Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə9/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

Quyruqli buzoqboshi Grullotalpa unispina Sauss.Zarari. Quyruqli buzoqboshi polizdagi turli o’simliklarning ildizlarini va ba’zan poyalarini kemirib va tuproqda o’ziga yo’l ochib, namni kamaytirib yuborish bilan zarar keltiradi. Ba’zan quyruqli buzoqboshi g’o’za, oq jo’xori, makkajo’xori, sholi va shunga o’xshash dala ekinlariga ham zarar yetkazadi, ammo Markaziy Osiyoda sholipoyalardan boshqa dalalarga kamdan-kam katta zarar yetkazadi.
Grullotalpa unispina Sauss. turiga kiradigan quyruqli buzoqboshi Markaziy Osiyo, Qozog’istonda, G’arbiy Sibirning janubi-sharqiy qismida, Quyi Volga bo’yi, Sharqiy Kavkaz orti, Eron va Shimoli-g’arbiy Xitoyda uchraydi. Markaziy Osiyoda quyruqli buzoqboshilarning boshqa ikki turi: G.gryllotalpa L. va G. Africana Beauv ham ozroq topilgan.
Voyaga yetgan quyruqli buzoqboshining kattaligi 3,0-5,5 sm bo’lib, rangi jigar rang; oldingi orqasi qalin kalta tuklar bilan qoplanganidan duxobaga o’xshab turadi. Oldingi oyoqlari qazuvchi oyoqlardir. Erkagining qanotustliklari qornining yarmigacha boradi; urg’ochisining qanotustliklari yana ham kaltaroq. Yelpig’ichga o’xshab yig’iladigan pastki qanotlari qanotustliklari ostidan ikkita uzun dumsimon o’simta shaklida chiqib turadi. Yevropa quyruqli buzoqboshisi (G.gryllotalpa L) dan orqa boldirlari ustki chekkasining ichki tomonida atigi 1-2 tikani bo’lishi bilan farq qiladi. Yevropa quyruqli buzoqboshisida esa bunday tikanlar uchtadir, bundan tashqari, Yevropa quyruqli buzoqboshisi yo’g’onroq va beo’xshovdir. Tuxumi oval shaklda, sarg’ish, taxminan 1,5 mm dir. Lichinkalari voyaga yetganlaridan asosan kattaligi va qanotlari rivojlanmaganligi bilan farq qiladi; lichinkalarning qanot boshlang’ichlari faqat to’rtinchi yoshdan boshlab paydo bo’ladi.

9-rasm. Quyruqli buzoqboshi.
Quyruqli buzoqboshi tuproqda 50-60 sm chuqurlikda so’nggi yoshdagi lichinka stadiyasida qishlaydi. Lichinkalarning rivojlanishi ko’klamda tugaydi, voyaga yetgan quyruqli buzoqboshilar may oyida paydo bo’ladi. Quyruqli buzoqboshilar asosan nam tuproqda yashab, uzun, keng yo’llar ochadi va yo’lyo’lakay uchragan o’simlik ildizlarini kemirib boradi. Ular asosan o’simliklar bilan oziqlanadi, lekin ba’zida hasharotlarning lichinkalarini va tuproqda yashaydigan mayda jonivorlarni ham yeydi. Urg’ochisi tuxumlarini 18 sm ga yetadigan chuqurlikdagi uyasining keng joyiga 200-500 tadan to’p-to’p qilib qo’yadi. Tuxumlardan taxminan 1,5 haftadan keyin lichinkalar chiqadi. Yosh lichinkalar uyada bir qancha vaqt urg’ochi hasharot himoyasida turadi, keyinchalik tarqalishib ketib, mustaqil yashay boshlaydi. Quyruqli buzoqboshi yiliga bir marta nasl beradi.


Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin