Pedagogik texnologiyalarning elementlari Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi. Ta’lim maqsadlari. Kutilayotgan
natijalar. Ta’lim mazmuni.
An’anaviy o‘quv jarayonida biz ko‘proq o‘qituvchining mahoratiga suyanib
samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma’lum
tajriba orttirgan bo‘lishi talab etiladi. Pedagog texnologiyaning asosi esa
loyihalashtirishdir. Ana shu aniq loyihalashtirilgan dastur pedagogga samarali
natijaga erishish imkonini tug‘diradi. Bunday loyihalash asosida ish olib
borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo‘lmasa-da yuqori
samaraga erisha oladi. Biz bilamizki, pedagogik texnologiya bu, avvalam bor,
aniqlikka ega bo‘lgan va qat’iy, ilmiy loyihalashtirilgan jarayondir. O‘quv
jarayonini tashkil etishdagi birinchi qadam bu o‘quv maqsadlarini aniqlash
hisoblanadi. Bugungi kunda biz darsning maqsadini qanday belgilaymiz? – degan
savol, albatta, hammani qiziqtiradi. Biz bugungi kunda darsning maqsadini
umumiy holda belgilaymiz va shuning uchun ham erishgan natijamizni baholashda
qiynalamiz. Bunday umumiy maqsadni belgilash pedagogik texnologiyani
qoniqtira olmaydi. Pedagogik texnologiyalar dars maqsadini belglashda ham
aniqlik bo‘lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash
ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham biz
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan
maqsadlarni
ishlab
chiqishdir,
degan
xulosaga
keldik.
Pedagogik
texnologiyalarning ishlanishida asosiy e’tibor oxirgi natijaga qaratilgan
bo‘ladi va quyidagi izchillikda ishlab chiqiladi:
1. Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish va ularni
guruhlarga ajratish.
2. O‘quv maqsadlarini nazorat ishi va test vazifalariga o‘tkazish.
3. Maqsadga erishish yo‘lini va usullarni tanlash.
4. Natijani baholash va o‘zlashtirish darajasini aniqlash( 1-rasm).