Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


O‘yin qatnashchisiga esdalik va mezon



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149


O‘yin qatnashchisiga esdalik va mezon: 
-o‘yinni tayyorlash va o‘tkazish vaqtida faol bo‘lishga harakat qiling; 
-o‘z rolingiz uchun qiziqarli material kiritishga harakat qiling; 
-maslahatlar berilganda o‘z harakatlaringizni boshqa o‘yinchilar harakatlari 
bilan qanday moslashni aniqlab oling; 
-ko‘rgazmali qurollar: ilustrasiyalar, xaritalar, chizmalar, tayyorlashga 
harakat qiling; 
-o‘yin davomida olib boruvchi va o‘yin qatnashchilarini diqqat bilan 
kuzating; 
-diqqat-e’tiborli bo‘ling, do‘stingizning gapini bo‘lmang; 
-uy vazifangizni aniq bajarishga harakat qiling. O‘z chiqishingizni cho‘zib 
yubormang; 
Javoblarni baholash me’yorlari. 
Quyidagi hollarda yuqori baho qo‘yiladi: 
-o‘yin qatnashchisi sifatida faol qatnashadi; 
-barcha berilgan vazifalarga to‘liq va aniq javob bersa; 
-darsda do‘stlariga yordam ko‘rsatsa; 
-geografik atama va tushunchalarni to‘g‘ri ishlatsa; 


178 
-geografik obyektlarni to‘g‘ri aytib, to‘g‘ri ko‘rsatsa, javoblarda chiroyli
ibora ishlatilsa; 
-qiyin hollarda mustaqil javob topsa, qarorga kela olsa; 
-o‘zining va do‘stlari natijalari, ijodini obyektiv baholasa; 
-javoblarida faqat geografik darslikdan ma’lumotlar beribgina qolmay, 
qo‘shimcha manbalardan: maxsus geografik adabiyotlar, gazetalardan, televidenie 
va radioxabarlaridan misol keltirilsa; 
-o‘yin qoidalariga binoan javob natijalarini to‘g‘ri va aniq ifodalasa.
 
Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning turlari
.Pedagogikaga oid 
adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texnologiya 
tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmdan mustahkam o‘rin egalladi, lekin 
uni 
pedagogikaning 
mukammal 
lug‘atlari 
(tezaurus)dagi 
o‘rni 
hali 
noma’lumligicha qolmoqda. 
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida 
turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb yoki 
o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb 
talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. 
V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan 
muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim 
texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy 
diqqat o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa 
va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko 
o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi, afsuski, pedagogik texnologiya 
va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q. 
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo‘lsa 
ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda.Tadqiqotchilarning ishlarida fan 
va amaliyot oralig‘idan o‘rin egallamoqda. 
N.F.Talzinahar bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin 
o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo‘lishi 
shart deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, 
metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalar bilan 
shug‘ullanuvchi – alohida fan bo‘lishi kerak deb hisoblaydi, ularsiz pedagogik 
jarayon asoslanmay qoladi (texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida). 
Ayrim mualliflar o‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi 
fan
deb 
qaraydilar, boshqalari uni 
loyihalash
bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir 
yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘kitishning barcha vositalarini qamrab olgan 
qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini 
texniklashtirishni taqozo qiladi. 
Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki 
zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga 
imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini 
tatbiq etish sifatida qaraladi. 


179 
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada 
ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J.Koroll, 
P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov 
texnologiyalari mashhur. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari 
V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, 
T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va 
didaktikachilarga taalluqlidir. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
aksariyat o‘qitish texnologiyalari bo‘sh texnologiyalanganligi bo‘yicha qolib 
ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, amaliy 
tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. 
T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni o‘qitishda topshiriqli 
yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish 
yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V.Zankov, T.Ya.Galperin, 
V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr 
yuritiladi. 
1. Pedagogik texnologiyada hali ko‘p aniqlanmagan masalalar bor. bu 
muammoni tadqiq etish o‘qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik 
mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq. 
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik 
natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga 
aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida 
belgilanadi. 
Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar
tomonidan berilgan ta’riflarga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin