Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149


E.Torndayk, D.Uotson, B.Skinner va boshqalarning o‘rganish bixevioristik 
nazariyasi 
O‘zlashtirishning umumiy formulasi “sabab – javob qaytarish (ta’sir) - 
mustahkamlanish” - ko‘rinishida bo‘ladi. Sabab – bu harakatlarga sabab bo‘luvchi 
uyg‘otuvchi, qo‘zg‘altiruvchi sabab yoki vaziyat. Reaksiya – u yoki bu muammoni 
hal etishga qaratilgan tashqi ta’sirlarga (impulslarga) mos ravishda harakatlar. 
Mustahkamlash - harakatlarni to‘g‘ri bajarayotganligi haqida xabar (moddiy 
yoki ma’naviy rag‘batlantirish). Bixevioristlar faqatgina tashqi, rag‘batlashtirishga 
mos javoblarni mexaniq mustahkamlash bilan yuzaga keltiriladigan xulqi 
harakatlarini tahlil qiladilar. O‘rgatuvchi mashqlar ko‘p marta, turli ko‘rinishda 
takrorlanadigan va ularni eslab qolishni ta’minlaydigan kichik, mayda qismdagi 
ma’lumotlardan tashkil topadi. 
M.Vertxeymer, 
G.Myuller, 
V.Keler, 
K.Koffklar 
va 
boshqalarning 
o‘zlashtirish geshtalt nazariyasi. Idrok etish obyektlarini yaxlit tashkil etishga 
asoslanadi. Ana shundan o‘quv faoliyati davomida bir daqiqada gavdalantirish 
sifatida o‘zlashtirish nazariyasi quriladi. Mashqlarda mazmun ma’nosida ancha 
ma’lumotlardan foydalaniladi, bunga parchaning o‘zining tuzilishi va uning 
ma’nosini tasvirlashga mo‘ljallangan. 
O‘qitishning suggestopedik konsepsiyasi. Yuksak eslab qolishga olib 
keluvchi, jonlantirish holatida emotsional ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. U verbal 
va noverbal, suggetitsiya (ta’sir ko‘rsatish) tashqi va ichki vositalaridan kompleks
foydalanishni ko‘zda tutadi. Konsepsiyani amalga oshirish o‘qitishning alohida 
psixologik-pedagogik sharoitlarini ko‘zda tutadi. 
O‘qituvchi uchun bu quyidagilarni bildiradi: 

Yuksak obro‘ni: mashhurlik, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, yuksak sifatlari 
va boshqalar. 

Infantilizatsiya 
ishonchlilik vaziyati, bunda o‘quvchi o‘zini 
o‘qituvchining o‘rniga qo‘yayotgandek bo‘ladi. 

Yangi materialni berishda ikki ko‘rinishlik: mazmun, ma’no beruvchi har 
bir so‘z zarur bo‘lgan mos ohangda, imo-ishora, mimika bilan aytiladi. 
O‘quvchi uchun quyidagilar zarur: 

o‘qish masalalarini amalga oshirishga ishonchni yuzaga keltirish; 

intellektning ulkan imkoniyatlari fikrini uqtirish psixologik qulay 
sharoitlari hisobiga doimiy ijobiy emotsional qo‘llab turish, fanni o‘rganishda
muvaffaqiyatlarni namoyish qilish va boshqalar. 

fanni o‘rganishga “berilib ketish”, materialni o‘rganishga e’tiborni 
jamlash, har kuni faqatgina bitta fan, 2-3 oy davomida kuniga 4-6 soatdan va 
boshqalar.
V.N.Myasishev, D.N.Uznadze, G.K.Lozanov va boshqalar asarlarida 
suggestopediyaga asos solingan. 
Neyrolingvistik dasturlashtirish nazariyasi (NLP). O‘qitish jarayonini 
ma’lumotlarni insonning nerv sistemasi orqali harakati ko‘rinishida tasavvur 
qiladi. NLP modelida quyidagilar ko‘rsatiladi: 


189 
1.
Ma’lumotlarga kirish, uni saqlash, qayta ishlash va chiqish – u yoki bu 
shaklda qayta tiklash. 
2.
Ikki turdagi ma’lumotlar uzatish: sensorli (neyro) va verbal (lingvo), ana 
shundan “neyrolingvistik” degan nomi kelib chiqqan. 
3.
Axborotlar o‘tish kanallari vizual, audioal yoki kinestik (tegib ko‘rish) 
rivojlanishi bilan farq qiluvchi uch turdagi, bolalar uch modalligi. 
4.
Ikki turdagi bolalar, miyaning turli yarim sharli rivojlanishi bilan farq 
qiluvchi: chap yarim shari (mantiqiy, verbal fikrlash jarayonlari) va o‘ng 
yarim shari (bunda emotsional jarayonlari jamlangan). 
Har bir bola nerv sistemasining xususiyatlari individual tuzilishiga, ular 
foydalanayotgan vositalar va metodlar samaraliligi yoki samarasizligini belgilaydi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin