212
Loyihali metod asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan
vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to‘g‘ri yo‘lga soluvchi savollar oldindan
rejalashtirilishi kerak. Bundan tashqari dars jarayonidan sodir bo‘lishi mumkin
bo‘lgan kamchilik, xatolar,
ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari
ham oldindan hisobga olinishi kerak. Loyihali metod asosida darslarni tashkil etish
juda murakkab jarayon, bunda har bir talabaning mustaqil ishlashini tashkil etish
muammosi yotadi.Ya’ni qaysi vazifalarni o‘qituvchi bajarishi kerak. Qaysilarini
talabalarning o‘zlari hal etishlari kerak va qaysilarini o‘zaro hamkorlikda amalga
oshirishni oldindan ko‘ra bilish kerak, bularning hammasi loyihada ko‘zda
tutilmog‘i talab etiladi. Talabalarning mustaqil ishlashi ko‘pgina omillarga
jumladan: yoshiga,
shaxsiy xarakteriga, moyilligiga, istak-xohishlariga, ilgari
loyihali
metod
asosida
ishlagan-ishlamaganligiga,
loyiha
mazmunining
murakkabligiga, guruhlarda ishtirok etuvchilarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq
bo‘ladi. Loyihali metod asosida dars jarayonini olib borishda talabalarning
imkoniyati, qobiliyati, umumtayyorgarlik darajalari hisobga olinmog‘i lozim.
Loyihali metod asosida o‘qitish faoliyati mazmuni talabalarning o‘quv
faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi.
Bunda:
1.O‘qituvchi tomonidan taklif etilgan o‘quv loyihalari, kichik loyihalarning
talabalar tomonidan bajarilishi ko‘zda tutiladi.
2.O‘quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko‘rsatkichlari asosida
baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko‘zda tutilsa, yakuniy baholar ham
chiqarilishi mumkin.
3.Loyihali metod asosida faoliyat tashkil etilganda o‘quv
mavzularda
rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko‘zda tutiladi.
4.Loyihali metod asosida o‘quv faoliyatini tashkil etishga o‘qituvchi
raxbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi.
5.Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo‘ladi.
6.Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va
vazifalari tushunarli aniqlangan, talabalar bilan uning ijro yo‘llari va mexanizmlari
kelishilgan bo‘ladi.
7. Ayrim hollarda talabalarning xohish va istaklariga binoan loyihalarni
shakllantirish loyiha raxbari bilan amalga oshirilishi mumkin.
8.O‘quv yili davomida o‘rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini
ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda o‘tkazish,
himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o‘tkazish mumkin.
Dars jarayonini loyihali metod asosida tashkil etish bosqichlari quyidagicha:
1.O‘quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash.
2.Darsning o‘quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish.
3.Darsning o‘quv mazmunini ishlab chiqish, beriladigan nazariy va amaliy
bilimlarni belgilash.
4.Talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan
tushuncha, bilim,
ko‘nikma, malakalarni ifoda etish.
5.Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash.
213
6.Tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish uchun ta’lim
oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish.
7.Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini
yaratish.
8.Nazariy jihatdan olib borish, testlar va intelektual trening savollarini ishlab
chiqish.
9.Loyihali metodni dars jarayoniga tatbiq etish.
10.Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish.
Loyihali metod asosida tashkil etilgan dars jarayonida talabalarning:
-ehtiyoji;
-qiziqishi;
-xohishi;
-maqsadi;
-faoliyati;
-qobiliyati;
-intellekti
hisobga olinishi talab etiladi. Dars jarayonida talabani individual xususiyati va
imkoniyatlari hisobga olinishi zarur.
Navbatdagi darsni loyihalashtirishda har bir o‘qituvchi oldida doim bir savol
ko‘ndalang turadi, ya’ni darsning maqsadi, vazifasi, ketma-ketligi, izchilligi,
yaxshilash holatlarini qanday tashkil qilish kerak?
Dars maqsadini belgilash va uni amalga oshirishda quyidagicha ish yuritish
maqsadga muvofiq:
-o‘quv materialini tanlash;
-uni didaktik talablar asosida tashkil etish;
-foydalaniladigan metod va jarayonni jihozlash;
-o‘z faoliyatini funksional tashkil eta olish;
-talaba shaxsi va guruhlarda ish faoliyatini tashkil etish.
Loyihali metod asosida darslarni amalga oshirishda guruh raxbarining
vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Biror
muammoli vaziyatni, mavzuni tanlash va shakllantirish, g‘oyani
oldinga surish, loyiha ssenariysini tuzish, vazifalarni belgilash, tizimga tushirish va
yechimini hal etish.
2.Loyihani shakllantirish bo‘yicha ixchamlashgan annotatsiya tuzish,
so‘nggi erishiladigan mahsulni va uning zaruriyatini aniqlash.
3.To‘plangan mavzuni aniqlashtirish, loyiha materiali, strukturasini
belgilash, loyiha hajmini aniqlash, loyiha yechimida har bir ishtirokchining
izlanish olib borishdagi roli, o‘rnini belgilash.
4.Loyiha ishtirokchilari
faoliyatini muvofiqlashtirish, ish jarayonini olib
borish va muddatlarini doimiy nazoratga olish.
5.Loyihani shakllantirishda, uning mazmunini bayon qilishda kamchiliklarni
aniqlash va hujjatlashtirishda doimiy maslahatlar berib borish.
Xulosa qilib aytganda, o‘quv faoliyati puxta o‘ylangan loyihali metod
asosida tashkil etilsa, har bir talaba uning yechimida faol ishtirok eta olsa, o‘quv
214
jarayoni samarali kechadi. O‘quv jarayonini dars jarayonidayoq ongli ravishda
to‘liq o‘zlashtirish kafolatlanadi.
Dostları ilə paylaş: