207
o‘quv modul (fan)larining
maqbul ketma-ketligi, ularni o‘rganish
muddatlari
belgilanadi. Shu tariqa o‘quv yili davomida tashkil etiladigan ta’limning
uzluksizligi ta’minlanadi. Makromodullarni belgilashda alohida modullar orasida
o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligi tik (vertikal), ularni o‘rganilish muddatlari
yotiq (gorizontal) bog‘lanishlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
III bosqich.
Makromodul fanlari o‘quv dasturlarining o‘zaro bog‘liqligini
ta’minlash. O‘quv materiallarini berishda takrorlanishlarning oldini olish
maqsadida makromdul tarkibiga kiruvchi alohida o‘quv modul (fan)lari, ularning
dasturlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik ta’minlanadi.
IV bosqich.
Tegishli o‘quv moduli (fani) bo‘yicha modullarni shakllantirish.
Bunda, odatda, mavzular mohiyatini o‘rganishga xizmat qiladigan o‘quv
materiallarining mazmuni va hajmidan kelib
chiqqan holda modullar
shakllantiriladi.
V bosqich.
Modul bo‘yicha didaktik materiallarni tayyorlash. Modul
ta’limiga o‘tishning birinchi bosqichida alohida o‘quv modul (fan)lari bo‘yicha
quyidagi materiallar tayyorlanadi:
-
ishchi o‘quv dasturi;
-
ixchamlashtirilgan va kodlashtirilgan ma’ruza matnlari;
-
o‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati;
-
atamalarning izohli lug‘ati;
-
o‘quv-uslubiy tarqatma materiallar;
-
individual ishlar uchun topshiriqlar;
-
mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar;
-
talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish uchun testlar,
sinov
topshiriqlari.
Har bir modul test va sinov topshiriqlari bilan tugallanishi lozim. Bu talab,
ayniqsa, bakalavriat yo‘nalishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, test va
sinov topshiriqlari bakalavrlar tomonidan o‘rganilgan muayyan modul uchun
o‘rganilgan o‘quv materiali yuzasidan nazorat bo‘lsa, keyingi modul uchun kirish
(boshlang‘ich) nazorati sanaladi.
Odatda har qaysi modul uchun tasviriy shakllardagi
tarqatma materiallar
to‘plami tayyorlanib, ular talabalarga mashg‘ulotdan avval tarqatiladi. Talabalar
ko‘rgazmali
materiallar, adabiyotlar to‘plami asosida har bir o‘quv materialini
o‘zlashtirib boradi va shu tarzda bir modulni o‘rganishdan ikkinchi modulni
o‘rganishga o‘tadi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko‘ra iqtidorli talabalar o‘rgatuvchi
modul
(muayyan modul mazmuni, talabaning o‘quv-bilishga doir harakatlarini boshqarish
tizimi, nazorat (sinovlar) tizimi, metodik ishlanmalar mazmunidan iborat modul)
yordamida pedagoglar tomonidan taqdim etiladigan barcha ishlanmalar bilan to‘liq
tanishmay turib ham test sinovlarini topshirish imkoniyatiga ega. Bunda pedagog
208
axborotchi-nazoratchi emas, balki maslahatchi-muvofiqlashtiruvchi shaxs sifatida
namoyon bo‘ladi.
O‘rgatuvchi modullarni ishlab chiqish murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘p
vaqtni
talab qilsa-da, biroq, ularni amaliyotda qo‘llash yuqori darajada ta’lim
samaradorligini ta’minlaydi.
Ma’ruza matnini tayyorlashda tizimlashtirish metodiga ko‘ra materiallar
blok-sxema, rasmlar bloki shaklida taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: