Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149


4.
 
Tizimli kvantlash tamoyili.
Mazkur tamoyil o‘quv axborotlarini 
jipslashtirish, hajmi katta mavzularni imkon qadar ixchamlashtirish (tayanch 
tushunchalarni aniqlash va ularning mohiyatini yoritish) asosida modul 
materiallarini tizimlashtirishga xizmat qiladi. Binobarin, yirik hajmdagi 
axborotlarni o‘zlashtirish, yodda olib qolishda qiyinchilik yuzaga kelsa, ixcham 
o‘quv ma’lumotlari samarali o‘zlashtiriladi; tayanch tushunchalar mohiyatining 
tushunchalarni sharhlash asosida yoritilishi esa mavzu haqida aniq tasavvurga ega 
bo‘lish va bu tasavvurni uzoq vaqt yodda saqlash imkoniyatini yaratadi
 
5.
 
Qiziqtirish (motivatsiya) tamoyili.
Bu tamoyil o‘quv materialining 
talabalarda fan asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni hosil qilish, ularning 
o‘quv-bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilishini bildiradi. Pedagog 
o‘zining mahorati, kasbiy tajribasi, o‘quv materialiga nisbatan ijodiy yondoshishi 
asosida o‘quv axborotlari, shuningdek, topshiriqlarning qiziqarli bo‘lishiga erisha 
olishi lozim. Shunga ko‘ra ta’lim jarayonida turli shakl, metod va usullari (diolog, 
mustaqil o‘qish, bahs-munozara, debat, musobaqa, mahorat darsi, muammoli 
ma’ruza, seminar, maslahat darsi, didaktik, rolli, ishbilarmonlik va imitatsion 
o‘yinlar kabilar)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘qitish jarayonida 
pedagogning turli interfaol texnologiyalardan samarali foydalana olishi esa 
maqsadga erishishni kafolatlaydi. Bu holat muayyan fan doirasidagi har bir o‘quv 
moduli hamda yaxlit holda fanlar asoslarini o‘zlashtirishga ham taalluqlidir. 
Qolaversa, modullilik o‘quv materialini muntazam ravishda yangilab turish 
imkoniyatini yaratadi.
 
6.
 
Muammolilik tamoyili.
Ushbu tamoyil o‘quv jarayonining muammoli 
vaziyatlarga asoslanishini anglatadi. Ta’lim jarayonida pedagog talabalarga tayyor 
bilimlarni bermay, balki ularni mavzuga doir muammoli vaziyatlarga ro‘para qilish 
orqali mustaqil fikrlash asosida o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishiga 
yo‘naltiradi. Muammolilik tamoyiliga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quv materialiga 
doir ilmiy faraz (gipoteza) ilgari suriladi, u asoslanadi va muammoning yechimi 
topiladi. Dastlab bu jarayon pedagog tomonidan tashkil etiladi, keyingi bosqichda 
esa pedagog – talabalar jamoasi ishtirokida, nihoyat talabalarning o‘zlari “ilmiy 
faraz – uni asoslash – yechimini topish” jarayonini mustaqil amalga oshirish 
malakalarini o‘zlashtiradi.
 


204 
Yetakchi xorijiy davlatlar ta’limi amaliyotida pedagoglar faqatgina 
muammo, masala mohiyatini o‘rganish metodlarini, ularni yechish yo‘llarini, 
amaliy tajribaning mohiyatini hamda natijani topish shartlaridan talabalarni ogoh 
etadi. Bu holat pedagogning tadqiqotchi sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi va 
uning namunasida talabalar amaliy tajribalarni samarali, to‘g‘ri tashkil etish, ijodiy 
fikrlash va faollik ko‘rsatish malakalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtiradi. Natijada 
mashg‘ulotlar (hatto nazariy mashg‘ulotlar) amaliy xarakter kasb etadi 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin