Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149


 
 
Pedagogik texnologiyalar darajalari 
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uchta tartib bilan 
bir-biriga bog‘liq darajalarda ishlatiladi. 
1. Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidak-
tik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta’limning ma’lum bosqichida ushbu region, 
o‘quv yurtida yaxlit ta’lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda pedagogik texnologiya 
pedagogik tizimga o‘xshashdir: unga o‘qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va 
metodlari to‘plami, faoliyat ob’ekti va sub’ekti algoritmi kiradi. 
2. Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya 
“xususiy metodik” ko‘rinishida qo‘llaniladi, ya’ni bir fan, sinf, o‘qituvchi doirasida 


181 
o‘qitish va tarbiyalash ma’lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va 
vositalar to‘plami sifatida ishlatiladi. 
3. Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o‘quv-tarbiyaviy jarayonning 
alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish 
texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish
alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash 
va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar). 
Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko‘rsatdilar: usullar, 
qismlar, elementlar va boshqalar. 
Texnologik mantiqiy tizimga tizilar ekan ular yaxlit pedagogik texnologiyani 
tashkil etadilar (texnologik jarayonni). 
Pedagogik texnologiyaning tuzilishi. 
Pedagogik texnologiya haqidagi 
tushunchalardan texnologiya o‘quv jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, 
uning tuzilishi, vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog‘liqdir. Shuning 
uchun pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi: 
1. Konseptual asosi. 
2. O‘qitishning mazmunli qismi: 

o‘qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq; 

o‘quv materiali mazmuni. 
3. Protsessual qismi – texnologik jarayon: 

o‘quv jarayonini tashkil etish; 

o‘quvchilar o‘quv faoliyati metodlari va shakllari

materiallarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarish bo‘yicha o‘qituvchining 
faoliyati; 

o‘quv jarayoni diagnostikasi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin