Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə4/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

Issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westw.) Issiqxona oqqanoti g’o’za, pomidor, qovun, bodring, baqlajon, loviya, kungaboqar, tamaki va boshqa ko’pgina ekinlarga zarar yetkazadi.
Voyaga yetgan xasharot tanasi sarg’ish rangli 1-1,5 mm uzunlikda bo’lib, ikki juft unsimon oqqanotlidir. Tuxumi ovalsimon 0,24 mm uzunlikda bo’lib, dastlabki bosqichda ular och-sariq tusli bo’ladi.
Boshqa aleyrodidlarniki singari issiqxona oqqanotining tuxumi ham substratga kichik poyachasi bilan yopishadi. Nimfasi 0,8 mm uzunlikda, yapaloq ovalsimon, maxsus tukchalar bilan qoplangan. Oqqanot chala rivojlanuvchi xasharot bo’lib, tuxum 1-4 yoshli lichinka, nimfa va voyaga yetgan xasharot fazalarini o’taydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi yapaloq, kam harakatchan bo’lib, 3 juft oyoqli hamda qizil ko’zli bo’ladi. Tuxumdan yangi chiqqan lichinka birinchi yoshda 0,3 mm bo’lib, dastlabki 15 saot davomida o’zi yopishadigan qulay joy qidirib faol harakat qiladi keyin oziqlana boshlaydi va harakatsiz bo’lib, mum qavat bilan qoplanadi, bargni so’ra boshlagach harakatsiz hayot kechiradi. Birinchi yoshidagi lichinkalar yuqori harorat va havoning namligi past bo’lishiga sezuvchan bo’lib, bu fazaning davomiyligi 4-6 kun bo’ladi. Lichinkaning ikkinchi yoshida tanasi yaltiroqligi sababli uni bargda kuzatish qiyin bo’ladi. Gavdasini uzunligi 0,4 mm bo’lib, 1-3 kun rivojlanadi.
Lichinka uchinchi yoshida 0,52 mm gacha o’sadi, ancha xiralashadi, 2-6 kun davomida rivojlanib, yelkasida 7 juft o’simta paydo bo’ladi va shu bilan oldingi yoshdagilardan farq qiladi. Lichinka to’rtinchi yoshida nimfaga aylanadi, uzunligi 0,8- 0,75 mm gacha yetadi. U 10-16 kun rivojlanadi.

2-rasm. Issiqxona oqqanoti qovunda
Nimfadan 11-12 kun ichida voyaga yetgan xasharot uchib chiqadi. Bu xashorot asosan bargning yoritilmagan pastki qismiga yopishadi. Yetuk zotlari umuman o’simliklarni bevosita zararlamaydilar. Ularning voyaga yetganlari 2-3
kun ichida qo’shiladilar. O’simlikdan-o’simlikka uchib o’tadilar.
Oqqanotning urg’ochilari 20-28 kun yashaydi va 150-300 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlarni yosh bargning pastki qismiga, 10-20 donadan to’p-to’p qilib qo’yadilar. Voyaga yetgan xasharot va ularning tuxumi qisqa muddatli (-13°C gacha) harorat pasayishiga kam chidamli bo’ladi. Havo harorati 30°C bo’lganda urg’ochilari 9-11 kun yashasa, erkaklari ulardan 2-3 marta kam muddat yashaydilar. Koloniyada odatda oqqanotning hamma rivojlanishi fazalaridagi vakillari mavjud bo’ladi. O’simlikni asosan lichinkalari (hamma yoshida) zararlaydi.
Lichinkalardan ajralib chiqqan shira "yopishqoq modda" barglar va mevalarni ifloslanishiga olib keladi. Bu shirada saprofit zamburug’lar rivojlanib, barg va mevalarning usti qopa qurum bilan qoplanadi. Natijada fotosintez jarayoni sustlashib, hatto o’simlik nobud bo’lishi ham mumkin.
Issiqxona oqqanoti tropik tur bo’lib, asosan himoyalangan maydonda erta bahordan kech kuzgacha rivojlanadi. O’zbekiston sharoitida ochiq maydonda ham tarqalib ituzumdoshlar va qovoqdoshlar oilasi vakillarini kuchli zararlaydi. Himoyalangan va pana joylarda qishlovdan chiqadi. Gruziya va O’zbekiston janubidagi o’simliklar, qishda ham o’z vegetasiyasini davom ettiradigan sharoitlarda, ochiq maydonda ham bemalol qishlovdan chiqa oladi. Yil davomida 9-10 ta avlod beradi. Zararkunanda hayotiy sikli davomiyligi, tuxum qo’yish davri, tuxumini ko’p yoki oz qo’yilishi, yashovchanligi turli omillarga bog’liq bo’ladi. Bu omillar ichida asosiylari harorat va havoning nisbiy namligi hamda o’simlik turi hisoblanadi.
Kuzatuvlarga ko’ra agar muhit 15°S harorat va namlik 30% bo’lsa, 46 dona tuxum qo’yilgan, namlik 60% bo’lganda 87 va 90% namlikda esa 96 dona tuxum qo’ygan. Harorat 20°C va 30% namlikda 108 ta, 60% namlikda 211 ta va 90% namlikda esa 208 dona tuxum qo’ygan. 25°C oqqanot uchun optimal harorat hisoblansada, ammo namlik past bo’lsa tuxum quyish ham kam bo’ladi.
Jumladan, 25°C harorat va 30% namlikda 93 dona, 60% namlikda esa 333 ta, 90% namlikda 290 ta tuxum qo’ygan. Havo harorati 30°C dan oshganda tuxum qo’yish 30, 60, 90% namliklarda tuxum qo’yish 2,2; 3,7; 8,5 martaga kamayib ketgan. Oqqanotning O’zbekiston issiqxonalarida keng tarqalgan davri mart, aprel oylariga to’g’ri keladi.
Issiqxona oqqanoti O’zbekistonda birinchi marta 1973 yilda kuzatilgan bo’lib, oradan 5 yil o’tgach pomidor, bodring, baqlajon, garmdori va boshqa madaniy o’simliklarning ham issiqxonada ham ochiq daladagi asosiy zararkunandalardan biri bo’lib qoldi. Yangi va qulay ekologik sharoitga kelib qolgan oqqanot qisqa vaqt ichida O’zbekistonning ko’pchilik xududlariga tarqalib ulgurdi. Uning ommaviy tarzda ko’payishiga faqatgina issiqxonalarning kengayishi emas, balki O’zbekistonda ochiq daladagi qulay muhit va ozuqa o’simliklarining turlari bo’yicha ko’pgina yetarli bo’lishi ham sababchi bo’ldi.

Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin