Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə8/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

Fovaklovchi pashsha - Liriomyza sativae Blanch. Fovaklovchi pashshaning tuxumi, lichinkasi va pupariysining rivojlanishi uchun eng pastki harorat bo’sag’asi 9- 10 °C dir. 25- 30 °C haroratlarda tuxumi va lichinkasini rivojlanishi uchun 7-9 kun o’tadi. Xuddi shu haroratlarda pupariysi rivojlanishi uchun ham 8-9 kun zarur bo’ladi. 15 °S da tuxum, lichinka va pupariylarning rivojlanishi 25-30 kun davom etadi.
Tuxumi - oqish rangda, ellipssimon, shaffof, bo’yi 0,18-0,21 mm, eni 0,11- 0,12 mm atrofida. Pashshalar o’simlik bargini tuxum qo’ygichi bilan teshib zararlaydi va ekskrement chiqarib ifloslantiradi. Urg’ochi imagolar kamida 20-40 ta eng ko’pi bilan 200-300 tagacha tuxum qo’yadi.
Lichinkasi - 3 yoshni o’taydi va bu davr mobaynida uzunligi 2,5-3 mm ga yetadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar dastlab rangsiz, keyinchalik sariq rangga kiradi. Lichinkalar 1 yoshdan 2-yoshga o’tguncha po’st tashlaydi va bu po’stlar rangi qoramtir bo’ladi. Lichinkalar bargning mezofill qavatida oziqlanib, bargda g’ovak hosil qiladi. Bargdagi g’ovaklar ilon izi shaklida bo’ladi. Lichinkalar oziqlanib bo’lgandan so’ng g’ovaklarni teshib barg yuzasiga chiqadi. Ular barg ustida, ba’zi hollarda tuproqqa tushib g’umbakka aylanadi.
G’umbagi qizg’ish- qo’ng’ir rangda bo’lib, o’lchami 1,5x0,75 mm., to’g’ri burchakli ovalsimon formada, oxirgi qismi toraygan. Bu faza 9-11 kun davom etadi. G’umbakdan pashsha asosan ertalab uchib chiqadi.
Imagosi-mayda pashsha bo’lib, qoramtir va sariq ranglardan iborat. Uzunligi 1,3-2 mm. Erkagi va urg’ochisini oson farqlash mumkin. Urg’ochilarining qorin segmentida teleskopik tuxum qo’ygichi bor. L. sativae imagosida yaltirok qora rangdagi, L. trifoli da esa kulrang qora rangli qismlari bor. Pashshalar 4-20 kungacha yashashi mumkin. Ularning rivojlanishiga harorat kuchli ta’sir qiladi. Agar iqlim issiq bo’lsa, imagolar 4-5 kun ichida, tuxum qo’ygandan so’ng nobud bo’ladi (Parkman, 1989).
Iliq sharoitlarda L. sativae yil davomida juda ko’p avlod berishi mumkin. Bu zararkunanda Cucurbitaceae, Fabaceae, Solanaceae, Brassicaceae oilalariga kiruvchi 20 dan ortiq o’simliklarda rivojlanadi. AQSh da L. sativae pomidor, bodring, qalampir, karam, salat, gulkaram, selderey va dukkakli o’simliklarni zararlaydi. Bu tur uchun pomidor va bodring eng yaxshi xo’jayin o’simlik hisoblanadi.
Respublikamiz qishloq xo’jalik o’simliklariga keyingi vaqtlarda g’ovaklovchi pashshalarning vakili Liriomyza sativae Blanch (Diptera, Agromyzidae) turi boshqa turlarga nisbatan jiddiy zarar keltirmoqda. Bunga misol qilib, Toshkent viloyatidagi ko’pgina issiqxona xo’jaliklaridagi (Qibray, Toshkent, Zangiota va boshqa tumanlardagi) holatlarni keltirib o’tish mumkin (Xodjayev, 2012).

7-rasm. G’ovaklovchi pashsha imagosi
Tuxumlik davri: L. sativae ni yangi qo’yilgan tuxumi ellipssimon, oqish rangda, shaffof bo’lib o’rtacha uzunligi 0,18 mm. Qo’yilgan jami 200 ta tuxumdan 2 sutka o’tgach, 10% idan, 3-chi sutkada 76%, 4-sutkada esa 83,5% idan lichinkalar chiqdi. Tuxumlarning 16,5% idan umuman lichinkalar chiqmadi.
Lichinkalik davri: G’ovaklarda, tuxumdan chiqqan lichinkalar bargning mezofill qavati bilan oziqlanishni boshlaydi va butun lichinkalik davrida sarg’ish rangda, silindrsimon formada bo’ladi. Lichinkalari 3 yoshni o’taydi.

8-rasm. G’ovaklovchi pashshaning bodringdagi zarari.
Pupariy davri: Yangi hosil bo’lgan pupariy sariq rangda bo’lib, keyinchalik jigar rangga aylanadi. U subsilindrik formada, uzunligi o’rtacha 1,54 mm, eni 0,64 mm bo’ladi. Liriomyza sativae ning rivojlanish davrlari ichida pupariy bosqichi eng uzun davom etadigan fazasi hisoblanadi. Bu bosqich bizning tajribamizda o’rtacha 10,5 kun davom etdi (tajribada 9 kun va 12 kun rivojlangan pupariylar ham bo’ldi).
Imagosi - kichkina pashshacha bo’lib, urg’ochisi 1,44 mm, erkaklari esa 1,32 mm. kattalikda. Imagolari sarg’ish rangda bo’lib, qora rangli dog’chalari bor. Urg’ochi pashshalarni erkak pashshalardan qorin segmentining kattaligi va qora rangli teleskopik tuxum qo’ygichi mavjudligidan farqlash mumkin.
Laboratoriya sharoitida urg’ochilari o’rtacha 6 kun, erkaklari esa 3 kun yashaydilar. Tajribalarimizda urg’ochi pashshalarning serpushtligi ham aniqlandi.
Urg’ochi pashshalar o’rtacha 27 ta tuxum qo’ydi. Ayrim variantlarda bu ko’rsatkich 41 ta, eng past serpushtlikda 14 ta tuxumni tashkil qiladi (Xodjayev, 2013).
Ko’pgina olimlar Liriomyza sativae lichinkalarining rivojlanish davomiyligi u oziqlanayotgan o’simlik turiga va havo haroratiga bog’liqligini ko’rsatib o’tishgan (Oatman, 1958; Ned Stam, 1985; Issa, 1990).
Lichinkalar g’ovaklardan asosan soat 900 dan 1300 gacha chiqib, avj davri (pik) 1000 ni tashkil qiladi. Lekin Oatman qovunda Liriomyza pictella lichinkalarini g’ovaklardan chiqishini ertalab soat 800 - 900 da yuz beradi deb ta’kidlaydi. Shuningdek, zararlanish darajasi barglardagi lichinkalar miqdoriga bog’liq holda o’zgarib boradi.
Amerikalik olimlarning ta’kidlashicha, barg yuzasidagi kichik zararlanish fotosintez jarayonini kamaytirishi mumkin, lekin o’simlik hosildorligiga deyarli ta’sir qilmaydi. Ammo o’simlikda lichinkalar zichligi juda ham yuqori bo’lsa, ular o’simlik holatiga va hosildorligiga jiddiy ta’sir qiladi.

Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin