogik texnologiyani uning
biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadi asosida
bitta modul sifatida
hisoblangan bir necha modullar yig‘indisi deb qaraladi u makromodul
Dostları ilə paylaş: