Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə5/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

Poliz bitlari (Aphis gossypii) poliz ekinlarining asosiy zararkunandalaridan hisoblanadi. Poliz bitlarining zarari qovun, bodring ekinida boshqa ekinlarga nisbatan yuqori bo’lganligi kuzatildi. Qovunda Aphis craccivora Koch va A.gossypii Glow turlari dominant hisoblanadi.

3-rasm. Poliz biti (A.gossypii Glow)
O’simlik bitlari barglar shirasini so’radi buning oqibatida poya va ildizlardagi uglevodlar miqdori keskin kamayib ketadi. Qattiq zararlangan barglarning shakli o’zgaradi va buralib qoladi. Bundan tashqari barglarda hosil bo’lgan shiralarda saprofit zamburug’lar rivojlanib o’simliklar rivojlanishini susaytiradi, ba’zi hollarda esa o’simlik butunlay qurib ham qoladi. Zararlangan o’simliklardagi hosil 30-51% gacha kamayishi mumkin.
Poliz bitlarining morfologiyasi va biologiyasi bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan. O’simlik bitlari chala o’zgarish yo’li bilan rivojlanuvchi xashorat bo’lib, butun mavsum davomida tirik lichinka tug’ib ko’payadi. Faqat qishlashda tuxumlik fazasida (poliz yoki g’o’za bitidan tashqari) bo’ladi. Bu zararkunandalarochiq sharoitda, bir yilda 26 martagacha nasl beradi. Havo haroratiga qarab bitlarinig bir avlodi rivojlanishi uchun 3-20 kun kerak bo’ladi. Har bir urg’ochi bit o’z hayotida 150 tagacha lichinka tug’adi.

4-rasm. Poliz biti bilan zararlangan bodring.
Bitlar begona o’tlarda qishlaydi. Erta bahorda ular tez ko’paya boshlaydi. Beda yoki akasiya biti g’o’zaga aprel-may oylariga o’tib, iyun oyining oxirigacha u yerda hayot kechiradi. Poliz va g’o’za katta yashil bitlari esa sabzavot va poliz ekinlarida begona o’tlarda rivojlanib issiqxonalarda ko’chat ekilgandan so’ng uchrab, ayniqsa, bodring o’simligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Bitlarning zarari (g’o’zada) keyingi 2002 va 2003 yillari erta bahordan ham ko’ra, kuzga yaqin (avgust-sentyabr oylarida) kuchli namoyon bo’lmoqda. Buning oqibatida tola shiralanishi sodir bo’lib, og’ir oqibatlarga sababchi bo’lishi mumkin. Tolani shiralanishini oldini olish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib amaliyot uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiyalarga amal qilinishi o’z navbatda o’simlik bitlarini dala atrofidagi yerlardan, paxtazorlardan shiralarning issiqxonalarga ko’chib o’tishini kamaytiradi.
Issiqxonalarda o’simlik bitlariga qarshi kurashda uchun biologik himoya vositalaridan oltinko’z va yirtqich gallisaning ahamiyati kattadir. Ularni laboratoriyada ko’paytirish va qo’llash bo’yicha mamlatimizda, Rossiyada bir qancha ilmiy ishlar bajarilgan .

Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin