Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149


«Pedagogik texnologiya – 
psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, 
shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus 
to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini 
ham tashkil etadi» (B.Lixachev). 
«
Pedagogik texnologiya – 
o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy 
texnikasi» (V.P.Bespalko). 
«Pedagogik texnologiya – 
rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish 
jarayoni tavsifi
» 
(I.P.Volkov). 
«
Texnologiya – 
ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, malakasi 
va metodlar yig‘indisi» (V.M.Shepel). 
«Pedagogik texnologiya – 
talaba va o‘qituvchining ularga zarur sharoit 
yaratish orqali o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o‘tkazish 
bo‘yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir». 
(V.M.Manaxov). 
«Pedagogik texnologiya – 
bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini 
ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va 
inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq 
etish va belgilashning izchil metodidir» (YuNESKO). 


180 
«Pedagogik 
texnologiya 
– 
pedagogik 
maqsadlarga 
erishishda 
foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda 
bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi
» (
M.V.Klarin
). 
«Pedagogik texnologiya – 
o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha 
ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi
»
(G.K.Selevko). Bu ta’riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo‘lga 
kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalashtirish va 
tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin. 
Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning 
bilim darajasiga ko‘ra o‘quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va 
pedagogik tizimning amalda bo‘lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi 
tushuniladi. Ta’lim texnologiyalari muammolari, mualliflik maktablari va 
o‘qituvchi-novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va 
sistemalashtirishni talab etadi. Sistemani tashkil etuvchi poydevor asosi sifatida 
pedagogika uchun yangi bo‘lgan tushunchadan foydalanish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi – pedagogik jarayonlarni tahlil qilish va loyihalashtirishga yangicha 
“texnologik” yondoshish va “texnologiya”. Pedagogik texnologiya tushunchasi 
pedagogik leksikaga mustahkam kirib keldi. Ammo uni tushunish va ishlatishda 
turlicha o‘qishlarning katta farqi bor. Bugungi kunga kelib pedagogik texnologiya 
tushunchasini 300 dan ortiq ifodalanishi mavjud. 
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi 
mumkin: 
1)
ilmiy pedagogik texnologiya – o‘qitishning maqsadi, mazmuni va 
metodlarini o‘rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni
loyihalashtiruvchi pedagogik fanning bir qismidir. 
2)
protsessual-ta’rifiy: jarayonni tasvirlash o‘qitishning ko‘zda tutilgan 
natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to‘plami. 
3)
protsessual-amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shax-
siy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga solinishi. 
Shunday qilib, pedagogik texnologiya o‘qitishning eng samarali yo‘llarini izlovchi 
fan sifatida ham, o‘qitishda qo‘laniladigan usullar, prinsiplar va boshqaruvlar 
sistemasi sifatida ham, o‘qitishning haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin