Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya o‘qitishda modulli ta’lim



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149


 
8.3. Geografiya o‘qitishda modulli ta’lim 
1.
Modul ta’limining mohiyati. 
Pedagogik adabiyotlarda modul pedogogik 
texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha sifatida 
qaraladi. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik bo‘laklardan hamda 


200 
ularning turli miqdordagi to‘plamlardan iborat bo‘ladi. “Modul”
 
(lot. “modulus”) 
tushunchasi: 
1)
tizim ichidagi o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat tugun; 
2)
muayyan texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi 
atama; 
3)
o‘quv materiallining mantiqiy tugallangan birligi. 
Geografiya ta’limida didaktik imkoniyatiga ko‘ra o‘zlashtirilishi zarur 
bo‘lgan manba, o‘quv materialini mantiqan tugallangan bo‘laklarga ajratib 
o‘rganish imkoniyatiga ega. Boshqacha aytganda, modul ta’limining asosiy 
vositasi, tugallangan axborot bloki sifatida talqin etiladi. 
Xalqaro tashkilot YUNESKO tomonidan 1982-yilda tashkil etilgan 
anjumanda e’lon qilingan ma’ruzada “modul” tushunchasi “O‘quv materialini u 
bilan tezkor individual tanishish va ketma-ket o‘rganish asosida yakka tartibdagi 
va guruh mashg‘ulotlarida bir yoki bir necha malakani o‘zlashtirish uchun 
mo‘ljallangan alohida o‘rgatuvchi to‘plam (paket)” deb ta’kidlangan. 
Modul negizida geografiya o‘qitish metodikasi fanining muayyan qismi – 
bo‘limi (odatda 10-12 soatli), nisbatan katta hajmga ega mavzusi (ko‘p holatlarda 
5-8 soat hajmdagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’lim uchun 
mo‘ljallangan materialning mohiyatini yorituvchi o‘zaro bog‘liq tushuncha, 
elementlar to‘plami aks etadi. Odatda, modul ko‘rinishidagi bo‘laklar kichik 
modul, birlamchi modul, modullar to‘plami, modullar darajasi va modullarning 
majmuaviy tuzilmasi tarzida qo‘llaniladi. 
O‘quv manbai, o‘quv materialining hajmi, axborotlarni qamrab olish 
ko‘lamiga ko‘ra modullar kichik, o‘rtacha va yirik bo‘laklarga ajratiladi. Misol 
uchun, oliy ta’lim muassasalarida geografiya o‘qituvchilari toyyorlash yo`nashi 
bo‘yicha mo‘ljallangan “Geografiya o‘qitish metodikasi” o‘quv moduli bir necha 
modullar to‘plamidan iborat bo‘lib, mavjud modullar o‘zi tomonidan qamrab 
olingan o‘quv materiali, mavzusi negiziga kiradigan o‘quv axborotlarining hajmi, 
ko‘lamiga ko‘ra kichik, o‘rta va katta modul tarzda aks etadi. Odatda, o‘quv 
moduli tarkibiga kiruvchi modullar bir-biri bilan o‘zaro mutanosib bo‘lmaydi. 
Ya’ni bir o‘quv moduli tarkibida bir necha kichik, o‘rta va katta modullar mavjud 
bo‘ladi. 
B.P.Farberman tomonidan quydagicha:
 
“Modul ta’limi – o‘quv jarayonini 
tashkil etishning muayyan shakli bo‘lib, unga ko‘ra o‘quv materiali mantiqiy 
tugallangan birliklari – modullarga asoslangan holda ma’lum bosqich va qadamlar 
asosida o‘zlashtiriladi”, deb ta’kidlangan.
Ta’limning modul tizimi haqida birinchi marta Tokio shahrida 1972-yilda 
tashkil etilgan YUNESKOning Butunjahon Konferensiyasida so‘z yurtilgan. 


201 
Uzbekistonda N.X.Avliyakulovning “Modulli o‘qitish texnologiyalari”, 
N.A.Muslimovning “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” va boshqalar tomonidan 
modulli ta’limning ilmiy va metodik jihatdan ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi kunda 
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Modul ta’limi tarkibiy bo‘laklarining o‘zaro 
joylashishi hamda texnologik jarayonni amalga oshirish ketma-ketligining 
avvaldan belgilangan tartib-qoidalari algoritm deb yuritiladi. 
Ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalarida har bir o‘quv moduli (fani)dan o‘quv 
materiallarini modullarga ajratish ular bo‘yicha yaratilgan. Davlat ta’lim 
standartlari (DTS)ning tarkibiy bo‘laklariga mos keladigan bloklarga muvofiq 
amalga oshirilmoqda. 
Modul ta’limi zamonaviy ta’limning istiqbolli turi sanaladi. U o‘quv 
materialini kodlashtirishga asoslanadi. O‘quv materialini kodlashtirishda matnga 
asoslangan ma’lumotlar imkon qadar muayyan shaklga kiritiladi. Ya’ni o‘quv 
axborotlarining mohiyati sur’at, grafika, tasvir, jadval, diagramma, sxema, model, 
turli ramzlar, shartli geografik belgilar yordamida kodlashtiriladi. Kodlashtirish 
o‘z-o‘zidan o‘quv materialining hajm jihatidan zichlanishini ta’minlaydi. 
Binobarin, u inson bosh miyasining fiziologik imkoniyatlariga tayanilgan 
holda asoslangan. Ya’ni modul ta’limi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli 
tuzilishi nuqtayi nazardan asoslangan. 
Inson bosh miya to‘qimasi, qariyb 15 mlrd. neyron (asab hujayralari)dan, 
boshqacha aytganda, shartli modullardan iborat. Ko‘p sonli asab hujayralari bir-
birlari bilan o‘zaro to‘qnashadi. Odatda, birgina hujayra, uning o‘simtasi bilan 6 
ming marta o‘zaro to‘qnashadi. Demak, bosh miya hujayralari to‘qimasidagi 
to‘qnashuvlar soni 15000000000x6000 miqdorni tashkil etadi. O‘quv moduli esa 
ta’lim jarayonining alohida bitta hujayrasi sifatida e’tirof etiladi. Unga ko‘ra har 
bir hujayra muayyan vaqtda o‘ziga xos yaxlitlikni, tizimni tashkil etuvchi alohida 
elementlardan iborat umumiy o‘quv axborotini tashkil etadi. Fiziologik 
imkoniyatlariga ko‘ra inson miyasidagi hujayralar to‘qimalarining modulli 
tuzilmasi axborotlarni kvant (ayrim bo‘laklar, qismlar) tarzida samarali qabul 
qiladi. 
Geografiyani o‘qitishda modul ta’limining samaradorligi hozirgi kunda 
quyidagi omillarga bog‘liq: 
-
oliy o‘quv yurtining moddiy-texnik imkoniyati; 
-
professor-o‘qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi; 
-
talabalarning tayyorgarlik darajasi; 
-
didaktik materiallarning mavjudligi; 
-
o‘quv natijalarining holis baholanishi; 
-
ta’lim natijalarining tizimli, izchil tahlili; 
-
ta’lim natijalarining tahlili asosida modullarni maqbullashtirilishi. 


202 
Modulli o‘qitishda, asosan, modullar buyicha tuzilgan o‘quv dasturlari 
asosida o‘qitish nazarda tutiladi. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: 
to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Dastur materiallari bir vaqtning o‘zida 
barcha ehtimol qurilagan kodlarda: geografiyaga doir rasm, test, belgilar va so‘z 
bilan berilishi modul ta’limi tamoyillariga muvofiq o‘quv axborotini 
“zichlashtirish”; 
O‘quv rejaga ko`ra ta’lim jarayonini tashkil etishda mashg‘ulotlarni haftalik 
modulli rejalashtirish va talabalar bilimini kredit modul tizimi asosida baholash 
samarali hisoblanadi. Unga ko‘ra bitta o‘quv moduli (2-3 ta ma’ruza, tegishli, 
amaliy mashg‘ulotlari) bir haftaga rejalashtirilib, talabalar bilimini testlar, sinov 
topshiriqlari yordamida baholash bilan tugallanishi zarur. 
Geografiya ta’limi metodikasida modul tizimi quyidagi tamoyillarga 
asoslanadi: 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin