Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida qarashlari Islomda oilaviy munosabatlar masalalari



Yüklə 26,97 Kb.
səhifə5/9
tarix20.09.2023
ölçüsü26,97 Kb.
#145859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar (4)

Yusuf xos Hojibning mashhur asari "Qutadg’u bilig" (baxt saodatga yo’llovchi bilim)da er yoki xotin tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e’tibor berish zarurligi, inson shaxsiga xos sifat va fazilatlarning oilaviy hayotni boshqarishdagi roli, o’rni va ahamiyati, er-xotin o’zaro munosabatlarining me’yorlari, farovon turmush kechirishning muhim shartlari haqida qimmatli fikrlar aytilganki, ular hozirgi oila turmushi va er-xotin munosabatlari uchun ham ahamiyatlidir. Asarda "Sen xotin olsang, o’zingdan quyisini ol, zoti oliysiga boqma, sen qul bo’lib qolasan". Asli, urug’i hamda zoti yaxshi bo’lsin, uyatli, andishali, pokizasini istagin. Yuzi chiroyini istama, xulqi yaxshisini ista, fe’l-atvori yaxshi bo’lsa, sening yuzingni yoritadi. Fe’lu-atvori yaxshi bo’lsa, u to’kis bo’ladi. Fe’lu-atvori to’g’ri bo’lsa, juda munosib bo’ladi, xotin chiroyi xulqdir, buni bilgan biladi.Agar yaxshi andishali ayol topishga muyassar bo’lsang, boy berma (darhol olgin) ey ezgu kishi andishali, pokiza bo’lsa, unday kishi asl bo’ladi. Sen xotinning andishali-aqllisini ista, ey dono, andishali aqlli xotin topilsa - farosat, andisha, boylik, chiroy, nasl-nasab jam bo’ladi. "Sen xotinni qadrli tut, nima so’rasa muhayyo et". Asarda xotin bilan bir qatorda er ham bilimdon, farosatli, aql-idrokli, zukko bo’lishi, oila tartibini saqlash va uni yuritishda intizomli (intizom o’rnatuvchi), uni kuzatib borishi kerakligi, oilaning iqtisodiy jihatdan to’kisligini ta’minlovchi, xotiniga va farzandlariga mehribon, xushmuomalali, to’g’ri so’z bo’lishi uning farovonligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar ekanligi alohida ta’kidlab o’tilgan.
Alisher Navoiy (1441-1501) "Mahbub ul qulub", ya’ni "qalblar sevgilisi" va "Vaqfiya" asarlarida oilaviy turmushi bilan bog’liq er va xotinning vazifalari, burchlari, o’zaro munosabat-muloqot madaniyati, ularning muvofiqligi va nomuvofiqligi, uning oqibatlari haqida qimmatli nasihat va ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Jumladan, Alisher Navoiy "Mahbub ul qulub" asarining 37 fasl "uylanganlik va xotinlar to’g’risida" ayolning fazilatlari va uning oiladagi o’rni haqida quyidagilarni yozadi; "er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o’rtada boylik va saranjomlik bo’lur, uy bezagi undan va uylanganning (erning) tinchligi undan. Husni bo’lsa, ko’ngilga yoqimli bo’lur, yaxshiligi bo’lsa, jon ozig’idir. Aqlli bo’lsa, turmush intizomli va ro’zg’or kerak yarog’i tartibli va saranjomli bo’ladi. Ana shunday turmush o’rtog’i bo’lsa - g’am kulfatda sirdosh va hamdaming bo’lur, maxfiy va yashirin dard va mashaqqatda hamnafas va hamrohing bo’lur. Turmushdan har jafo yetsa, hasratdoshing ul va osmondan har bir balo kelsa, ko’makdoshing ul. Ko’ngling g’amidan ul g’am chekadi. Nosoz juft uy uchun ham ochiq va ham yashirin qo’rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo’lsa, ko’ngil undan ozorlanadi, yaramas bo’lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon bo’lsa kuyovning ko’ngli yaralanadi, yomon ishlik bo’lsa, erga yuz qarolik keladi. Mayxo’r bo’lsa, uy obodonligi yo’qoladi va buzuqi bo’lsa uy ichi rasvogarlikka aylanadi".
Alisher Navoiy mazkur asarida (11 qismida) har bir kishi uchun zarur bo’lgan yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to’g’risida qanoat, sabr, tavozu’ va odob, ishq, vafo, hayo, yumshoq ko’ngillilik va bir qator yomon illatlar to’g’risida qimmatli maslahatlar beradi.Alisher Navoiyning fikrlarini psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo’lsak, o’sha zamonlarda ham, hozir ham yigit va qizlarning o’zlariga har tomonlama mos turmush o’rtoq tanlashi, ularda zarur sifat va fazilatlar mujassamligi oilaning baxti va farovonligidir. Bir-biriga nomunosib er yoki xotin oilaning tanazzulidir.

Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin