Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149


Inversiya metodi. 
Bu ijodiy vazifalarni yechimini izlab topishga 
kutilmagan, yangi holatlarda g‘oyalarni yechimini topishga qaratilgan. Bu metod 
muammolar yechimiga yangicha yondashish, eski qoliplardagi fikrlashlardan holi 
ravishdagi insonni talab etadi. Yangicha sharoitda mantiqiy fikr yuritish. Yangicha 
yechim topish, muammolar yechimini topishga, g‘oyalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. 
Eskicha fikr yuritishlarda muammo o‘z yechimini topmaydi. An’anaviy metod 
muammoning yechimini topish vaziyatdan chiqishda tashqi tomondan qarashni 
taqozo qiladi. 
Inversiya metodi dualizm prinsipiga yoki qonuniyatiga asoslanadi. Fikr 
yuritishda qarshi(to‘g‘ri va teskari) tomondan yondashuvni talab etadi. To‘g‘rirog‘i 
ijodiy fikr yuritishni talab qiladi. 
Tekshirilayotgan obyektga analiz va sintez, mantiqiy va intuitiv, sintetik va 
dinamik xarakteristik tomondan, obyektga ichki va tashqi tomondan yondashuvni 
talab etadi.Masala yechimiga konkret yoki abstrakt, real va fantastik, ajratib yoki 
birlashtirib solishtirish orqali yechimlar topiladi.Ayrim masalalar, muammolar 
yechimida quyidan yuqoriga qarab yechim qidirishga to‘g‘ri keladi. 
Empotik metod. Empotiya 
(grekcha so‘z bo‘lib, 
empateia - 
qayg‘urish ) 
ko‘pincha shaxsiy analog metodi ham deyiladi. Analog usulining o‘ziga xosligi 
shundaki, bunda intuitiv va mantiqiy fikrlarning o‘zaro uchrashuvi (to‘qnashuvi)da 
masala o‘z yechimini topadi. Analog keng ma’noni o‘z ichiga oladi. Analoglar o‘z 
navbatida boshqa analoglarni aniqlashi mumkin, ular shakl, struktura, funksiya, 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Analoglarni aniqlashda yoki topishda ayrim hollarda giperbolitik usul 
qo‘llaniladi. Masalan, o‘rganilayotgan obyektlarni, maktabni kattalashtirish yoki 
kichiklashtirish, ularni qismlarga bo‘lish mumkin. Ijodiy vazifalar yechimini 
topishda shaxsiy analogiyalar ancha qulay va yaxshi natijalar beradi. Uning 
yechimida shaxsiy sezgirlik, his-tuyg‘ular jarayon yechimini tezlashtiradi. Demak, 
empotik metod ijodiy faoliyatga suyanadi, o‘rganilayotgan obyektga nisbatan 
shaxsiy qayg‘urish, ijodiy yondashish orqali muammo yechimini topishga olib 
keladi. Ayniqsa, bu metod o‘quvchi-talabalar shaxsi tasavvurining rivojlanishiga 
sabab bo‘ladi. Shu orqali ixtiro qilishga yoki ayrim holda o‘ziga xos original 
yechimlar topishga olib keladi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin