Texnologiya fanini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari haqida jdpi texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi O. O. Karimov



Yüklə 55,5 Kb.
tarix23.08.2022
ölçüsü55,5 Kb.
#63233
Fakultet jurnaliga maqola


Texnologiya fanini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari haqida
JDPI Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi O.O.Karimov
Do’stlik tumani 10-maktab texnologiya fani o’qituvchisi S.M.Mahmudov
Annotatsiya
Ushbu maqolada texnologiya fanini o’qitishning mazmuni va mohiyati haqidagi ayrim malumotlar to’g’risida firklar bayon qilingan.
Tayanch so’zlar: texnologiya, mehnat, mehnat tarbiyasi, aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya, inson kapitali
Аннотация
Эта статья дает некоторое представление о содержании и важности технологического образования.
Ключевые слова: технологии, труд, трудовое воспитание, умственное воспитание, физическое воспитание, человеческий капитал.
Abstracts
This article provides some insights into the content and importance of technology education.
Keywords: technology, labor, labor education, mental education, physical education, human capital


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Maqsad - ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixtisosliklar boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro reytinglarda mamlakatimiz fani nufuzini koʻtarish, asosiy maqsadimiz – mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirishdir”, degan soʻzlari inson resurslarini rivojlantirish sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir amaliy ifodasidir.
Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi hisoblanadi. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi”ga erishishda “Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish”ga alohida etibor qaratilmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitda mamlakatimizda raqobatbordoshli kadrlarga extiyoj ortmoqda. Bu extiyojlarni qondirishda inson kapitalini yaratish juda muhimdir. Inson kapitali o’zi nima?Inson kapitali - bu insonning iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan ishni bajarish qobiliyatiga yordam beradigan bilim, ko'nikma, tajriba va ijtimoiy fazilatlar yig'indisi.  Inson kapitali shunchaki tashkilotda ishlaydigan odamlarning jismoniy mehnatidan iboratdir”. [1] Bu odamlar tashkilotga olib keladigan nomoddiy fazilatlarning barchasi uning muvaffaqiyat qozonishiga yordam berishi mumkin. Ulardan bir nechtasiga ta'lim, mahorat, tajriba, ijodkorlik, shaxsiyat, sog'liq va axloqiy xususiyat kiradi. Bunday xususiyatlarning shakllanishida texnologik ta’limning o’rni beqiyosdir.
Texnologiya fanini o’qitishda yosh-avlodga ta’lim berish bilan birga mehnat tarbiyasi ham berib boriladi. Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, texnologik ta’limining ham alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari (texnologiyasi) haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan bolada kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limi fani o‘qituvchilarining asosiy vazifasiga kiradi. Xususan, mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining asosiy maqsadidir. “Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi”. [2] Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan. Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasiga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin. Ta’lim muassasalarda texnologik ta’limni o’qitishga zamon talablari darjasida etibor berish orqali mamalakatimizda ishlab chiqarish sohalariga yetuk, kerakli kadrlar yetkazib berishga zamin yaratadi. Inson kapitali uchun poydevor vazifasini bajaradi desak adashmagan bo’lamiz. G.Bekerning so‘zlariga ko‘ra, «Inson kapitali - bu har bir insonda mavjud bo‘lgan bilim, ko‘nikma va motivatsiya zahirasi. U ta’limga, ishlab chiqarishga o‘qitishga, sog‘liqni saqlashga, migratsiyaga, narxlar va daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashga sarflash shaklida inson investitsiyalari (uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar) orqali shakllanadi» [3]
Xulosa qilib aytganda, hozirda “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili doirasida olib borilayotgan barcha islohotlar inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan. Bu esa nafaqat bizning mamlakatda balki jahonda ham so‘nggi ikki, uch yilda umummilliy boylikning ajralmas qismi hisoblangan inson kapitali rivojiga e’tibor kuchaydi. Natijada inson kapitali tushunchasi ancha keng ma’noda, ya’ni iqtisodiyot, jamiyat va uning boshlang‘ich yacheykasi oilani intensiv rivojlantiruvchi, mehnat resurslarining bilimli qismi, hayoti va mehnat faoliyati davomida intellektual boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan asosiy kuchga aylandi. Shu sababli ham bugungi kunda zamonaviy dunyo taraqqiyotining dinamikasi asosan insonning innovatsion, ijodiy faoliyati, fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi bilan belgilanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. https://uz.kyaaml.org/human-capital-definition-examples-4582638-16891

  2. N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, O.A.Qo‘ysinov Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, Kasb tanlashga yo‘llash. Darslik T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014 yil, 449 bet.

  3. Беккер Г.С. Человеческое поведение: экономический подход: избранные труды по экономической теории. – М.: ГУ-ВШЭ, 2003

Yüklə 55,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin