Qovun zararkunandalariga qarshi kimyoviy preparatlarning samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 215,38 Kb.
səhifə2/11
tarix24.12.2023
ölçüsü215,38 Kb.
#192577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O. Jumamuradov

1. Adabiyotlar sharxi.
Zararkunandalarning eng qulay oziqlik muhiti sabzavot-poliz ekinlari
hisoblanadi. Sabzavot-poliz ekinlari oziq-ovqatlik talabini qondirish bilan birga
vitaminlarga juda boy bo’ladi. Xozirgi kunda respublikamiz qishloq xo’jaligida
sabzavot ekinlaridan pomidor, bodiring, sabzi, piyoz, karam, bolgor kalampiri,
baklajan va boshqalar, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz va qovoqlarning turlari
ekiladi. Ular etli, mazali ta’mli, shirali meva beradi. Ularning mevasi oziq-ovqat va
chorva mollari uchun oziq sifatida foydalaniladi. Qovunni yer yuzining hamma
davlatlari sevib iste’mol qiladi. Qovun va tarvuz mevalari dorilik meva hisoblanadi
( Toreniyazov 1989).
O’rta Osiyo mintaqalarida shiralar poliz ekinlarining eng asosiy zararkunandasi isoblanadi. Bu zararkunandalar poliz ekinlarini (qovun, tarvuz, bodring, qovoq) nihollik davridan hosil yetilishiga qadar zararlashi mumkin. Ammo iyulning birinchi-ikkinchi o’n kunligidan to avgustning yarmigacha rivojlanishi pasayib, keyinchalik yana kuchli ko’paya boshlaydi. Zararkunandaning kuzda rivojlanishi asosan kechki bodring va qovoq ekinlari uchun ahamiyatli bo’ladi(Sh.T Xo’jayev, E.Xolmuradov 2014).
Qovoqgulli o‘simliklar o‘stirilgan dalalarda o‘simliklar qoldig‘ini yo‘qotib, yårlarni chuqur shudgorlash, poliz ekinlaridan 100 m naridagi bågona o‘tlarni yo‘qotish poliz qo‘ng‘izining ommaviy ko‘payishining oldini oladi. Kimyoviy kurashda yosh nihollarga, ko‘chatlar gullashidan oldin insåktitsidlar såpish tavsiya etiladi(H.H. Kimsanboyev va boshqalar -2013).
Kuzatuvlarga ko’ra agar muhit 15°C harorat va namlik 30% bo’lsa, 46 dona tuxum qo’yilgan, namlik 60% bo’lganda 87 va 90% namlikda esa 96 dona tuxum qo’ygan. Harorat 20°C va 30% namlikda 108 ta, 60% namlikda 211 ta va 90% namlikda esa 208 dona tuxum qo’ygan. 25°C oqqanot uchun optimal harorat hisoblansada, ammo namlik past bo’lsa tuxum quyish ham kam bo’ladi( B.A Sulaymanov-2008).
O’zbekistonda g’ovaklovchi pashshalarning ikki turi qayd qilingan. Bular: Liriomyza sativae Blanch va Liriomyza trifolii Burgess(A.Anorboyev, B.A Sulaymanov, X,Kimsanboyev-2013).
B.A sulaymanovning yozishicha(2008), g’ovak hosil qiluvchi pashshalarning g’umbaklarini oltinko’z lichinkalari qisman kamaytrib turadi.
U.Isashova(2018)ning tadqiqotlarida g’o’vaklovchi pashshalarni o’rganib quyidagicha xulosaga kelgan: G’ovaklovchi pashshalar bizning sharoit uchun nisbatan yangi hasharot bo’lgani uchun uning entamofaglari hali to’liq o’rganilib, uni ilmiy asosda qo’llash joriy etilmagan.
Qovun pashshasining erkak va urg’ochilari qovun va tarvuz shirasi bilan oziqlanadi. Urg’och pashsha qovun bilan tarvuzni tuxum qo’ygichi bilan teshadi. Pashsha g’umbakdan chiqqach 6-7 kundan keyin tuxum qo’ya boshlaydi; tuxum qo’yish bir oygacha cho’ziladi. Urg’ochi pashsha tuxumlarini qovun-tarvuz po’stining ostiga (ayniqsa qovunga) qo’yadi: pashsha qovun-tarvuzni tuxum qo’ygichi bilan teshib, unga bitta tuxum qo’yib ketadi. Bir qovun yoki tarvuzga bir necha tuxum qo’yishi mumkin. Urg’ochi pashsha umrida 100-200 ta tuxum qo’yadi.2-7 kundan keyin tuxumdan chiqqan lichinkalar qovun-tarvuz eti bilan oziqlanadi. Lichinkalar yozda 8-13 kunda rivojlanadi, kuzda esa rivojlanish 18 kunga cho’ziladi. Oziqlanib bo’lgan lichinkalar qovun-tarvuzdan chiqib, yaqin oradagi tuproqda g’umbakka aylanadi. Soxta pillalardan bir qismi (taxminan 27 %) kelgusi yil ko’klamgacha diapauzaga kiradi, qolganlaridan esa 13-20 kundan keyin yangi nasl pashshalari chiqadi, ular tez orada tuxum qo’ya boshlaydi(E.Sh To’reniyazov, R.O Yusupov, E. Eshmuratov-2016).
Issiqxona oqqanoti O’zbekiston sharoitida birinchi marta 1973- yilda kuzatilgan bo’lib, oradan 5 yil o’tgach pamido’r, bodring, baklajon, karam va boshqa madaniy o’simliklarning ham issiqxonada ham ochiq daladagi asosiy zararkunandalaridan biri bo’lib qoldi. Yangi va qulay ekalogik sharoitga kelib qolgan oqqanot qisqa vaqt ichida O’zbekistonning ko’pchilik xududlariga tarqalib ulgurdi. Uning ommoviy tarzda ko’payishiga faqatgina issiqxonalarning kengayishigina emas, balki O’zbekistonda ochiq daladagi qulay muxit va ozuqa o’simliklarining turlari bo’yicha ko’pligi va yetarli bo’lishi sababchi bo’ladi(B.A Sulaymanov-2008).
O’simliklarni himoya qilishning bialogik samaradorligi deganda asosan zararli arganizmlar(xasharotlar, kemiruvchilar, kasalliklar, begona o’tlar va boshqalar)ga qarshi ishlatiladigan kimyoviy, bialogik va boshqa himoya qilish vositalarini qo’llash bilan ularni oldingi soniga nisbatan % miqdordagi nobud bo’lishi tushuniladi(A. Utepbergenov, B. Aytjanov, E, Eshmuratov va J. Xamidullayev-2016).
Shiralarning ko’payishi faqat partinagenetik yo’l bilan sodir bo’ladi. Urg’ochi bit o’rtacha 40-50 dona ba’zan 80 donagacha lichenka tug’adi. Tug’ilgan lichinkalar qanotli shiralar may oyida g’o’za, poliz ekinlari (qovoq, tarvuz, bodring) kanakunjut, yer yong’oqi, kanop, kunjut va boshqa o’simliklarga o’tadi. Hosil bo’lgan qanotli shiralar, may oyida g’o’zalarga o’tib, yoz davomida zararkunanda g’o’zada 22 ta avlod beradi. Bundan tashqari baxor va kuzda begona o’tlarda 4-5 avlod berishi mumkin. (Sh.H.To’xtayev, K.Umarov, R.Yunusov-2006).


Yüklə 215,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin