Pedagogik texnologiyalar
Aniqlashtirilgan
o‘quv maqsadlarini
belgilash
O‘quv maqsadlarini
test va nazorat
ishlariga o‘tkazish
Metod va
usullarni aniqlash
Maqsadga
erishganlik
191
Mavhum tushunchalar:
Aniq tushunchalar:
1. O‘rganmoq. 1. Belgilab chiqmoq.
2. Tanishib chiqmoq. 2. Guruhlarni tashkil qilmoq.
3. Ko‘rib chikmoq. 3. Ajratib olmoq.
4. Tushunmoq. 4. Tuzish.
5. Yoddan aytib bermoq.
6. Masala yechmoq.
Aniq maqsadni belgilash talabadan va o‘qituvchidan nima talab
etilayotganligini aniq anglab yetishga yordam beradi va natijani baholashda
qulaylikni vujudga keltiradi.
Ba’zan talabalar og‘zaki emas, balki yozma ishlar bajaradilar, bunday holda ham
aniq maqsadlarni belgilash mumkin. Agar yozma tekst bilan ishlash lozim
bo‘lsa, quyidagi aniq maqsadlarni belgilash tavsiya etiladi.
Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari, albatta, birinchi galda qanday nazorat ishi
orqali tekshirilishi aniqlanishi kerak. Maqsaddan kelib chiqqan holda test va
nazorat ishlari tanlanadi. Tanlangan nazorat har bir maqsad uchun alohida
qo‘llaniladi. Masalan, birinchi qo‘yilgan maqsad uchun alohida nazorat ishini
ishlanadi va ana shu maqsadga erishilganlik darajasi tekshiriladi. Ikkinchi va
uchinchi maqsadlar ham xuddi shunday alohida nazorat orqali tekshiriladi. Barcha
nazorat ishlari umumlashtirilib, oxirgi baholash ma’lum qilinadi. Masalan, 1-
maqsad ta’rifni yoddan bilish deb belgilangan bo‘lsa, uni yoddan aytib berish
talab etiladi. 2- maqsad formulani amalda qo‘llashga o‘rgatish bo‘lsa, uni
amalda ishlab qo‘llash talab etiladi. 3- maqsad formulani noan’anaviy holatda
qo‘llash bo‘lsa, unga mos misol tanlanadi va uni ishlash talab etiladi.
Shunday qilib, nechta maqsad qo‘yilgan bo‘lsa, shuncha nazorat ishi ham ishlab
chiqilishi kerak bo‘ladi. Shunday qilib, maqsad va nazorat ishi o‘rtasida
uyg‘unlik hosil qilinadi va maqsadlar nazoratga o‘tkaziladi. Nazorat ishlarini
tanlashda, albatta, maqsadning xarakteri hisobga olinadi. Aniq belgilangan
maqsadlar esa tekshirishni osonlashtiradi. Nazorat ishlarida turli xil test turlaridan
Yozma tekstni mazmunini tushunish
Malumotlarni ajratib
olish, nomlar, yillar.
Asosiy mazmunini
ajratish, belgilash.
Fikrlarni
xulosalash
Aniq bayon etilgan
fikrlarni belgilash
192
foydalanish mumkin. Quyida geografiya ta’limida qo‘llaniladigan pedagogik
texnologiyalarning turlari yoritiladi
.
Dostları ilə paylaş: |