Psixologik maslahatning inaqsad va vazifalari
Maslahat berish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
Munozarada yuzaga keigan m uam m oni zudlik bilan hal etishda unga yordam ko‘rsatish. O dam larda ko‘pincha darhol aralashish, kechiktirilmaydigan yechimlarni talab etuvchi, mijoz
hal etish uchun kokp vaqt, kuch va vositaiarni sarflash imkoniyatiga ega bo‘lmagan yechimlarni talab etuvchi muammolar yuzaga keladi. Bunday muammolarni odatda operativ deb ataydilar va kerakli yechimlar ham shunday deb ataladi. Operativ muammolarni hal etishda og‘zaki maslahat shaklida zudlik bilan psixologik yordam olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan o ‘zaro munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga kelishi, ularning vaqtida hal etilmasligi bola jismoniy va psixik sog‘lig‘iga juda katta salbiy t a ’sir
etishi mumkin. Biror-bir tashkilot ishchisida ham keskin, darhol hal etilishi kerak b o ‘Igan muammo paydo bo'lishi mumkin. Masalan, yaqin kunlarga belgilangan o‘zining bevosita boshlig‘i bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida ular o ‘rtasidagi munosabatlardagi muammoni hal etish zaru rb o ‘ladi. Misol: oilada eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat yoki qarindoshlardan bin bilan munosabati keskin yomonlashadi. Mana shu sababli oilada og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskin vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o ‘zi mustaqil hal eta oladigan m asalalarni yechishda, y a’ni odatda maxsus professional psixologik biiimlar kerak boMmagan faqatgina muloqot, sog‘lom mazmunga asoslangan hayotiy maslahat kerak bo‘lgan masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatish. Masalan, mijoz uchun mehnat va dam olish qulay kun tartibini tanlab olishi, turli faoliyatlar o'rtasida vaqtni to'g'ri taqsimlash shunday masalalar hisoblanishi mumkin.
Mijozga aslida uzoq vaqt davomida ozmi-ko‘pmi doimiy
psixoterapevtik t a ’sir ko‘rsatish kerak bo‘lgan, lekin u yoki bu sabablar oqibatida ushbu vaziyatda bunday imkoniyati bo‘lmagan holatida vaqtinchalik yordam ko‘rsatish bunday holatda psixologik m aslahatdan m ijoz duch kelgan rnuam m oning yanada og‘irlashishiga y o ‘l q o ‘ymaydigan, salbiy jarayonlarning tez rivojlanishini oldini oluvchi mijozga vaqtinchalik operativ yordam ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanish m um kin. Mijozda kutilmaganda depressiya holati yuzaga kelishi shunday muammoga misol bo‘lishi mumkin.
Mijoz o kz muammosini tokg‘ri tushunib, umuman uni o‘zi hal etishga tayyor bo‘lgan, lekin biror narsadan shubhalangan, o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutayotganiga tola ishonchi bo‘lmagan hollarda, psixolog - m aslahatchi muloqot natijasida ular tom o n id an professional va ruhiy qo‘llab-quwatlanadi, bu esa unda o‘ziga ishonchini kuchaytiradi.
M aslahat o l ish d an boshqa hech qand ay im koniyati
bo‘Imaganda mijozga yordam ko‘rsatish. Bunday holatda psixolog- mutaxassis mijozga psixologik maslahat berar ekan, aslida u ancha
toMa va uzoq vaqtli psixokorreksion yoki psixoterapevtik yordamga muhtojligini tushuntirishga harakat qiladi.
Psixologik maslahat mijozga psixologik yordam ko‘rsatish boshqa turlari o 4rniga emas, balki faqat psixolog emas, uning o ‘zi ham yuzaga kelgan muammoni hal etish bilan shug‘ullanishini ko‘zda tutib ular bilan birgalikda, qo'shim cha mashg'ulot sifatida olib boriladi.
Psixolog-maslahatchida tayyor yechim bolm agan, chunki vaziyat uning imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga qanday bo‘lsa ham mayli juda oz va samarasi yetarli bolm agan yordam ko£rsatish kerak boMgan hoilarda, psixologik m aslahat quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi:
Mijoz duch kelgan muammoni aniqlashtirish, tushunib olish.
Mijozda yuzaga kelgan m uammoning mohiyati to‘g‘risida, uning jiddiyligi darajasi haqida unga t L i s h u n t i r i b berish, mijozni muammo bilan tanishtirish.
Mijoz paydo bo‘lgan muammoni mustaqil hal eta olishi mumkinligini aniqlash maqsadida psixolog-maslahatchining mijoz shaxsini o'rganishi.
Mijoz muammosini hal etishni eng yaxshi yoMini ko‘rsatish bo‘yicha mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq ifoda etish.
Mijoz o‘z imkoniyatlarini hal etishga kirishgan holatida mijozga qo‘shimcha amaliy maslahatlar sifatida kundalik yordam ko'rsatish.
Mijozga kelajakdashu kabi muammolarni yuzaga kelishining oldini olishni olrgatish, psixoprofilaktik vazifasi.
Psixolog-maslahatchi mijozga uning o ‘zi qollashi mum kin boMgan oddiy, hayotiy zarur psixologik bilim va malakalarni berish.
Aytib o‘tilgan vazifalarni harbirini ko‘rib chiqamiz.
Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt kuzatib psixolog-maslahatchi uning m uam m osi mohiyati aslida nimadan iborat ekanligi to ‘g ‘risidagi xulosaga kelishidan iborat bo‘ladi. Ba’zida uning xulosalari mijozning fikri bilan mos keladi, ba’zan esa umuman mos kelmaydi.
Xulosalar mos kelmagan holda psixolog-maslahatchi mijozga u maslahatni nima uchun dastavval mijozning o ‘zi o ‘ylagan, undan
farq qiluvchi aynan mana shu xulosaga kelganligini tushuntiradi.
Shunday tushuntirish davomida psixolog-maslahatchi uning m uam m osi n im a d a n iborat ekanligini dalil, asoslar bilan tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo yuzaga kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ham ko‘rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga oshiriladigan qadam — bu mijoz shaxsini psixologik o‘rganish hisoblanadi. Buni o‘rganmay turibbirinchidan
— mijozning o kz muammosini to'la, chuqur tushunib yetishga, ikkinchidan - uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib bo‘lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning muammosini tushuntirish, shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini
o‘zi tushunishi va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni ifoda etib beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo‘lishi kerak.
H ardoim ham mijoz psixolog-maslahatchidan oigan maslahat
va tavsiyalarini amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko'pincha o'zining tajribasizligi yoki bilmasligi sababli xatoga yo‘l qo‘yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan kundalik yordamga muhtoj bo‘ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o‘zi va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to'g'ri hal etish bo‘yicha tavsiyalar taklif etib, o‘zining professional burchini to l a bajardi, deb o‘ylashi kerak emas. Mijozning oigan maslahat va tavsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta’minlash ham psixolog-maslahatchining vazifasi hisoblanadi. T V g fcri mijoz psixolog- m aslahatchidan oigan tavsiyalarni bajarishni xohlamasligi ham mumkin. Odamlar hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo‘ladi-ki, ular takroran yuzaga keladi, ularni bir marotaba ha! qilinishi ular kelajakda yana bir bor yuzaga kelmasligiga to l a kafolat bo‘la olmaydi. Shuning uchun mijoz bilan maslahat berish ishlarini olib borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni hal etib psixolog-maslahatchi
mijozning olzi o ‘z harakatlari bilan hayotida kelajakda shunga o'xshash muammo takror yuzaga kelishining oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofllaktik masalani mustaqil hal qilishga qodir boMishi hamda o‘ziga o kzi zarur yordamni ko‘rsata oladigan boMishi uchun psixolog-maslahatchi b a ’zida ixtiyoriy ravishda uning uchun kasbiy zarur bolmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo'lgan oddiy psixologik bilimlar beradi.
Psixologik maslahat turlari
Turli odamlar psixologik maslahatga muhtoj bolganligi va turli masalalarda ular yordam so‘rab murojaat etganliklari sababli psixologik maslahatni mijozlar individual xususiyatlariga va muammolariga qarab turlarga ajratish mumkin. Birinchi navbatda intini- shaxsiy deb ataluvchi psixologik m a s lah a tn i ajratib ko‘rsatamiz, ko‘pchilik odamlarda ko‘pincha m ana shunday maslahatga talab yuzaga keladi. Ushbu turga shaxs sifatida odamga chuqur ta ’sir ko‘rsatadigan, unda kuchli hayajonlar uyg‘otadigan, atrofdagi o d am la rd an yashiriladigan m a salala r b o ‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular odam nima bo‘lsa ham ularni yo'qotishni xohlaydigan psixologik yoki xulqi muammolari, shaxslararo m un osabatlar bilan bog‘liq m u a m m o la r , turli qolrqinchlar, muvaffaqiyatsizliklar, shifokor aralashuvini talab etmaydigan psixogen kasalliklar va boshqalar. Bunga odamning 0‘zidan o‘zi qoniqmasligini intim, masalan jinsiy muammolarni ham kiritish mumkin. Keyingi ahamiyati bo'yicha va hayotda ko'p uchraydigan psixologik maslahatning keyingi turi - oilaviy maslahat hisoblanadi. Bunga odamning o ‘z oilasida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular xususan boMajak turmush o‘rtog‘ini tanlash, oilada o lzaro munosabatlarni to‘g;ri tashkil etish va boshqarish, oilaviy munosabatlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va bartaraf qilish, er- xotinlarning qarindoshlari bilan munosabatlari, kundalik oilaviy muammolar bo‘lishi mumkin.
M aslahatlarning uchinchi turi — psixologik- pedagogik maslahatdan iborat. Bunga maslahatchining mijoz bilan bola!arni tarbiyalash va o‘qitishni, biror ishga 0‘rgatish ham da kattalarning
pedagogik malakasini oshirishni, pcdagogik rahbarlik, bolalar va kattalar guruhlari, jamoalarni boshqarishni kiritish mumkin.
Psixologik-pedagogik maslahatning eng ko‘p tarqalgan to‘rtinchi turi — amaliy maslahatlar. U o‘z navbatida odamlar faoliyati turlari necha xil bo‘lsa, shuncha turlariga ega boMadi. Umuman olganda, odamlarning amaliy ish bilan bogliq muammolarini hal etish amaliy maslahat deb ataladi. Bunga inson uchun kasb tanlashni, odamda qobiliyatlarini rivojlantirish, lining mehnatini tashkil qilish, ish bajarish qobiliyatini oshirish, ish bo‘yicha muzokaralar olib borish masalalarini kiritish mumkin.
Aytib o‘tilgan psixologik maslahat turlarining har biri boshqasi
bilan o ‘xshashdir, masalan har xil faoliyat turlarida bir turli vaziyatlarda o ‘zining psixologik talqin qilinishi bo‘yicha bir xil m uam m olar yuzaga kelishi mumkin. Lekin shu bilan birga psixologik m aslahatlar aytib o ‘tilgan har bir turida o'zining xususiyatlari mavjud. Ularni ko‘rib chiqamiz.
Intim - shaxsiy maslahatlar odatda begona shaxslardan sir
tutilishini va shu bilan bir vaqtda maslahatchi va mijoz muloqotlari uchun o c h iq bo Mishini, ular o 'r tasid a o ‘zaro ishonchli munosabatlarni talab etadi. Bunday psixologik maslahat alohida vaziyat yaratilishini talab etadi, chunki ko'nglidagini ochiq aytishni, tavbani eslatadi.
Maslahatning bu turi bevosita taalluqli boMgan muammolari
tabiati bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yoki qisqa vaqtli bo‘lishi mumkin emas. U birinchidan - psixolog-maslahatchining hamda mijozning katta psixologik tayyorgarligini, ikkinchidan - psixolog- maslahatchining mijoz bilan uzoq vaqt, odatda oson bo’lmaydigan suhbatini, uchinchidan - mijozda paydo bo'lgan muammoni hal etish uchun ancha uzoq vaqtni ko‘zda tutadi. Uzoq vaqt talab etilishi intim - shaxsiy xususiyatdagi m uam m olar darhol hal etilmasligi bilan bog‘liq.
Oilaviy maslahat o ‘z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy
muammoning mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji bo‘lsa shaxsiy oilaviy hayotida ularni bilishni talab etadi. Oilasi bo'lm agan o dam lar oilaviy maslahatlar bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishlari qiyin bo‘ladi, aksi ham bo'lishi mumkin. Oila
qurishga yoki oilani saqlab qolishga urinm agan inson yaxshi psixolog-maslahatchi boMishi qiyin. U ning shaxsiy tajribasi odamlarga salbiy mazmunda foydali boMishi mumkin. Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yoM qo‘ymaslikni aytib berishi mumkin, lekin oilani saqlab qolish va o‘zaro munosabatlarni yaxshilash yo‘Ilarini ko‘rsata olmayapti. Biroq bu qoidada ham o‘zgacha holatlar bo‘lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy hayotda o ‘zlari ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy masalalar bo‘yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo‘lib chiqqanlari m a’lum.
Psixologik- pedagogik m aslahat bcrish o ‘z navbatida maslahatchining pedagogik m a’Iumotga, o ‘qitish, odamlarni tarbiyalash tajribasiga ega boMishini talab qiiadi. Sobiq o'qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi hamda kerakli m a’Iumotga ega b o‘lib, odatda psixologik-pedagogik masalalar b o Lyicha yaxshi psixolog-maslahatchi b o l ib chiqadilar.
Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy maslahatga ham taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi boMgan faoliyat sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin.
Psixologik maslahatning samarali bo‘lish sharti Psixologik maslahat keraklicha muvaffaqiyatii boMishi uchun,
ya’ni iloji boricha ijobiy natijalarga erishish uchun maslahat berish jarayonida qator shartlarga amal qilish kerak. Ushbu shartlar mohiyatini ochib beramiz va tushuntirib beramiz.
Dostları ilə paylaş: |