Mavzu: o ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masalalari



Yüklə 368,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü368,26 Kb.
#123262
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu o ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masal



MAVZU:
 
O ‘quvchilar bilimini baholashning umumiy pedagogik masalalari. 
 
REJA: 
1. O‘quvchilarni baholash shakllari 
2. O‘quvchilarni baholash turlari 
3. O‘quvchining o‘quv faoliyati monitoringini olib borish mezonlari 
4. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi baholashdagi 
nazorat 
turlarini 

1. O‘quvchilarni baholash shakllari 
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga 
erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni 
aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, 
bunda o‘quv materialining o‘zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim 
oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo‘ladi. Baholash natijasida, ta’lim 
beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmayotganligi, 
qaysi material yaxshi o‘zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli darajada 
o‘zlashtirilmaganligi yoki umuman o‘zlashtirilmaganligi ma’lum bo‘ladi. Bu 
ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo‘lib 
hisoblanadi. Ta’lim beruvchi o‘z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy 
baho beradi. O‘z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi. SHuningdek, baholash 
natijalari ta’lim beruvchining o‘quv dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchilarning 
bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishi va baholashi uchun ham 
juda muhimdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi 
birlari esa oson o‘zlashtirilishi aniq, ravshan bo‘ladi. Bu ta’lim oluvchining ijodiy 
tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg’ulotini o‘tkazishi uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchiga ham ta’lim jarayonida 
qaysi o‘quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon 
o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o‘z 
bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‘g’ri baholashga qodir emas. Ba’zan unga 
go‘yo u o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog’ida esa 
materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum bo‘lib qoladi. Baholash 
natijasida, ta’lim oluvchilarning o‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, 
esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo‘llay olish. tahlil qilish va o‘z 
bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi. Ta’lim oluvchi o‘z 
bilimlariga berilgan baho va tavsiflar asosida maktabdagi o‘qish va uydagi 
mustaqil vazifalarni bajarish uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va 


ko‘nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy 
ahamiyati shundaki, ta’lim oluvchilarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va 
muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish 
istagi tug’iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida o‘ziga nisbatan 
muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o‘ziga 
nisbatan munosabatini, tuyg’ularini, uning xarakteridagi irodalilik, sinfdoshlari 
bilan hamkorlik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga 
e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi.
Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va 
malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarning 
mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois, baholashni ta’lim olish jarayonining davomi 
deb ham aytish mumkin.
Ta’lim oluvchi o‘rtoqlarining, ota-onalarining unga, uning maktabdagi 
yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabatlariga hech qachon 
befarq bo‘lib qolmaydi. Uning bilimlariga berilgan baholar ushbu munosabatni 
belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma’qullash, tanbeh berish, yaxshi 
yoki yomon baho qo‘yish ta’lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning 
tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orasidagi mavqeini shakllantiradi. 
Bu ayniqsa, o‘smirlar orasida katta ahamiyatga ega.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash 
natijalarini umumlashtirish orqali maktab jamoasining ta’limtarbiya sohasidagi 
faoliyatiga, o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho beriladi va 
tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat tomonidan 
qo‘yilgan talablar qanchalik darajada bajarilayotganligi aniqlanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining 
kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar ham 
aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham 
baho beriladi. 
Ta’lim dasturining qism va bo‘laklari bo‘yicha muntazam baholab borish 
oxir-oqibat aniq va adolatli baholanish shakllanishga olib keladi. Kichik bo‘limlar 
bo‘yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq 
bo‘lishiga yordam beradi.
Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o‘z natijalari to‘g’risida xabardor qilib 
turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini o‘lchab borish bilim


ko‘nikma va malakalarni baholash o‘quvchining o‘zligini anglashi uchun bir 
imkoniyatdir.

Yüklə 368,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin