Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149


Psixik rivojlanish omillari va texnologiyalari 


186 
Har qanday texnologiya insonning psixik rivojlanishi birinchi sabablari, 
manbalari haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi. Rivojlanishning asosiy yetakchi 
omiliga qarab quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 

Biogen texnologiyalar, psixika rivojlanishi nasliy (genetik kod bilan) bo‘ladi 
deb hisoblaydi: tashqi muhit faqatgina nasliy imkoniyatlarni amalga oshiradi. 

Sotsiogenli, shaxsni insonning ijtimoiy tajribasi, o‘qitish natijalari yozib 
olinadigan ko‘zgu sifatida tasavvur etadi. 

Psixogen, rivojlanish natijalarini asosan insonning o‘zi, uning ilgarigi tajribasi, 
o‘zini takomillashtirish psixologik jarayonlari bilan belgilaydi. 

Idealistik, shaxsning va uning sifatlarini nomoddiy kelib chiqishini ko‘zda 
tutadi.
Ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish ilmiy konsepsiyasi 
Zamonaviy psixologik fanda insonning bilimlarni o‘zlashtirishi va shunga 
binoan uning idrok etish harakatlari tartibini o‘ziga tushunishni ko‘zda tutadigan 
bir qator nazariyalar mavjud. 
O‘qitishning assotsiativ-reflektorli konsepsiyasi bosh miyaning shartli refleksiv 
faoliyati tasavvurlariga asoslanadi, persepsiya va assotsiatsiyalar o‘rtasidagi 
munosabatlarni ochib beradi. Ma’nosi shundaki, inson miyasi sezgi organlari 
signallarini yodga olibgina va voqealar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni (assotsiatsiyalar) 
aniqlab olish va qayta tiklash qobiliyatiga ham egadir. 
O‘qish davomida assotsiatsiyalar muntazam o‘zgarib boradi, qayta tashkil 
bo‘ladi va ma’lum mantiqiy ketma-ketlikka ega bo‘ladi, ular quyidagi bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi: 

O‘quv materialini o‘zlashtirish. 

Uni tushunib olish, ichki bog‘liqliklari va qarama-qarshiliklarini tushunishga 
yetkazib borish. 

Eslab qolish va xotirada saqlab qolish. 

o‘zlashtirganlarini amaliy faoliyatida qo‘llash. 
Quyidagi shartlarga amal qilgan holda o‘qishda yuqori natijalarga erishish 
mumkin: 
A.
O‘quvchi tomonidan o‘qishga faol munosabatlarni shakllantirganda. 
B.
O‘quv materiallarini ma’lum ketma-ketlikda berilganida. 
C.
Aqliy va amaliy faoliyat uslublarini mashqlarda namoyish etish va 
mustahkamlash. 
D.
Bilimlarini amalda qo‘llash. 
Bu konsepsiyaning muhim vakillari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, S.L.Rubin-
shteyn, Yu.A.Samarin va boshqalar hisoblanadilar. 
Assotsiativ-reflektorli konsepsiyasi doirasida tushunchalar shakllantirish 
nazariyasi ishlab chiqildi, uning mazmuni o‘qitish jarayoni olayotgan bilimlarini 
umumlashtirish va ma’lum tushunchalar tashkil etish sifatida tushuniladi. 
Tushunchalarni yuzaga keltirishga bolalarni aqliy harakatlar usullariga o‘rgatish 
yo‘li bilan erishiladi – taqqoslash, umumlashtirish, abstraktlashtirish. O‘rgatish 
faoliyati nazariyasi asoslari A.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, 
P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin va boshqalar asarlaridan boshlangan. 


187 
Faoliyat nazariyasi alohida yo‘nalishlarining ishlab chiquvchilari o‘quv 
faoliyatining turli tarkibiy qismlariga e’tiborini qaratganlar. V.V.Davidov, D.B. 
Elkoninalarning mazmunli umumlashtirish nazariyalari. Uning asosida nazariy-
deduktiv turi bo‘yicha qurilgan nazariy bilimlarning yetakchi roli haqidagi 
konsepsiya yotadi. O‘quvchilarda nazariy fikrlashni yuzaga keltirish shaxsiy 
fikrlashni yuzaga keltirish shaxsiy faoliyatida ilmiy idrok etish mantiqini qayta 
takrorlash, abstraktdan aniqqa yuksalish yo‘li bilan erishiladi. 
Yangi tushunchani kiritish (mazmunli umumlashtirish) o‘qitish jarayonida 
to‘rtta bosqichdan o‘tadi: 

o‘qituvchi taklif etayotgan vaziyat yoki muammo bilan tanishish, uning 
tushunib olish; 

muammoni hal etishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi eng muhim munosabatlarni 
aniqlovchi materiallarni qayta o‘zlashtirish namunasini egallash; 

aniqlangan munosabatlarni sxematik yoki belgili shaklda qayd etish. 

dastlabki masala yoki muammoni hal etish sharti va usulini keltirib chiqarishi 
mumkin bo‘lgan xislatlarini aniqlash. 
L.S.Vigotskiy, P.Ya.Galperin, N.F.Talizinalarning aqliy harakatlarni 
bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi. 
Uning ma’nosi insonning ichki va tashqi faoliyati birligi, umumiyligidan iborat. 
Bu g‘oyaga binoan aqliy rivojlanish bilimlarni, ko‘nikma, mahoratlarni 
o‘zlashtirish sifatida interiorizatsiya yo‘li bilan sodir bo‘ladi, ya’ni “moddiy” 
(tashqi) faoliyatining bosqichma-bosqich ichki aqliy ko‘rinishga o‘tishi. 
O‘qitishning ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan kelib chiqadi: 
1.
Harakat bilan dastlabki tanishish, OOD yaratish, ya’ni o‘quvchi hayolida 
harakatlar taxminiy asosini (OOD) qurish. OOD - o‘rganilayotgan harakatni matn 
yoki grafik usulda tuzilgan modeli, uni to‘g‘ri bajarish shartlari sistemasidir, 
OODning bir necha turlari mavjud: to‘la, to‘la bo‘lmagan, invariantli. 
2.
Moddiy harakatlar. O‘quvchilar o‘z harakatlarini o‘quv topshirig‘iga 
binoan tashqi moddiy shaklda, o‘z harakatlarini OOd (instruksiya) bilan solishtirib 
bajaradilar. 
3.
Tashqi nutq bosqichi. Bir necha bir-biriga o‘xshash harakatlarni 
bajargandan so‘ng instruksiyaga murojaat etish zaruriyati qolmaydi. O‘quvchilar 
ushbu vaziyatda o‘zlashtirayotgan harakatlarini, o‘sha operatsiyani ovoz chiqarib 
aytadilar. Ularning ongida o‘quv ma’lumotlarini umumlashtirish, qisqartirish sodir 
bo‘ladi, harakatlar esa avtomatlasha boshlaydi. 
4.
Ichki nutq bosqichi. O‘quvchilar bajarayotgan harakatlarini ovoz chiqar-
may ichlarida gapiradilar, shu bilan birga eng murakkab, harakatlarning muhim 
elementlarini gapira oladilar, bu uni yanada aqliy umumlashtirish, qisqartirishga 
imkon beradi. 
5.
Avtomatlashtirilgan harakatlar bosqichi. O‘quvchilar o‘rganayotgan hara-
katlarini avtomatik bajaradilar, hatto o‘zlarini hayolan tekshirib ko‘rmasdan. Bu 
harakatlar interiozatsiya qilingani, ichki ko‘rinishga o‘tgani va tashqi tayanchga 
zarurat yo‘qolganligini bildiradi. 


188 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin