Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida qarashlari Islomda oilaviy munosabatlar masalalari



Yüklə 26,97 Kb.
səhifə1/9
tarix20.09.2023
ölçüsü26,97 Kb.
#145859
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar (4)


Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar


Reja:

  1. Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari

  2. Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida qarashlari

  3. Islomda oilaviy munosabatlar masalalari



Tayanch so’zlar: oila, nikoh, oilaviy munosabatlar,shaxslararo munosabat, din, er-xotin munosabatlari, xususiyat, nikoh yoshi

Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida Markaziy osiyoda yashab kelayotgan xalqlar, jumladan, o’zbek xalqining oilaviy hayoti, undagi o’zaro munosabatlarning (ayniqsa er-xotin) milliy psixologik xususiyatlari, er-xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud.


Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir. Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o’rganar ekanmiz, ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o’zbek xalqining og’zaki ijodi, eposining (o’zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko’ramiz. Chunonchi, o’zbek xalqining og’zaki ijodi va eposlarida mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do’stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go’zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom, oila sha’ni va g’ururini himoya qilish, tug’ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug’langan. Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug’mish, Go’ro’g’li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o’zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko’rishimiz mumkin."Qadimiy eposlarda ayollar bilan erkaklar teng ijtimoiy mavqega ega shaxslar sifatida gavdalanadi, ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan" .
Sevib turmush qurish, sevgida vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar o’rta Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek urug’lari va elatlarining xarakterli xususiyati sifatida saqlanib qolgan.

Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin