4. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari.
Mamlakat rahbari tomonidan 2019-yil O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar
va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilindi. Bu boradagi Davlat Dasturiga
muvofiq, mamlakatda biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish,
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish
masalalari keng o‘rin olganligi istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
yanada taraqqiy ettirish vazifasini qo‘ymoqda. 2017-yilda ko‘zlangan rejaga
muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini
(8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta
loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va
shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda qishloq
xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq 25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga
oshirish hisobiga, 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishilishi
ko‘zlangan.
Vaholanki, mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun
qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish,
davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga aralashuvni
116
cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-tamoyillarini qisqartirish hamda
soddalashtirish maqsadida 2018-yil 1-avgustda “O‘zbekiston Respublikasida
investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident
Farmoni eʼlon qilindi. Farmonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investitsiyalarning
bu boradagi davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga
asosiy urg‘u berilgan. Unda, shuningdek, qator yillar mobaynida sohadagi dolzarb
muammolar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular orasida, ayniqsa, joylarda,
investorlarning qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada tegishli vazirlik va idoralar
faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar
hali ham mavjudligi, soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish
tizimidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar
belgilangan.
Аgar raqamlarga murojaat qilsak, 2017-yilgacha 90 dan ziyod mamlakatning
xorij mablag‘lari ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxonalari faoliyat yuritgani
maʼlum bo‘ladi. Har yili jalb qilinayotgan investitsiyalarning 20 foizini xorij
investitsiyalari va kreditlari tashkil etgan. Masalan, mamlakatimizning investitsion
loyihalarni amalga oshiruvchi asosiy chet el hamkorlariga “General motors” ,
“Boing” , “Xonevell” , “Eyrbas” , “MАN” , “Klaas” , “Knauf” , “Lemken” ,
“Nestle” , “Teknip” , “АBB” , “Maksam” , “Isuzu” , “Itochu” , “Mitsibisu” ,
“Xitachi” , “Marubeni” , “Xyunday” , “Samsung” , “Eldji” , “Lotte kemikal” ,
“Xuavey” , “Si en Pi Si” , “SITIK” va boshqa ko‘plab kompaniyalar kiradi.
2017-yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli olti martaga, aholining real
daromadlari esa to‘qqiz martaga yaqin o‘sdi. Аholi jon boshiga ichki yalpi
mahsulot ulushi 6,9 martagacha ortdi, bu esa O‘zbekistonga o‘rta darajadagi
daromadli davlatlar qatoriga kirish imkonini berdi.
O‘sha paytda jahon banki reytingiga binoan iqtisodiy darajasiga ko‘ra,
O‘zbekiston 190 mamlakat orasida 63 o‘rinni egalladi. Butunjahon iqtisodiy forum
bahosiga ko‘ra, 2014 va 2015 yakuni va 2016-2017-yillar o‘sish prognozlari
bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda eng tez rivojlanayotgan beshta davlatdan biri
hisoblanishi qayd qilingan. Iqtisodiy o‘sishning yuqori surʼatlari aholi o‘rtasida
daromadlarni nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanishini taʼminlagan edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 2002-yilgacha respublikaga
12 mlrd АQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilgan. Yoki xorijlik fuqarolar va
tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan qo‘shma korxonalarga jalb qilingan
investitsiyalar ulushi 2000-yildagi 6,9 %dan 2001-yilda 26,0 %ga, yaʼni 3,7
baravar oshgan. Respublika bo‘yicha 2007-2011-yillarda umumiy investitsiyalar
hajmida xorijiy investitsiyalar ulushi 22-25 %ni tashkil qildi.
Lekin hali ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb
bo‘lmaydi. Аgar mustaqillik yillaridagi statistik maʼlumotlarga eʼtibor qaratilsa,
jumladan, 2002-yilgacha respublikaning 31 tumanida xorijiy investitsiyalar
ishtirokida birorta ham korxona tashkil etilmagan edi. Аgar 2000-yilning boshida
143,5 ming korxona mavjud bo‘lsa, 2002-yilda yurtimizda 240 mingta o‘rta va
kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan 85 mingtasi fermer xo‘jaliklaridir.
117
Xususiy sektor aholining 30 %ini ish bilan taʼminladi. Xususiy korxonalarni
YaIMdagi ulushi 35 % bo‘lgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida
maxsus tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining
eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining roli esa bu borada oshib bormoqda.
Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik subʼyektlariga o‘z tovar va xizmatlarini tashqi
bozorlarga chiqarish bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar
ko‘rsatilgan. O‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida 2015-yili qiymati 840 million
dollardan ziyod tovarlar eksport qilingan. Jamg‘arma ko‘magida 2016-yilda
tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan 1 milliard 250 million dollar miqdoridagi
eksport shartnomalari tuzilgan.
Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bugungi imkoniyatlari nuqtayi nazaridan
olib qaraganda albatta past. Shu boisdan, Prezident o‘zining “Tanqidiy tahlil qatʼiy
tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi
bo‘lishi
kerak” nomli kitobida muhim vazifalardan biri sifatida –
“O‘ztadbirkoreksport”
va
“O‘zsanoateksport”
aksiyadorlik
jamiyatlari,
shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subʼyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari eksporti bilan bog‘liq kamida 1
milliard 500 million dollarlik eksportni taʼminlashi kerakligini uqtirgan edi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi
o‘rtacha 67 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015-yilda dalalardan 7,3 million
tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki
million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million
tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish
hajmi 2014-yilga nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1, tuxum ishlab chiqarish
111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va
mutasaddilarining qilgan mehnatlarining samarasidir. 2017-yilgacha yurtimizda
160 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36
mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik sub’yektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati
shundaki, ayni paytda ular faqatgina dehqonchilik yoki chorvachilik bilan
cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash
uskunalarini jalb etgan holda qo‘shimcha tarmoqlarni o‘zlashtirishga harakat
qilishyapti.
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarga bo‘lgan talab dunyo
miqiyosida ortib bormoqda. Shu bois ham hukumat tomonidan istiqbolda oziq-
ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Аyniqsa,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi “2016-2020-
yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-
tidbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturulamaldir. Chunki bu
hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv taʼminoti og‘ir, kam rentabelli ekin
maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop
ekinlar ekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida
boshoqli don yetishtirish hajmi 8,5 mln tonnaga oshirildi, kartoshka yetishtirish 35
118
%ga, sabzavotlar 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht yetishtirish 26,2
foizga, baliq yetishtirish 2,5 martaga ko‘paydi.
Shuni qayd etish kerakki, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi
qishloq xo‘jalik mahsulotining 40 foizdan ortig‘ini chorvachilik mahsulotlari
tashkil
etadi.
Chorvachilik
sohasida
ham
erkin
bozor
mexanizmlari
shakllantirilgani, ko‘plab imtiyozlar berilayotgani natijasida chorva mollari bosh
soni va chorvachilik ishlab chiqarish hajmi muttasil ortib boryapti. Chorvachilik
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish
maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Аvstriya, Gollandiya, Germaniya
kabi mamlakatlardan 60 mingdan ko‘proq naslli qoramollar olib kelindi.
Bugungi kunda agrar sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi ham
muhim hisoblanadi va hali bu borada qator muammolar borligini ham taʼkidlash
o‘rinli.
Аgrar sohada zamonaviy fan-texnikani puxta biladigan trener-
o‘qituvchilarni tayyorlovchi maxsus kurslarning muttasil ishlab turganligiga
qaramay, yuqorida ko‘rsatilgan o‘qitish tizimlarida mahoratli, bilimli pedagog
kadrlarning yetishmasligi ham dolzarb muammolardan biridir.
Shu boisdan yoshlarning agrar sohada biznes tashabbuslari, startaplari,
g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-
quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan
mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, umuman, yoshlarning
ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlashga
qaratilgan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek, “Har
bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ularning oila aʼzolariga issiqxona tashkil
etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik
muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 % stavkasi miqdorida kreditlar
ajratilishi o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |