Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 Geografiya ta’limida interfaol usullar



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149


8.4. Geografiya ta’limida interfaol usullar 
 
Zamonaviy 
darsga 
qo‘yiladigan 
talab, 
asosan, 
jamiyatimizning 
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni” talablaridan kelib chiqib yangi 
pedagogik texnologiyalarni darsga tatbiq etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. 
Pedagogik texnologiyalarga muvofiq darsning maqsadi, davlat buyurtmasiga mos 
kelishi lozim, darsning maqsadi uning mazmunini belgilaydi. Dars mazmuni dastur 
bo‘yicha chuqur bilim berilishi o‘qituvchining dars mahoratiga bog‘liq. 
Beriladigan bilimlar asosida esa ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Davlat 
buyurtmasiga asosan davr talabi bo`yicha o‘quv reja, dastur, darslik, o‘quv 
qo‘llanmalari, o‘quv vositalari ham yangi pedagogik texnologiyalar asosida 
yangilab boriladi. Dars maqsadi, mazmuniga mos ravishda o‘qitish vositalari 
hamda dars usuli tanlanadi. 
1. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash zaruriyatidan kelib chiqib, ilmiy 
asoslangan tajriba - sinovdan o‘tgan, yangiliklar bilan boyitilgan zamonaviy 
ta’limga o‘tish lozim. Bunda sustkashlik va harakatsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Dastur va darslikdan ahamiyati kam bo‘lgan materiallar chiqarib boriladi. Hozirgi 


210 
fan - texnika yutuqlariga asoslanib, ilmiy - texnik axborotlardan keng foydalangan 
holda o‘quv dasturlarini muntazam yangilab borish taqozo etiladi. 
2. O‘quv jarayonini qulaylashtirish lozim. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining 
kam kuch sarflab maqsadga erishuvi, o‘qitish uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda 
tutiladi. 
3. O‘qitishda yangi vositalar, faol usullar,ta’limiy materiallar ta’limning 
ilmiyligini oshiradi va bu jarayon rivojlantirib, takomillashtirilib boriladi. Ilmiy 
tadqiqotlarning natijalari amaliyotga joriy etib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
4. O‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamjihatligi ta’minlangan bo‘lishi 
kerak. O‘qituvchi o‘quv jarayonida amaliyotchi konstruktor sifatida faoliyat 
ko‘rsatishi, ta’lim maqsadini aniq tasavvur etishi, dars mazmunini chuqur bilishi, 
o‘qitish texnikasi va usullarini yaxshi egallagan, o‘qitish jarayoni uchun zaruriy 
shart - sharoit yarata olgan bo‘lishi va uni amalga oshirishi lozim. 
5. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar, axborot va o‘qitish 
vositalaridan ayniqsa kompyuterdan, elektron aloqa, radio, televideniyadan 
samarali foydalanish talab etiladi. Ular vositasida ta’limiy materiallar ishlab 
chiqish yaxshi samara beradi. 
6. O‘quv jarayonining samarasi uning moddiy texnika bazasiga bog‘liq 
bo‘lib, maktab binosi hozirgi zamon talabiga javob berishi, shovqindan holi, iqlim 
sharoiti hisobga olingan, yorug‘, zarur mebellar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 
7. O‘quv tarbiya jarayonini sifatini baholash pedagogik texnologiyaning o‘z 
oldiga qo‘ygan ijtimoiy maqsadidir. Baholashning reyting - test tizimi
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirishda yangi avtomatlashtirilgan 
nazorat vositalaridan foydalanish asosiy yo‘nalish bo‘lishi kerak. 
Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishda quyidagi uch omilni hisobga 
olish lozim: 
1. Ijtimoiy muhit, jamiyat, oila, maktab, ularning o‘quvchi ongiga 
intellektual ta’siri:
2. Pedagogik jamoaning pedagogik faoliyati, ularning saviyasini o‘rganish;
3. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganish, aqliy rivoji, 
qobiliyati, moyilliklari, bilish jarayonining xususiyatlari, bilim saviyasi kabi ta’lim 
samaradorligini aniqlovchi omillarni aniqlashda ham kompyuterlardan foydalanish 
yaxshi samara beradi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga 
olish, o‘quv materialining qiyinchilik darajasini aniqlash o‘qitish usullarining eng 
samaralisini tanlash imkonini beradi. 


211 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin