Maqsad: bolalar qordagi izlarni kimga tegishli ekanligini biladilar. Hayvon va qushlar haqidagi bilimlari oshadi. Vazifalar



Yüklə 95,16 Kb.
tarix27.06.2023
ölçüsü95,16 Kb.
#135390
сайр


ERTALABKI SAYR(namuna)
YaNVAR. OY MAVZUSI: «BOLALAR BOG‘ChASI»
2 xafta: « Vatan himoyachilari kuni»
Maktabga tayyorlov guruxi
( Sayrning davomiyligi 1soat )
Maqsad: bolalar qordagi izlarni kimga tegishli ekanligini biladilar. Hayvon va qushlar haqidagi bilimlari oshadi.
Vazifalar:



  • Xayvon va qushlarni izlarini topish malakalarini o‘stirish;

  • hayot xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rgatishda davom etish;

  • yod olingan she’rlarni aytish orqali xotirani mustaxkamlash;

  • qorda rasm chizish orqali mayda motorikani rivojlantirish;

1-qism . Kuzatish: ,, Qordagi izlarni kuzatish va kimga tegishli ekanligini aniqlash”.
Tarbiyachi: Bolajonlar qani qordan yuramiz va orqamizga qaraymiz. Nimalarni ko‘rayapsizlar?
Bolalar javobi:

Tarbiyachi: barakalla bolajonlar bizning oyoq kiyimimizdan qolgan izlarni ko‘rayapmiz. Bugun sizlar bilan birgalikda chegarada turgan harbiy akalarimiz singari izlar orqali maydonchamizga kim kirganligini aniqlaymiz. Biz xali maydonchadagi qorlarni bosganimiz yo‘q. Lekin bizgacha kimlardir maydonchamizda bo‘lgani aniq. Qani bolalar mana bu iz kimning iziga o‘xshaydi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: to‘g‘ri qushning iziga o‘xshaydi. Qushning izi ekanligini qaerdan bildinglar?



Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Xa barakalla xaqiqatdan izlar kichkina, uchta barmoq borligini ham bildinglarmi. Barakalla sizlar juda zukko izquvar bo‘ldingiz. Mana bu iz kimning iziga o‘xshaydi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: to‘g‘ri bu iz mushukning izi. Uning oyoqlari tukli bo‘lganligi uchun izlar ham yapaloq. Lekin uning izlarida tirnoqlarining ham izlari ko‘rinib turibdi. Nima uchun ular iz qoldirishadi. Kimning izi qorga chuqurroq kirgan va nima uchun?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: barakalla qushning izi chuqur kirmagan, chunki u yengil bo‘lgani uchun, mushukchaning izi chuqurroq kirgan, u og‘irroq bo‘lgani uchun. Bizning izlarimiz juda ham chuqur kirgan, chunki biz mushuk va qushlardan ancha og‘irmiz. Qor parchalari bizning og‘irligimizni ko‘tara olmaydi va ular ezilib jipislashadi. Shuning uchun iz qoladi. Kelinglar endi o‘zimizni izlarimizni topamiz.
Bolalarning amaliy jarayonlari:
Tarbiyachi: Endi bolajonlar qor ustida ko‘rgan izlaringizni chizib ko‘ring.
Bolalarning amaliy jarayonlari:
Tarbiyachi: Juda chiroyli izlar chizdingiz. Kelinglar menga sizga bir she’r o‘rgataman.

Bu yo‘lkadan kim yurdi


Mayda izlar qoldirdi.
Bilsak bu daydi qushcha
Ekan bizning musicha.
Tarbiyachi bilan bolalar she’rni takrorlaydilar.
Tarbiyachi: barakalla bolajonlar she’rni ham yodlab oldik. Endi bir mehnat qilaylik.
2-qism. Mehnat.
Tarbiyachi: bolalar bilasizlarmi daraxtlar uchun qishgi qorlar juda kerakli. Shuning uchun kelinglar maydonchadagi qorlarni daraxtlar tagiga tashlaymiz. Buning uchun sizlarga kurakchalar olib chiqqanman. Mana kurakchalarni olib qorlarni daraxtlarni tagiga tashlaymiz.
Bolalarning mehnat jarayoni.
Tarbiyachi: Mana bolajonlar, biz birgalikda barcha daraxtlarning taglariga qorlarni uydik. Sizlarga katta raxmat. Sizlar mehnatkash bolalarsiz. Daraxtlarimiz ildizlaridagi turli zararli qurt-qumrsqalar sovuqdan halok bo‘ladi. Daraxtlar o‘sishi uchun qor suvlari juda foydali, qor erishi orqali daraxtlarning ildizlariga singib boradi.
3-qism. Harakatli o‘yin.
Sizlar bilan harakatli o‘yin o‘ynashni boshlaymiz.Bugun biz sizlar bilan,”Nishonga ol” o‘yinini o‘ynaymiz.
O‘yinnig borishi: bolalar bu o‘yinni o‘ynash uchun qordan to‘pchalar tayyorlaymiz. Hamma bolalar o‘z to‘pchalarini xalqaga tushirishlari kerak. Marhamat o‘zingizni sinab ko‘ring. Kim xalqaga ko‘p to‘pchalarni tushirar ekan. Eng ko‘p xalqaga to‘pchalarni tushirgan bola o‘yinimizda g‘olib bo‘ladilar.
4qism. Ixtiyoriy o‘yinlar: ixtiyoriy o‘yinda bolalar tarbiyachi tomonida olib chiqilgan anjomlardan foydalanib o‘zlari hoxlagan o‘yinlarini tashkil etadilar, ya’ni bunda o‘zlari xoxlagan o‘yinlarini tanlashlari yoki biror o‘yin o‘ylab topib o‘ynashlari mumkin.
5-qism. Aloxida bolalar bilan asosiy harakat turlarini mustaxkamlash.
5-qism 4 qism bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyachi asosiy harakat turlarini bajara olmayotgan bolalar bilan yakka tartibda ish olib boradi.
Yakuniy qism:
Tarbiyachi: Bolalar bugungi sayrimiz sizlarga yoqdimi?
Bolalar javobi:
Mustaxkamlovchi savollar:
- Chegarachilar haqida nimalarni bilasiz?
- Bugun biz nimalarni kuzatdik?
- daraxtlarning tagiga nima uchun qor uyumlarini to‘pladik?
- nima uchun qushlarning izi qorga chuqur botmagan?
Adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha ta’li yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari
2.“Ilk qadam ”maktabgacha ta’lim muassasining Davlat o‘quv dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, 2018y.
3. “Shaxsgayo‘naltirilgan yondoshuv asosida ta’lim jarayonini rejalashtirish “.Metodik qo‘llanma. YuNISEF/ O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, 2020y.
Yüklə 95,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin