Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149


 
 
8.2. Innovatsion ta’lim texnologiyasi turlari 
Hozirgi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishdagi 
asosiy tamoyillardan biri – bu ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatdan isloh 
qilish uchun o‘qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, 
raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining 
faoliyatini uyg‘unlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, pedagogik 
innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi. 
Ammo geografiya sohasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va 
innovatsiyalar o‘z-o‘zidan kirib kelmaydi. Bu esa geografiya o‘qituvchisining 
faoliyati va uning motivatsiyasiga bog‘liq jarayon hisoblanadi, hozirgi kunda 
o‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay turib, uning mas’uliyati va faolligini 
oshirmasdan ta’lim jarayonini bir qadam ham oldinga siljitib bo‘lmaydi. Akademik 
A.N.Leontov tabiri bilan aytganda “Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti –
faoliyat, ikkinchi sharti – tarbiyadir. Faoliyat jarayonida kishilarning qobiliyati, 
bilim va malakalari shakllanadi, demak, faoliyat –ijtimoiy hodisa bo‘lib, hayotiy 
kurashning asosiy shartidir”, deb ta’kidlaydi. Ya’ni faoliyat ijtimoiy hodisa bo‘lib, 
shaxsiy, guruhiy, milliy yoki umuminsoniy ehtiyojlarga javob beruvchi maqsadlar 
sari yo‘naltirilgan harakat hisoblanadi. Shu o‘rinda inson faoliyati o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Jumladan, ijodiy 
faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, tadbirkorlik faoliyati, o‘quv-biluv 
faoliyati, boshqaruv faoliyati va innovatsion faoliyat kabilar. Faoliyatning 
mazmuni, shart-sharoitlari,vositalari o‘zgarib borishi tufayli insonning axloqiy 
madaniyati takomillashib boradi. 
Pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida juda ko‘p 
olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, N.V.Kuzmina o‘z tadqiqotlarida 
pedagogik 
faoliyatning 
gneseologik 
(bilish), 
loyihalash, 
tashkilotchilik, 
kommunikativ tarkibiy qismlari mavjud ekanligini bayon etib o‘tgan. Geografiya 
o‘qituvchisining pedagogik faoliyati – hozirgi kunda jamiyatning ta’lim-tarbiyaga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadidan kelib chiqqan holda umuminsoniy sifatlar 
va milliy fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-dasturga muvofiq 
amalga oshirish, ya’ni yosh avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur bo‘lgan 
faoliyati hisoblanadi. Pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va tarkibiy qismlari 
haqida juda ko‘p olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, N.V.Kuzmina 
o‘z tadqiqotlarida pedagogik faoliyatning gneseologik (bilish), loyihalash, 
tashkilotchilik, kommunikativ tarkibiy qismlari mavjud ekanligini bayon etib 
o‘tgan. Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo‘nalish – pedagogik 
innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g‘oyalarining paydo bo‘lishi natijasida 
o‘qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo‘nalish “O‘qituvchining 
innovatsion faoliyati” tushunchasi paydo bo‘ldi. 


193 
Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, 
ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60- 
yillarida dastlab, AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida “ta’lim texnologiyasi” 
tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo bo‘ldi. O‘sha vaqtdayoq Yevropada 
pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning 
paydo bo‘lishi va innovatsion ta’lim nazariyasining yaratilishi to‘g‘risida ma’lumot 
beruvchi manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu tushunchalar ta’lim tizimini 
texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish orqali 
ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini 
ta’minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta’lim jarayonida 
o‘quvchi–talabaga do‘stona munosabatni shakllantirishga urinish natijasida 
vujudga keldi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida o‘tgan asrning 80-yillari 
ikkinchi yarmida pedagogik faoliyat – bu ijodiy jarayon va pedagogik 
innovatsiyalar birlashmasi degan yangi ilmiy yo‘nalish tarkib topdi. Bu esa 
o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish 
jarayonini tahlil qilish imkonini berdi. 
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining umumiy va alohida jihatlarini 
K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A.Kan-Kalik, N.N.Kuzmina, V.A.Slastenin, 
L.M.Fridman kabi olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritib berdilar. 
Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyani rivojlantirish muammolari ustida 
pedagog olimlardan J.Yo‘ldoshev, N.Azizxo‘jaeva, B.Farberman, U.Tolipov, 
H.Omonov, M.Ochilov, M.Jumaniyozova, S.Hasanov, S.Usmonov va boshqalar 
ilmiy izlanishlar olib bordilar. 
I.Shumpater va N.Kondratevlar “innovatsiya” tushunchasining ilk va ulkan 
nazariyachilari 
hisoblansalar, 
K.Angelovskiy, 
V.A.Slastenin 
va 
V.I.Slobadchikovlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat pedagogik 
faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qildilar hamda bu borada 
muayyan 
natijalarga 
erishgan 
olimlar 
deb 
tan 
olinadilar. 
Jumladan, 
V.I.Slabodchikov shunday yozadi: “Avvalo, innovatsion faoliyatni ilmiy ijodiyot 
sohasidagi faoliyatga o‘xshatib bo‘lmaydi, chunki bunday o‘xshatish “Innovatsion 
faoliyat” termini ma’nosini sayozlashtirib yuboradi. Chunki har qanday ilmiy-
texnikaviy faoliyat o‘z tabiatiga ko‘ra innovatsion hisoblanadi. Shuning uchun 
innovatsion faoliyatni ma’lum bir ijtimoiy amaliyot maydonida ko‘rib chiqish 
zarur. Bu amaliyotni konkret sub’ekt nuqtayi nazaridan va amaldagi an’anaga 
nisbatan jiddiy o‘zgarishlarga olib keladigan har qanday faoliyatni innovatsion deb 
hisoblash mumkin”. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, 80-yillarda pedagogik 
faoliyat avvaldan puxta ishlab chiqilgan dastur g‘oyalariga muvofiq amalga 
oshirish va dasturlashtirilgan mustaqil malaka oshirishni tashkil etish tashabbusi 
ko‘tarildi. Natijada o‘qituvchilarning masofadan malaka oshirish tizimini yaratish 
kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi. “Innovatsion faoliyat” tushunchasini tahlil 
qilar ekanmiz G.A.Mkritichyaning bu haqdagi fikri diqqatga sazovor: “Pedagogik 
tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, 
tajriba-sinov ishi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda 
innovatsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, o‘qituvchi xususiy eksperimentni shuncha 


194 
yaxshi tushunadi”. O‘qituvchining innovatsion faoliyatiga V.A.Slastenin 
akmeologik jihatdan yondashgan. 
Akmeologiya (akme)-yunoncha oliy nuqta, o‘tkir, gullagan, yetuk, eng 
yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi. 
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning 
uzoq ijodiy umr ko‘rishiga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini asoslab 
berdi. Obyektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, subyektiv omillarga esa 
insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila 
olishidagi mas’uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi. 
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar 
ko‘rsatiladi: 
*iste’dod nishonalari; 
*uquvchilik; 
*qobiliyat; 
*iste’dod; 
*oila tarbiyasi sharoiti; 
*o‘quv yurti; 
*o‘z xatti-harakati.
Innovatsion faoliyat pedagogning o‘z kasbini takomillashtirishdagi mavjud 
shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta’limdagi 
innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga 
ma’qul bo‘lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib 
topgan emasligini e’tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri 
ta’limga yo‘naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o‘rtasidagi qiyinchilik bilan yengib 
o‘tiladigan uzilishlardir. Yana muhimroq sabab esa ta’limiy bilim va amaliy 
pedagogik faoliyat o‘rtasidagi uzilishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatning 
subyekti va tashlilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo‘llash hamda 
ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an’analardagi o‘zgarishlar 
mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak. 
Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi 
tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini 
izohlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. 
Innovatsiya (ing. innovatsion – yangilik kiritish) tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish 
deb ta’riflanadi. Demak, innovatsiya o‘quv jarayoniga yangilik olib kirish, o‘quv 
jarayonini talaba ehtiyoji, xohish va istaklariga moslashtirish, talabani mustaqil 
mutolaaga o‘rgatish, bilimlarni tayyor holda berish emas, talabalarning bilim olish 
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga harakat qilish demakdir. Innovatsiya 
amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini 
yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Bu g‘oya 
nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud 
bo‘lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas. Innovatsiyalar 
dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha 
yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim 
mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi, shuningdek, umuman, ta’lim 


195 
tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya ma’lum bir faoliyat 
maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni 
yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, 
oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi 
natijadir. Demak, innovatsion texnologiyalarning asosiy negizi – bu o‘qituvchi va 
talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari 
uchun oldindan ta’lim jarayonini loyihalashdir. 
Bugun 
ta’lim 
tizimidagi 
innovatsiyalarni 
quyidagicha 
tasniflash 
ma’qullanmoqda: 

faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi). 

kiritilgan 
o‘zgarishlarning 
tavsifiga 
ko‘ra 
(radikal, 
modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan). 

o‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli). 

kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan 
olingan). 
Innovatsiyaning maqsadi sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija 
olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan yangiliklardan 
farqli o‘laroq innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar 
mexanizmini tashkil etadi. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la 
olmaydi. Shu sababli “novatsiya” va “innovatsiya” tushunchalari o‘rtasidagi asosiy 
farqlarni ko‘rsatib o‘tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli
mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa 
va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat 
ba’zi elementlarni o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz novatsiya 
bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv 
asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga 
yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. 
Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya 
doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar 
yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, 
yaxlit va davomli bo‘ladi, ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, 
amaliyot subyektlari pozitsiyalarini to‘la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi 
yo‘nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat 
natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o‘zi ham yangilanadi. 
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga 
oshiriladi. Innovatsion jarayon deb innovatsion o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish 
va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Ta’lim jarayonidagi innovatsion 
o‘zgarishlar, ta’lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o‘qituvchi 
faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha 
o‘rganilgan. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, 
innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat 
tushunchasini ta’riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Innovatsion faoliyat pedagogik 


196 
jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. 
”Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning 
mos kelmasligi, yohud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud 
me’yor bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni 
yechishga qaratilgan faoliyatdir” deb ta’kidlaydi V.I.Slabodchikov. Innovatsion 
faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy obyekt 
sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi bo‘lib, u 
ma’lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatinigina emas, balki har qanday 
vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega 
bo‘lishdir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o‘quv 
jarayonini samarali tashkil etishdan iborat. 
O‘tgan asrning 70-yillari oxirlarida A.M.Arseneva, K.N.Volkov, 
M.N.Skatkin va O‘zbekistonlik pedagogik olimlardan J.Yo‘ldoshev, M.Ochilov, 
N.Saidaxmedov, U.Nishonaliv, S.Usmonov, M.Jumaniyozova, Sh.Zufarov va 
boshqalar pedagogika fani va amaliyotida muvaffaqiyatga erishish muammosini 
hal qilish borasida samarali g‘oyalarni ilgari surdilar va ta’lim samaradorligini 
ta’minlashda o‘qituvchining ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishga tayyorgarlik 
darajasi asosiy o‘rin egallashini asoslab berdilar. 
Innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u 
uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O‘qituvchi innovatsion 
faoliyati xususiyatlarini o‘rganib chiqqan pedagog olimlar fikrlariga tayangan 
holda quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblashi 
mumkin: 
-ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; 
-pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; 
-mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati; 
-tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; 
-o‘zidan boshqa tadqiqotchi pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish; 
-hamkasblar bilan hamkorlik; 
-fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik; 
-ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; 
-yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borish. 
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat 
etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining o‘sib borayotganligini 
tushunish natijasida vujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan 
zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o‘z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni 
izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish 
kabi jarayonlarni ham qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning tuzilishi ijodiy 
yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik 
tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning 
darajalari: reproduktiv, eviristik, kreativ bo‘lishi mumkin. 
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar tom ma’noda ta’lim 
jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik 
jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi: 


197 
1.Muammoni tahlil asosida aniqlash. 
2.Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash. 
3.O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 
4.O‘zgarishlarni amalga oshirish. 
Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad o‘qituvchining yangilikka 
intiluvchanligi, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va 
darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat. 
Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-
sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda 
yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashgan mahsulot yaratish bo‘lib, 
uning progmatik xususiyati shundaki, u g‘oyalar maydonida ham va alohida bir 
sub’ektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni 
amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo‘ladigan holdagina haqiqiy 
innovatsion faoliyat hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda 
yangi texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida 
yuzaga 
kelgan 
ixtironi 
loyihaga, 
loyihani 
texnologiyaga 
aylantirishga 
yo‘naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm 
mantiqi bo‘yicha tug‘ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari 
qo‘llab-quvvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo 
bo‘ladi. 
Innovatsion faoliyat o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib 
chiqadi. U o‘qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda 
qandaydir to‘siqqa duch kelib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida 
yuzaga keladi. Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik 
innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga 
yo‘naltirilganligi sababli o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. 
O‘qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishda turli xil yondashuvlar 
mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, 
ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi. 
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik 
to‘siqlar mavjud. Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat 
chegarasidan 
tashqariga 
chiqishi 
juda 
qiyinligi, 
ya’ni o‘qituvchilarda 
ijodkorlikning yetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar 
har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir. A.M.Xon 
o‘qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishda uchraydigan psixologik 
to‘siqlarining ikki turini ajratadi: kognitiv psixologik to‘siqlar va muntazam paydo 
bo‘ladigan to‘siqlar. Kognitiv psixologik to‘siqlar yangilik haqidagi bilimlarning 
yetishmasligi, yangilikni his qilmaslik va nofaol xatti-harakatlar hisoblansa, 
muntazam psixologik to‘siqlar yangilikka nisbatan ishonchsizlik, rahbariyatga 
ishonmaslik, tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlamaslik va, odatda, yangilik 
kirituvchilarga qarshi kurashish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. 
Zamon shiddat bilan o‘zgarib borarkan, ta’lim sohasi ham u bilan barobar 
o‘zgaradi va o‘qituvchidan o‘z faoliyatini o‘zgartirishni talab etadi. Bugun 


198 
o‘qituvchining asosiy vazifasi faqat ta’lim berishgina emas, balki 
boshqaruvchilikdan iborat bo‘lib, u ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishi va 
boshqarishi talab etilmoqda. 
Innovatsion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi 
asosiy faoliyat bo‘lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish 
demakdir. 
Bizning fikrimizcha, o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini 
tahlil qilishni 3 bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
1.Yangilikni pedagogik faoliyatda qo‘llashdan oldingi davrdagi o‘qituvchi 
faoliyatini tahlil qilish. 
2.Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish. 
3.Pedagogik jarayonga yangilik kiritilib bo‘lgandan keyingi davrdagi 
faoliyatini tahlil qilish. 
Ma’lumki, shaxsning xislat va fazilatlari faoliyat ko‘rsatish jarayonida 
shakllanadi va faoliyatning natijasi hisoblanadi. Shu sababli o‘qituvchilarda 
yangilikka intiluvchanlik va mustaqil mutolaa qilishga doimo zaruriyat sezish 
psixologiyasini singdirish lozim. Chunki yangilik insonga ulug‘vorlikdan ko‘ra 
ko‘proq zavq bag‘ishlaydi. 
Agar o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash vazifalari malaka 
oshirish jarayonida amalga oshirilsa, amaliyotda ta’lim-tarbiya jarayoniga 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etish ishlari ancha 
samarali bo‘ladi hamda masofadan o‘qitish tizimi kutilgan natijalarga olib keladi. 
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosaga kelish 
mumkin. O‘rganib chiqilgan ilmiy ishlarning aksariyatida “innovatsion faoliyat” 
tushunchasiga ta’rif berilgan bo‘lsa-da, bu sohada hammaga ma’qul keladigan va 
innovatsion faoliyatning to‘liq mazmunini ochib beradigan yagona ta’rif 
yaratilmagan, shuningdek, bu faoliyatni shakllantirish jarayoniga nisbatan yagona 
yondashuv mavjud emas. 
Mavjud pedagogik va psixologik adabiyotlarda asosiy urg‘u iqtisodiy 
sohadagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda o‘qituvchilarni innovatsion 
faoliyatga tayyorlash masalalari, mazkur jarayon mohiyati ochib berilmagan. 
Respublikamizda esa yuqoridagi muammo doirasida ayrim elementlargina tadqiq 
qilingan xolos. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Ta’lim muasasalarini maxsus 
tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning 
faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi” – deb ta’kidlab 
o‘tilgan. Raqobatga asoslangan mehnat muhitini vujudga keltirishning asosiy 
omillaridan biri o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish va bu 
faoliyatga 
tayyorlash 
orqali 
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq etish, talabalarga bilim berishni kafolatlash hamda ta’lim 
samaradorligiga erishishdan iborat. 
Ta’lim tizimini mazmunan isloh qilish jarayonida pedagogik kadrlar obro‘-
e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini oshirish yuzasidan sobitqadamlik bilan 
davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada o‘qituvchi faoliyatini yangilash va 


199 
innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish asosiy vazifa sanaladi. Har qanday 
boshqa soha mutaxassislari kabi o‘qituvchilarning ham kasbiy tayyorgarlik darajasi 
ularning bilim, ko‘nikma va malakalari, ijodiy salohiyati hamda nostandart 
tafakkurlarida o‘z aksini topuvchi kasbiy layoqati bilan baholanadi. 
O‘qituvchi innovatsion faoliyatini tashkil etib, uning shakllanish 
bosqichlarini quyidagicha belgilashi mumkin: 
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko‘chiriladi. 
Ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim yangi moslama (modifikatsiya)lar, 
metodlar kiritiladi. 
Uchinchi bosqichda yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va 
shakli to‘la ishlab chiqiladi. 
To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi o‘qitish va tarbiyalashning o‘z 
konsepsiyasini va metodikasini ishlab chiqadi. 
O‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda jamoadagi psixologik 
muhit, jamoa a’zolarining qanchalik darajada dunyo ta’lim bozoridagi 
yangiliklardan xabardor ekanligini hisobga olish zarur. 
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishida pedagogik jamoaning 
alohida o‘rni borligini ko‘pchilik olimlar ta’kidlab o‘tadilar. O‘qituvchilarning 
novatorlik xususiyatlari va ta’lim jarayonidagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatiga 
qarab K.Rodjers va K.Angelovskiylar pedagogik jamoa a’zolarini 5 ta guruhga 
ajratishni taklif etadi:
1.Novatorlar.
2.Oldingi realizatorlar.
3.Oldingi ko‘pchilik. 
4.Keyingi ko‘pchilik.
5.Ikkilanuvchilar. 
Ta’lim sifatini oshirish jamiyatning barcha jabhalarida hayotni yaxshilashga 
olib keladi. Yangilik kiritish ta’lim sifatini oshirishning samarali vositasi 
bo‘lganligi uchun ham rivojlangan davlatlar ta’lim jarayoniga uzluksiz yangilik 
kiritishga harakat qiladilar. Ko‘pgina mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimidagi barcha bo‘g‘inlar ishtirok etishi lozim. 
Ammo innovatsion jarayonlar yuqoridan pastga qarab harakatlansa va bunda 
o‘qituvchi bo‘ysunuvchi, ya’ni yangilikning faqat iste’molchisi bo‘lib qolsa, u 
holda bu jarayon byurokratik tus oladi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, geografiya o‘qituvchisi innovatsion 
faoliyatga tayyor bo‘lib, darsga eng so‘nggi yangiliklarni olib kirib, talabalarga 
qiziqarli va uni ehtiyojiga mos keladigan
,
ularda geografik tafakkurni 
shakillantiradigan bilimlarni berishi ta’limning sifat va samaradorligini kafolatlashi 
mumkin. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin