Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149


 
 
 
 
 


190 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-rasm.Pedagogik texnologiyalarni tizimlashtirish
Demak, pedagogik texnologiyalar an’anaviy ta’limdan tubdan farq qilgan 
holda tuziladi. U o‘zaro yopiq siklni va o‘zaro izchil bog‘liklikni taqozo etadi. 
Aniqlashtirilgan maqsadlar pedagogga nazorat ishini belgilashda, baholashda 
va usullarni aniqlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Barcha etaplar bir maqsadga 
bo‘ysunadi va yuqori natijani kafolatlaydi. 
AQShda va Angliyada o‘qituvchi va talabalar uchun alohida aniqlashtirilgan
maqsad rejalari tuzish qabul qilingan. O‘qituvchilar uchun tushuntirish, 
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, o‘rgatish kabilar nazarda tutilsa, talabalar 
uchun talaba dars oxiriga borib nimani bilishi, ishlay olishi, qo‘llay olish 
kerak degan yo‘nalishda tuzilgan. Darsdan oldin bilmagan va dars davomida 
o‘rganib, uni qo‘llay oladigan vazifalar belgilangan. Talabalar ushbu mavzuni 
o‘rganishda ulardan nimalarni bilish va bajara olish talab etilayotganini dars 
boshlanishdan oldin aniq biladilar va dars davomida ana shu momentlarga o‘z 
diqqatlarini ko‘proq qaratadilar. Har bir qo‘yilgan maqsadni erishganlik
darajasini me’yorlarni ishlab chiqish shart. Har bir qo‘yilgan maqsad alohida o‘z 
mazmaniga xos ravishda tekshiriladi va natijalar tahlil qilinib xulosalar chiqariladi. 
Buning uchun eng avval aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqish zarur. 
Umumiy maqsadlarni esa tekshirish qiyin va bunda har bir o‘qituvchi o‘z 
tushunchasidan kelib chiqqan holda tekshirish ishlarini tashkil etadi. Umumiy 
maqsad o‘qituvchi nimaga erishmoqchi ekanligini aniq ko‘rsata olmaydi, 
o‘quvchida esa umumiy tushunchalar hosil qilishgagina xizmat qiladi. 
Aniqlashtirilgan maqsadli loyihada o‘qituvchi aniq tushunlardan
foydalanishi lozim. Buning uchun aniq va mavhum tushunchalarni ajrata
olishi kerak. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin