Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida qarashlari Islomda oilaviy munosabatlar masalalari



Yüklə 26,97 Kb.
səhifə3/9
tarix20.09.2023
ölçüsü26,97 Kb.
#145859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar (4)

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’z ijtimoiy qarashlarini aks ettirgan yaxlit ijtimoiy ta’limot yaratmagan bo’lsa-da, lekin u ijtimoiy masalalar bo’yicha o’zining nuqtai nazarini ko’pgina qomusiy asarlarida izhor etishga yoki ular yuzasidan tanqidiy fikrlar aytishga harakat qilgan. Abu Rayhon Beruniyning muayyan qarashlari oilaviy turmush, oila va nikoh, oilaviy qadriyatlar va uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlariga xosdir. Bunday ishoralarni Beruniy hikmatlarida ham uchratamiz. "Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir"."Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o’rtaga kirib olishi bilan ish to’g’ri bo’lmaydi". "Tenglik hukm so’rgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi oilaviy munosabatlarda ana shunday hikmatlarga amal qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Beruniy o’rta Osiyo, Qadimgi Yunon va Hind xalqlari hayotini yaxshi bilgani uchun ular amal qiladigan urf-odatlar, qadriyatlar va milliy madaniyatlarining o’ziga xos tomonlarini taqqoslab tahlil qiladi. Ushbu tahlillar oila-nikoh, oiladagi o’zaro munosabatlarga ham xosdir. Jumladan, u oilalarning "poligamiya" (erkak yoki ayol bir paytning o’zida bittadan ortik er yoki xotinga ega bo’lishiga yo’l qo’yiladigan nikoh shaklini bildiradi) turi haqida ham qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, Janubiy Hindiston madaniyatida tud erkaklari biologik nuqtai nazardan otalikni o’rnatish bilan qiziqmaganlar. Ularda bolaga otalik rasmini amalga oshirish chog’ida o’qli kamonni homilador ayolga tantanali suratda bergan erkak bolaning otasi hisoblangan. Agar keyinchalik boshqa bir erkak bolaga otalik qilishni xohlab qolsa, bu rasm ayolning navbatdagi homiladorligida takrorlangan. Bu ma’lumotlar izlanuvchilarda ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davomida oilaviy turmushning takomillashuvi, oila-nikoh munosabatlarining barqarorlashuvi va monogamiya oila turining kelib chiqishi tarixi haqida ilmiy tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi.
Beruniy qarashlarida oilaviy munosabatlar barqarorligining yetakchi omillari oqillik va mehnatsevarlikning ahamiyati haqida ham qimmatli fikrlar mavjud."Muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir. Insonning qadr-qimmati o’z vazifasini a’lo darajada bajarishidan, shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o’rni mehnat bilan belgilanadi. Zero, inson o’z hohishiga mehnat tufayli erishgan". Ushbu muammoga oid mulohazalar Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) "Donishnoma", "Risolai ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo’jaligi" kabi qator asarlari Markaziy Osiyo xalqlari axloq-odobi, tarbiya psixologiyasi, falsafa va tabobat olamida alohida o’rin tutadi. Ibn Sino oilaviy munosabatlarning turli va muhim tomonlarini yoritar ekan, avvalo oila boshlig’i erning oldidagi mas’uliyatli vazifalarga e’tiborini qaratadi. Uning fikricha, birinchi navbatda er oiladagi tarbiyaviy ishlarga doir ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlarga ega bo’lishi shart. Shundagina, u haqiqiy oila boshlig’i bo’la oladi.
Er-xotin munosabati tenglik hamjihatlik va o’zaro hurmat asosida qurilishi haqida to’xtalib, "Erkak kishi oila boshlig’idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog’i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Ayol esa erkakni yaxshi, munosib yo’ldoshi va bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchisidir" deb yozadi Ibn Sino. Ibn Sino oilaviy munosabatlar maromi oiladagi tinch totuvlik, mehr-muruvvat, oila g’ururi va sha’ni ko’p jihatdan ayollarga ham bog’liq ekanligi haqida ko’p yozgan. Jumladan, "Oila xo’jaligi" asarida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori insoniy fazilatlarga ega bo’lmoqlari lozim, deb yozadi. Mazkur asarning "Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida" nomli bo’limida ularning quyidagi fazilatlari bayon qilinadi; ayol aqlan dono, uyatchan, iboli, iffatli bo’lib, ko’p gapirmasligi lozim; u eriga bo’ysunmog’i, uni sevmog’i, farzandlar tug’ib, doimo halol, pok, to’g’ri so’z, kamtar bo’lishi kerak; injiq bo’lmasligi, o’z iffat va obro’sini to’kmasligi lozim; u hech qachon eriga nisbatan dimog’dorlik, viqor hissini ko’rsatmasligi, o’z ishlarini yaxshi, o’z vaqtida bajarib, oilaning moddiy boyliklarini tejamkorlik bilan ishlatmog’i lozim; o’z xulq-atvori bilan o’z erining qalbida hadiksirash hissiga o’rin qoldirmasligi kerak ("Ibn Sino va tadbiri manzil". Mutafakkir olimning sog’liqni saqlashga doir risolalarida jinsiy aloqalarning me’yorlari, unga qat’iy amal qilish, jinsiy aloqalarda o’zgarishning sabablari, ularni yo’lga qo’yish tadbirlari haqida ham qimmatli ko’rsatmalar berilgan. Uning fikricha, er-xotin ularni yodda tutishi va unga amal qilishi oilaviy munosabatlar barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, Ibn Sino "Kitob ush-shifo" asarida oila inqirozi va buzilishiga sabab bo’ladigan omillarni ham ko’rsatib o’tgan.
Bularga: 1.Agarda er va xotinlikdan dunyoga farzand kelmagan bo’lsa.
2.Agarda xotin eriga hiyonat qilib,uning e’tiborini pasaytirsa.
3.Xotin kishi tarbiyasiz bo’lsa-yu, tarbiya olishni istamasa.
4.Er va xotin bir-birlariga yoqmaydigan xarakterli bo’lsa.
Ko’rinib turibdiki, Ibn Sino asarlarida oila-nikoh va oilaviy turmushda er-xotin munosabatlarini ibratli misollar asosida yoritgan hamda ayollar mavqei undagi munosabatlarda muhim o’rin tutishini asoslab bergan.

Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin