Psixologik maslahat



Yüklə 7,29 Mb.
səhifə5/16
tarix07.01.2024
ölçüsü7,29 Mb.
#210762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
19-PSIXOLOGIK-MASLAHAT-ZAMIRA-NISHANOVA-2010-Oquv-qollanma-

Psixologik m aslah at amallari
Psixologik maslahat a m a l la r i deyilganda, psixologik maslahatning alohida masalasi hal etilishida yordam beradigan psixologik maslahat olib borish usullari bo‘yicha birlashtirilgan guruhlari tushuniladi. Psixologik maslahatning natijaliligi bevosita uning amallari puxta o‘ylangan!igiga bog'liq bo‘ladi. Odatda amallar psixologik maslahat aniq bir bosqichi bilan bogliq bolganligi sababli biz avvalgi bobda ko‘rsatilgan va t a ’riflangan bosqichlar bilan boglab, ularni ajratamiz va ko‘rib chiqamiz. Psixologik maslahat birinchi bosqichida, o d a td a h ech qanday m axsus am a l la r ajratilmaydi va qo‘llanilmaydi.
Ikkinchi bosqichda m i jo z bilan u chrashish, m aslahat o ‘tkazishga uni umumiy, emotsional-ijobiy tayyorlash, mijoz bilan psixolog-maslahatchi m unosabatlarida psixologik t o ‘siqlarni yo‘qotish amallari qollaniladi.


Mijozni kutib o lish amallari
Mijozni kutib olishda psixolog-maslahatchi bajaradigan shu jumladan, u bilan awalo salomlashish, maslahat o‘tkazish paytida o‘tirishi kerak boMgan joyga olib kelish kabi maxsus harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bu amallarga psixolog-maslahatchining mijoz bilan


gap boshlashi paytida mijozga nisbatan o‘z o‘rnini tanlashi, maslahatchining mijoz bilan psixologik aloqa o‘rnatish uslublari, psixolog-maslahatchi aytadigan birinchi so‘zlar kiradi.
Keyingi «psixologik maslahatlar texnikasi» deb atalgan bobda kokrsatilgan uslublarni to ‘laroq, kerakli misollar asosida ko'rib chiqamiz.
Ushbu amal maslahatlar eng boshidan psixolog-maslahatchi
m ijozda yaxshi taassurotlar uygkotishga va m aslahatlarning muvaffaqiyatli bolishi, kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan boshqa aniq uslublar va harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Psixolog- maslahatchi murojaat etgan ko‘pchilik mijozlarodamlar bilan, shu jum ladan psixolog-maslahatchi bilan oddiy muomala qilishga xalaqit qiladigan psixologik to‘siqlarva komplekslarga ega bo‘ladilar. Bunday to ‘siqlarva komplekslarsalbiy ta ’siri notanish vaziyatlarda, misol uchun psixolog-maslahatchi bilan birinchi uchrashuvda, mijozning notanish odam — maslahatchi bilan o ‘zining shaxsiy muammolari to‘g‘risida murakkab suhbat oldidan, ayniqsa, kuchli namoyon bo'ladi. Mumkin b o lg a n komplekslar salbiy ta’sirini va psixologik to'siqlami yo‘qotish uchun «psixologik to ‘siqlarni yo'qotish» amalidan foydalaniladi. Bu amalni qoMlanilganda, psixolog-maslahatchi maxsus harakatlar va uslublar yordamida mijozni tinchlantiradi, unda psixologik xavfsizlik vaziyatini yaratadi, uni o ‘zini erkin tutishiga yordam beradi, unga ishonchlilik bag‘ishlaydi. 0 ‘ziga bolgan ishonchini uyg‘otadi. Ushbu amal doirasida xususan, mijozda kayfiyatni ko‘taruvchi, unda ijobiy emotsional kayfiyat uyg‘otuvchi maxsus uslublar qollaniladi.
Psixologik maslahatlar uchinchi bosqichida hamdard bo‘lib, (empatik) tinglash deb ataluvchi amaldan hamda uning fikrlashi va xotirasini fao l lashtirish , mijoz fikrini m ustahkam lash, yorqinlashtirish amali va psixodiagnostik am allardan keng foydalaniladi. Empatik tinglash amali bir-biriga bog‘liq ikki holatdan iborat:
Empatiya va tinglash, ular ushbu holatda bir-birini to‘ldiradi. Tinglash psixolog-maslahatchi o‘zining flkrlari va hayajonlarini vaqtinchalik esdan chiqarib, o ‘z diqqatini to‘laligicha mijozga, uning gaplariga qaratishdan iborat. Empatik tinglashning vazifasi psixolog-
maslahatchi mijoz unga gapirayotgan gaplarini shaxsan qabul qilishi hamda barchasini oxirigacha tushunishga va mijozning o ‘zi kabi o‘ylash va sodirboMayotganlardan tashvishlanishga yordam beaivchi an ch a ch u q u r va em otsional tu s h u n is h d a n iborat bo Madi (tinglashning empatik holati).
Mijozni empatik tingiash paytida psixolog-maslahatchi bir vaqtning o'zida o ‘z rolida qola turib, o ‘zini mijoz bilan psixologik o‘xshatadi. Mijoz gapirayotganlar haqida o'ylash, taxmin qilishni, fikr yuritishni davom ettiradi. Biroq bu alohida fikrlash hisoblanadi. Bunday fikrlash jarayonida psixolog-maslahatchi mijoz obraziga kirib, uning gaplarini o‘zida psixologik baholash va tushunishga harakat qilib mijozni o ‘z o ‘rniga q o ‘yib ko‘radi. Mana shunga empatik tingiash deb ataladi. Bu psixologik maslahatning ikkinchi bosqichi asosiy amali sanaladi.
Mijozni fíkrlashi va xotirasini faollashtirish amali deganda, ularni qollash natijasida mijozning bilish jarayonlari, xususan muhokama etilayotgan muammo, uni to 'g ‘ri amaliy hal etish bilan bog‘liq bo'lgan mijozning xotirasi va fikrlashini faollashtiradigan, yanada mahsuldor bo‘Iib qoladigan uslublar tizimiga aytiladi. Ushbu amalni qo‘Ilash natijasida mijoz uning muammosi bilan bog‘liq xulosalar va faktlarni aniqroq va to'iaroq eslay boshlaydi. O'zi va uni diqqat bilan tinglayotgan psixolog-maslahatchi uchun avval ongida yashirin bolgan holatlarni ochadi. Fikrlashni faollashtirish amaliga tinglab tasdiqlash, mijoz aytgan gaplar to lg‘risida m a’lum, ko‘pincha ijobiy munosabatni bildirish uslublari, mijozda aytgan gaplarini to ‘g 6ri ifoda etishda qiyinchiliklar yuzaga kelganida unga amaliy yordam ko rsatish kabi usullar kiritilishi mumkin. Bunga mijozning o ‘zÍni dovdiratib qo‘yadigan nutqidagi tutilishlarni psixolog-maslahatchi toldirishi, uning'gaplari birtekis va bogMiqligini ta’minlashi ham da psixologik to‘sÍqlarnÍ yo‘qotishi, mijozga esa bundan keyin nim alar to‘g‘risida gapirishini eslashga yo'naltiruvchi, mijozning xotirasi va fikrini rag‘batlantiruvchi savollarni kiritishi mumkin. Q o l la b - quwatlab turish amali mijozni tinglab turib psixolog-maslahatchi vaqti-vaqti bilan kolpincha mijozning o kzi maslahatchi tom onidan uni gaplarini m a’qullashini istab turgan paytlarda - so‘zlar, ishoralar, mimikasi, pantomimika va boshqa mumkin bo‘lgan ekstra


ham da paralingvistik vositalar bilan mijoz aytgan gaplarni m a’qullab, uni qoMlab turishdan iborat. Psixolog-maslahatchining mijoz fikrini oydinlashtirib turishi, uning gaplarini tinglayotganda va fîkri unchalik tushunarli yoki aniq ifoda etilmaganda vaqti- vaqti bilan suhbatlashib, ovozini chiqarib mijoz fikrini o ‘zi uchun aniqlashtirib yoki unga fikrini aniqroq ifoda etishga yordam berib turishdan iborat bo'ladi. Mijozning o‘zi psixoiog-maslahatchiga tushuntirib berayotganidan qoniqmagan paytlarda ko‘pincha shunday amallardan foydalanish zarurbo‘ladi. Psixologik maslahat o ‘tkazish to‘rtinchi bosqichida quyidagi amallardan foydalanish mumkin bo‘ladi: ishontirish, tushuntirish, o‘zaro mos keladigan yechimni izlash, aniqlik kiritish, har tomonlama puxta o‘ylab chiqish. Bu amallarning barchasi psixolog-maslahatchining mijoz bilan birgalikdagi ishlab chiqilgan maslahatlar va tavsiyalarni uning ongiga yetkazish bilan bog‘liq bo'ladi. Bu amallardan maqsad, psixolog-maslahatchi chiqargan xulosa va yechimlarni mijoz to‘la va chuqur tushunib yetishiga hamda m ana shu yechimlarni bajarishga uni yo‘naltirishga erishishdan iborat.
Ishontirish - bu psixolog-maslahatchi mijoz bilan uzoq vaqt
davomida ishlashi natijasida taklif etgan tavsiyalari to ‘g‘riligini mijozga mantiqiy aniq asoslarda isbotlab berishga asoslanadi. Ishontirish asoslarini faktlar, mijoz uchun tushunarli va yetarlicha ishonarli isbotlash o‘z ichiga oladi.
Tushuntirish - bu muammolarsababli psixolog-maslahatchida
yuzaga keladigan fikrlarni keng, aniq bayon etish, mijozga tushuntirishni o ‘z ichiga oluvchi amaldir. Bu yerda psixolog- maslahatchi ataylab mijoz tomonidan o‘ziga turli savollar keltirib chiqarishga va bu savollarga aniq, tushunarli javob beradigan tarzda u bilan suhbat tashkil qilishga harakat qiladi. U javoblarni taklif etar ekan, psixolog-maslahatchi shu vaqt mijozni diqqat bilan kuzatadi va mijozga aytilayotgan gaplar unga tushunarli ekanligini tasdiqlovchi aniq belgilarni unda kuzatadi.
« 0 ‘zaro mos keladigan yechimni izlash» deb ataluvchi amalda
quyidagilar ko‘zda tutiladi. Psixologik maslahat olib borish jarayonida k o ‘p in c h a m aslahatchining taklifi mijozni qoniqtirmaydigan vaziyatlar yuzaga keladi. Mana shunday hollarda
mijozning muammosini ha! etish uchun unga yanada mos keladigan boshqa yechimni izlash zarur. ü sh b u amal yechim ning muqobil variantlarini taklif etish, mijozni qoniqtiradigan yechim ni tanlash huquqini uning o ‘ziga berish, takiif etilayotgan yechim da mijozni nim alar qoniqtirm asligini oydinlashtirish, u n in g m uam m osini yechimi b o ‘yicha mijozning o ‘zi fïkrini aytishini taklif etish kabi uslublarni o‘z ichiga oladi.
Keyingi amal «detallarni aniqlashtirish» - psixolog-maslahatchi va mijozning birgalikda ishlab chiqqan amaliy tavsiyalarini bajarish bilan bog‘liq b o lg a n mijoz uchun kichik, lekin m uhim tafsilotlarni tushuntirishdan iborat. Mijoz uni faqat to ‘g‘ri tush u n ib olganligini emas, baiki oigan tafsilotlarini hayotda bajarish uchun nim ciar qiüsh kerakligini yaxshi bilishiga ishonch hosil qilishi uchun psixolog-maslahatchi unga savollarberadi va javoblari asosida ular m uhokam a qilgan masalalarni to ‘g‘ri tushunganligini aniqlaydi. Agarda m uhokam a qilingan masalalarni mijoz yaxshi tushunm asa, u 0 ‘zining fikrlarini mijozga q o ‘shim cha ravishda tushuntirishga
harakat qiladi. Bu ishni u odob bilan amaliy va y o ‘naltirib bajarishga harakat qiladi.
Beshinchi y a k u n lo v ch i b o sq ich d a p s ix o lo g - m a s la h a tc h i tomonidan to ‘rtinchi bosqichda foydalanilgan a m a l la r q o ‘llaniladi. Biroq bu gal ular mijozni maslahatchidan oigan tavsiyalarini amaliy bajarishdan kutilayotgan samarasini baholashga taalluqli boMadi. Bu yerda mijozda m u am m o albatta, hal etilishiga ishonchi ham da maslahatlardan keyin darhol o ‘z m uam m osini am aliy hal qilishga kirishishga tay y o rg a r l ig in i m u s t a h k a m l a s h a m a l i m axsus hisoblanadi. Ushbu bosqichda ishontirish, uqtirish, emotsional-
ijobiy rag‘batlantirish va q a to r boshqa uslublarni ham q o ‘l!ash mumkin.



  1. Yüklə 7,29 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin