Sharq mutafakkirlarining oila xususida qarashlari Ibn Sinoning oilaviy munosabatlar haqida qarashlari Islomda oilaviy munosabatlar masalalari


Mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari



Yüklə 26,97 Kb.
səhifə2/9
tarix20.09.2023
ölçüsü26,97 Kb.
#145859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oila va oilaviy munosabatlar borasidagi qarashlar (4)

Mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari. Xalq og’zaki ijodi va diniy g’oyalar hamda hikmatnomalar og’zaki tarzda avloddan-avlodga ko’chib sayqallashgan holda saqlanib kelgan bo’lsa, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan donishmand va allomalar esa ana shunday qimmatli ma’lumotlarni xalq an’analari va qadriyatlariga tayangan holda o’z asarlarida yoritgan holda ilmiy-madaniy meros sifatida kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar. Ulardan biri - jahon ilm-fani hazinasiga munosib hissa qo’shgan mutafakkir olim Abu Nasr Forobiydir.
Abu Nasr Forobiy (873-950) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini va inson kamoloti bosqichlarini, insonlar yashash jarayonida baxt-saodatga erishuv yo’llarini o’zining mashhur asari "Fozil odamlar shahri"da bayon etadi. Forobiy oqil insonlar haqida gapirib, "Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, yomon ishlardan o’zlarini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar" degan edi. Alloma oqillar bor joyda hech qachon muammolar va kelishmovchiliklar bo’lmasligiga ishora qiladi. Uning g’oyalarida oilaning to’liqligi, unda qaror topgan sog’lom ma’naviy muhitning ahamiyatini aks ettiradigan fikrlar ham mavjud. "Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi" yoki "odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos insoniylikdir. Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar (bizningcha, oila) fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi (bizningcha, oila jamoasi) fazilatli jamoadir". Forobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt saodatga erishish yo’llari haqida gapirib shunday deydi: Rahbarlar (er yoki xotin) "yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni ham o’zgartirmog’i kerak. Aks holda o’tmishni talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o’zgarish va o’sish ham bo’lmaydi". Yoki "Baxt saodatga erishuv yo’lida nimaiki (bilim, axloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo’lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur".
Biz tadqiqotlarimizda o’rganadigan muammo nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, Forobiyning inson kamoloti, uning jamiyatdagi, oiladagi o’rni, yoshlarning voyaga yetishiga ta’siri to’g’risidagi fikrlari, insonlar jamoasidagi o’zaro hamjihatlik, yordam haqidagi hikmatlari hozirgi oilaviy turmush masalalarini yechishda, undagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda farovon turmush kechirish uchun dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 26,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin