Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish


Kemiruvchi zararkunandalarni turlari va bioekologiyasi



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə6/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

2.2. Kemiruvchi zararkunandalarni turlari va bioekologiyasi
Adabiy manbalarda kayd qilinishicha O’zbekistonning ko’pchilik xududlarida asosiy zarar yetkazuvchi tunlamlardan kuzgi tunlamdir. Bu borada Toshkent viloyatida ancha oldin kuzatishlar o’tkazilgan. F.Uspenskiy va boshqalar (1974), Qoraqalpog’istonda E.Toreniyazov (2002), Xorazm janubida K.Durdiyev (1991) olib borgan ishlar mavjud.
Kuzgi tunlam - Agrotis segetum Den.et schiff Respublikamiz sharoitida hamma joyda uchraydi. Bu zararkunanda 34 oilaga mansub 150 dan ortiq turdagi o’simliklarga zarar yetkazadi. Bular ichida g’o’za, beda, poliz ekinlari, pomidor, qand lavlagi, makkajo’xori, g’alla, moyli o’simliklar kuzgi tunlamning eng hush ko’rgan ozuqasidir.
Bu zararkunanda qurt yoki g’umbaklari qovun ekilgan joylarga go’ng yoki tuproq, kapalaklari esa havo oqimi yordamida kirib kelib, ba’zan yopik ekosistema ichida tuxum qo’yishi ham kuzatiladi.
Kuzatishlarimiz jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, kuzgi tunlam qurtlari havo harorati +30-35°C, nisbiy namlik esa 40-50 foiz bo’lganda juda yaxshi ko’payadi. Haroratning pasayib, namlikning oshishi bilan bu zararkunanda populyasiya zichligi keskin kamaya boshlaydi. Ayniqsa qish oylarida namlikning oshishi va qishda mo’ta’dil harorat (10-20°C) bo’lishi bu zararkunandaning qisman nobud bo’lishiga olib keladi.
Kuzgi tunlami tuxumlarini bitta-bittadan yoki to’p-to’p qilib barg yaprog’ining orqa tomoniga qo’yadi. Tuxumlarini baland, tik poyali o’simliklarga, jumladan g’o’zaga qo’ymay, past bo’yli begona o’tlarga, ayniqsa g’allasimon o’simliklarga, tugmachagul, chirmovuqlarga qo’yishni yaxshi ko’radi. Rossiyaning Yevropa qismida chirmovuq tuxum qo’yish uchun eng yaxshi o’simlik hisoblanadi. Shu sababli past bo’yli o’t bosgan dalalarda ko’kqurt tunlami ko’proq bo’ladi. Bu tunlam ba’zan dala betidagi o’simlik qoldiqlariga va tuproq kesakchalari orasiga ham tuxum qo’yadi. Bitta urg’ochi kapalak o’rta hisobda 500—800 ta, eng ko’pi esa 1800 tagacha tuxum qo’ya oladi. Kapalaklarning serpushtligi qurtlik hamda kapalaklik davrlaridagi oziqlarning miqdori va sifatiga bog’liq bo’ladi.

5-rasm. Kuzgi tunlam qurti
Qovun bilan u yoki bu darajada oziqlanadigan 6 ta turdagi yer ustki tunlamlari uchrashini aniqlangan. Bulardan karadrina ahyon-ahyonda uchrab tursada keyingi yillarda uning tarqalishi va keltirayotgan zarari yuqori bo’lishi kuzatilmokda. Ayniqsa qovun o’simligiga uning zarari benihoya katta bo’lmokda. Undan so’ng gamma, beda, metalsimon, serkumfleks tunlamlari hisoblanadi.
Kuzgi tunlamining oldini olishga qaratilgan agrotexnika tadbirlaridan dalalarni va ular atrofidagi uchastkalarni begona o’tlardan tozalash, uvatlarni tugatish zararkunandaning ekinzorga o’tish imkoniyatini keskin kamaytiradi; yerni kuzda shudgorlash, ekin qator oralarini ishlash, yaxob suvi berish qurt va g’umbaklarni nobud qiladi; ekinlar o’z vaqtida o’g’itlanganida va sug’orilganida o’simliklar erta va tez rivojlanib, ko’kqurt tunlami zararlay olmaydigan darajaga yetib oladi.

Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin