Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149


 
 


173 
VIII-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALAR 
 
8.1
 
Geografiya darsiga qo‘yiladigan didaktik talablar
1. Darsning ta’limiy-tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash. 
2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish. 
3. Dars mavzusining mohiyatini o‘quvchilarning o‘zi mustaqil fikrlab, 
o‘zlashtirishiga erishish. 
4. Darsga barcha o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash. 
5. O‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, 
hayot bilan chambarchas bog‘lashga erishish. 
6. Mavzu mazmuniga mos ta’lim metodlarini tanlash. Bu metodlar asosan, 
qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo‘lishi zarur. 
7. Mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarini tanlash va ulardan ko`proq 
o‘quvchilarning foydalanishiga (o‘rgatib borish) erishish. 
8. O‘quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o‘rgatib 
borish. 
9. O‘quvchilarning dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, 
o‘z tarixi, tili, urf – odatlari hamda boy madanyatimiz bilan faxrlanishga o‘rgatish. 
10. Dars mavzusini boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘liqligini ta’minlash. 
O‘quvchilarda yaxlit ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
11. Dars mavzusini o‘lkashunoslik tamoyiliga asoslanib o‘rganish. 
12. O‘quvchilarda dars mavzusiga mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, 
ekologik madaniyatni shakllantirish. 
13. Darsda Davlat ta’lim standartlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalariga qo‘yilgan talablarni to‘liq bajarilishiga erishish. 
14. O‘quvchilar o‘zlashtirilgan bilim sifatini xolisona baholanishiga 
erishish. 
 
 
Noananaviy darslar, ularning an’anaviy darslardan farqli jihatlari 
ularni tashkil etish tartibi 
 
Yuqorida zamonaviy darsni tashkil etish bilan bog‘liq talablar mazmunidan 
shunday xulosa qilish mumkinki, maktab amalyotida mustahkam o‘rnashib qolgan 
an’anaviy darslarda ushbu talablarni bajarish imkonyati yo‘q. 
Demak, o‘quvchilarga bilim berishni maqsad qilib qo‘ygan an’anaviy 
darslarni mazmunan hamda shaklan o‘zgartirish zarurati paydo bo‘ladi. 
Noan’anaviy darslarning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning mustaqil bilim olish 
mexanizmiga asoslanganligidadir. Noan’anaviy darslarni an’anaviy darslardan 
farqli jihatlari quyidagilar deb hisoblaymiz. 

noan’anaviy darsda tanlangan dars mavzusi bo‘yicha o‘quvchi o‘z nuqtai 
nazarini bayon etadi, garchi xato bo‘lsa xam o‘quvchining fikri oxirigacha 
eshitiladi. 


174 

noan’anaviy darsda an’anaviy darsdagidek tashkiliy, o‘tgan mavzuni 
so‘rash, yangi mavzu bayoni va darsni mustahkamlash singari bosqichlari 
bo‘lmaydi. Har bir darsning o‘ziga xos loyihasi bo‘ladi. 

noan’anaviy darsda aniq bir ta’limiy metod yoki usul hukumronlik 
qilmaydi. Darsning borishi jarayonida ta’limiy metodlar va usullar almashinib 
boradi. 

noan’anaviy darslarda o‘quvchi shaxsi birinchi o‘rinda turadi. Shuning 
uchun o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash bunday darslarning tashkiliy asosi 
bo‘ladi. 

mustaqil ishlar turi xilma-xil, topishmoq, ashula, badiiy drama 
ko‘rinishlari noananaviy darslarning mazmunini tashkil etadi. 

noan’anaviy darslarda birgina darslik emas, qo‘shimcha badiiy, ilmiy, 
atlas, matbuot va boshqa materiallardan foydalaniladi. 

noan’anaviy darslik o‘quvchilarning dars mavzusini o‘zlashtirib olish 
imkoniyatini kengaytiradi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin