Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida qarashlari Islomda oilaviy munosabatlar masalalari


Yu.Toslaviyning “Xikmatlar xazinasi”dagi nasihatlari



Yüklə 26,97 Kb.
səhifə7/9
tarix20.09.2023
ölçüsü26,97 Kb.
#145859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar (4)

Yu.Toslaviyning “Xikmatlar xazinasi”dagi nasihatlari. Jumladan, turk olimi Yusuf Toslaviy to’plagan "Hikmatlar xazinasi"dagi kelin bo’luvchi qizga beriladigan ona nasihati kishining e’tiborini o’ziga tortadi. Unda ona turmushga chiqayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: "Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdir, o’git hammaga zarurdir. Nasihat bilmaganga o’rgatadi, bilganni esiga soladi. Olloh bergan qonunga ko’ra, hayotga qadam qo’yadigan har bir qiz erga, har bir erkak ayolga muhtoj bo’ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim buza olmaydi". Shu sababli sen tug’ilib o’sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab, o’ynab-kulib yo’rgan yeringdan chiqib, o’zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo’lsin. Sen unga yer bo’lki, u senga osmon bo’lsin! Aytganlarimga amal qilsang ering bilan go’zal hayot kechirasizlar, mas’ud, baxtiyor va saodatli turmush ko’rasizlar. Bizlar ham (har ikki oila bizning ham, eringning ham oilasi) huzur-halovatda va baxtiyor bo’lamiz. Aks holda ikki oilada ham huzur-halovat bo’lmaydi. Sen o’zing bir jahannamda yashagandek bo’lasan.
Qizim! Endi senga aytadigan o’n o’gitimga quloq sol! Bularni doimo yodingda tut;
1.Qanoat sohibasi bo’l. O’z xolingga shukur qil. Ya’ni, ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo’lsin, xushfe’llik bilan, go’zal odob bilan qabul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko’rsat. Zero, baxtli hayot kechirmoqning bir yo’li o’z holiga shukur etmoqlikdir, holiga shukur etmagan o’z nafsini tiymagan kishida ko’ngil huzuri, qalb rohati bo’lmaydi.
2.Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya’ni, ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo’lganingda itoatli bo’lishingni, uning so’zlarini odob bilan tinglab ado etishingni sening so’zlashib, quloq solishingdan tushunib oladigan bo’lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo’ladi.
3.Eringning ko’zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber!. Ya’ni, uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut, shunday qilki, eringning ko’ziga bir chirkin yer ko’rinmasin.
4.Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo’yni sezsin, dimog’iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko’z o’ngida sening obro’yingni tushiradi. Sendan irkanishga sabab bo’ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng yaxshi narsalardir, inson ko’ziga xush ko’rinishlik shular bilandir.
5.Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o’rgangan bo’lsa, o’sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez jahlini keltiradi.
6.Uyqu vaqtini, uyg’onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni, uning qachon uyquga yotish payti bo’lsa, o’rnini tayyorlab qo’y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asablarning buzilishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin so’ndiradi.
7.Eringni moli va ashyosiga juda e’tiborli bo’l! Ya’ni, eringning mol dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. Eringni mol dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish demakdir.
8.Eringni qarindosh va yaqinlariga hurmat ko’rsat! Ya’ni, eringni qarindoshlari va yaqinlariga hurmat - uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish - eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
9.Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot bo’lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo’ysang, uning g’azabini keltirib qo’yasan, ishonchini yo’qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz buziladi.
10.Eringni diniga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo’lmasin. Agar bir shunday harakat bo’lsa, senga kin saqlab, oxiri dushman bo’ladi. U senga dushmanlik yo’lini tutsa, sen ko’p zarar ko’rasan va qo’lingdan hech narsa kelmaydi.

Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin