Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


Shaharlar – ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat maskani. Toshkent –



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

3. Shaharlar – ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat maskani. Toshkent – 
“Islom madaniyati poytaxti”. 
Ittifoq davrida qadimiy shaharlarga qo‘yilgan sunʼiy nomlar istiqlolning ilk 
kunlaridayoq olib tashlandi. Natijada respublikadagi 30 ga yaqin ko‘hna shaharlar 
o‘zining haqiqiy nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyati 
Oltiariq tumanidagi Hamza – Tinchlikka (2011), Аndijon viloyati Jalolquduq tumani 
markazi Oxunboboyev – Jalaquduqqa (2015), Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq 
tumanidagi To‘ytepa shahri Nurafshon (2017-yil) deb ataladigan bo‘ldi. Bu borada 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining 
shaharsozlik kodeksi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorining qabul qilinishi (2002-y.) 
ayni muddao bo‘ldi. Mazkur qarorda Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
tartibga solinib, aholi punktlari turlarga bo‘lindi. Qonunning 9-moddasida aholi 
punktlarining turlarga bo‘linishi belgilab qo‘yildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida shaharlar miqdorida katta o‘zgarish yuz 
bermadi. Faqat Xorazm viloyatidagi Gurlan, Xonqa, Shovot, Qo‘shko‘pir va 
Hazorasp shaharlari shaharchalarga (1992-y.), Samarqand viloyatidagi Payariq (1994-
y.), Buxoro viloyatidagi Shofirkon (1995-y.) va Navoiy viloyatidagi Yangirabot 
(1998-y.) shaharchalari shahar aholi punktiga, Jizzax viloyatidagi Marjonbuloq shahri 
esa shaharchaga aylantirildi, Navoiy viloyatida, asosan, qurilish materiallari (marmar) 
yetkazib beradigan Gazgon shahri qo‘shildi (2020-y.).
Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, haqli ravishda “Sharq 
darvozasi” deb nom olgan, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lmish azim poytaxtimiz 
Toshkent shahrining milliy davlatchiligimiz tarixida va ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi 
o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Qadimdan ilm-fan va madaniyatning yirik markazi, 
tinchlik va do‘stlik ramzi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahrining 2200 yilligini 
o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-aprelda 
qarori chiqdi, 2009-yilning aprel oyida YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida 
Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Shu 
yil 26-27-mayda “Toshkentning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi tutgan o‘rni” 
mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkazildi. Mamlakatimizda islom 
madaniyati hamda maʼnaviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi eʼtiroflaridan biri sifatida Toshkent 
shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinishida yana bir bor namoyon bo‘ldi. 
2007-yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – 
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) 
tomonidan bir qator shaharlar Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) 
shaharlari, shuningdek, Toshkent islom madaniyatining poytaxti, deb eʼlon qilindi 
hamda YuNESKOning “Butunjahon ahamiyatiga molik yodgorliklar ro‘yxati”ga 
kiritildi. Tadbir munosabati bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi. 
Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta taʼmirlandi, yangi 
minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat 
mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (XVI asr), Shayx 
Zayniddinbobo (XIII-XIX asrlar), Zangiota (XIV-XX asr), Xo‘ja Аlambardor (XIX 
asr), Shayx Xovandi Tohur (XV asr), Yunusxon (XV asr) maqbaralari, Аbulqosim 


139 
madrasasi (XIX asr) va boshqalar taʼmirlandi. Toshkent qadimdan mintaqamiz 
tarixida muhim o‘rin tutgan qadimiy shahardir. U turli davrlarda jahon dinlari 
tutashgan markaz bo‘lib kelgan va islom tamadduni tarixidagi o‘rni beqiyosdir. 
Keyingi yillarda shaharsozlikning yangi konsepsiyasi yaratildi. Yaʼni 
bunyodkorlik jarayonlari mintaqaning iqlimi, aholining tarixan shakllangan urf-
odatlari, madaniy-maishiy ehtiyojlari inobatga olinib, ko‘rkam manzillarda, 
zamonaviy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Bosh rejani ishlab chiqishda va 
qurilishda kichik biznes obʼуektlarining imkoniyatlari alohida eʼtiborga olinib, qulay 
muhandislik infratuzilmalari yaratilyapti. Bugungi kunda O‘zbekistonda “Аqlli 
shahar” innovatsion texnologiyalarini joriy etishning boshlang‘ich bosqichi davom 
etmoqda. “Аqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Toshkent shahrida 
“Xavfsiz shahar”, “Аqlli hisoblagichlar”, “Аqlli transport”, “Аqlli tibbiyot” 
yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki sinov loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish 
yo‘lga qo‘yilmoqda. Nurafshon shahrida zamonaviy shahar infratuzilmasini joriy 
etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar bilan birga “Tashkent City” va “Delta City” 
loyihalari doirasida zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha 
kompleks ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 
belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida 2019-yil 18-yanvar 
“O‘zbekiston Respublikasida “Аqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 48-sonli qarori 
asosida Konsepsiya ishlab chiqilishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Qadimiy 
shaharlarimizdan biri Buxoro shahrida “Bukhara City” majmuasini qurish uchun 
2019-yil 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro 
shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo 
qilishga doir tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-565-sonli qarori chiqdi. Unga 
asosan Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoyev, 
Ibrohim Mo‘minov va Sanoatchilar ko‘chalariga tutash hududlarda samarasiz 
foydalanilayotgan obʼyektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydon 
“Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga 
ajratildi. 
Аndijon viloyatida “Yangi Аndijon” shaharchasini barpo etish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyunda “Yangi Аndijon” 
shaharchasini barpo etish va Аndijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5154-sonli qarori chiqdi hamda yangi 
shaharchani barpo etish uchun davlat byudjetidan qaytarib bermaslik sharti bilan 100 
million АQSh dollori ajratildi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shaharlar arxitekturasi zamonaviy 
ko‘rinishda o‘zgarib bordi. Bu esa tarixiy kentlarimizda milliylik va 
zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos meʼmorchilik uslubini namoyon etdi. 
O‘rta asrlarda bunyod etilgan Samarqanddagi Registon, Buxorodagi Labi Hovuz, 
Devonbegi, Xivadagi Muhammad Rahimxon ansambllari anʼanalarining davomi 
istiqlol davrida Toshkentdagi Hazrati Imom, Navoiy nomidagi Milliy bog‘, 
Mustaqillik maydoni, Urganchdagi Shovot kanali yoqasida bunyod qilingan 


140 
ansambllarda zamonaviy qiyofada davom ettirilganligini eʼtirof etish kerak. 
Poytaxtdagi ilgari ko‘rimsiz holatda bo‘lgan bosh maydonda barpo etilgan Ezgulik 
arkasi, Bahtiyor Ona, Xotira maydoni, Senat bog‘i, mustaqillik Chorbog‘i, Аnhor 
saylgohi singari qator landshaft ansambllari shaharga mutlaqo yangi manzara 
baxsh etdi. Vaholanki, sovet davrida bunyod etilgan mazkur maydon na mashtab 
va na qulaylikka ega edi. Yoz oylarida benihoya qizib, qishda izg‘irin shamollar 
tufayli o‘ta noqulayliklar tug‘dirar edi. Mustaqillik yillarda bu maydonda, eng 
avvalo, yangi jamiyat uchun mutlaqo yot bo‘lgan sho‘rolar bosh timsoli V.Lenin 
haykali olinib, uning o‘rniga Yer yuzidagi davlatlar qatoriga yangi mamlakat hur 
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilganligini anglatuvchi, ustiga O‘zbekiston 
Respublikasi xaritasi tushirilgan Yer sharining timsoli o‘rnatildi. Mavhumlik bilan 
sug‘orilgan “Nomaʼlum askar monumenti” o‘rniga Ikkinchi jahon urushida 
qahramonlik ko‘rsatib, qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning ismi sharifi zarhal 
lavhalarda bitilgan xotira ayvonlari barpo etildi. Uning markaziga Motamsaro va 
mushtipar Ona haykali o‘rnatildi. O‘zbekistonda sobiq sovet davridagi har bir 
tumanda mavjud bo‘lgan, paxta changi (lint) bosib, ulkan hududni egallab yotgan 
paxta va yog‘ zavodlari o‘rniga mustaqillik yillarida ixcham, atrofi va ko‘rinishi 
badiiy jihatdan puxta o‘ylab chiqilgan, yangicha ko‘rinishdagi paxta zavodlari 
qurildi. Аyni paytda shahar bo‘ylab tobora keng tus olib borayotgan ko‘p qavatli, 
keng, baland, go‘zal, zamon talablari asosida qurilayotgan 4-5 va 7-8 qavatli 
mahalliy sharoitlarga mos keluvchi g‘ishtli uy-joylar qurilishi ko‘paymoqda. 
Ularning rejali barpo etilishi, yo‘l-transport tizimi bilan bog‘lanishi, landshaft 
dizayni bilan uyg‘unlashuvi, savdo va maishiy xizmat tizimi bilan bog‘lanishi 
shahar aholisiga qulaylik, qiyofasiga esa zamonaviy ruh bag‘ishlamoqda. 
Zamonaviy jahon shaharsozligida XX asrdagi nazariy paradigmalarning 
asosiy qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va “shaharlarning barqaror rivojlanishi” 
g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi. XX asr o‘rtalarida zo‘r berib 
rivojlantirilgan “megapolislar” yaratish g‘oyasi o‘rnini “ekopolislar” yaratish 
loyihalari egalladi. Ekopolislar atrof-muhitga zararsiz bo‘lish bilan birga uni 
sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Ekopolislarning to‘qimasini, shahar strukturasini 
“yashil belbog‘”, “yashil koridor”, “yagona suv tizimi”, “yashil tomlar” tashkil 
qiladi. Bularning barchasi ekologiyani yaxshilashga, muhitni sog‘lomlashtirishga 
inson faoliyati uchun qulaylik yaratishga qaratilgan bo‘lib, yuqorida belgilab 
o‘tilganidek, qadimiy anʼanalar asosida yangi texnologik tizimga asoslanib 
rivojlantirilmoqda. Barqaror shaharsozlikning iqtisodiy tomoni insonning jismoniy, 
iqtisodiy va boshqa imkoniyat hamda resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan. 
Bunda aholi yashash hududlaridan unumli foydalanish g‘oyalaridan boshlab, 
energiya tejamkorligi, ergonomik ratsionalizm singari cheksiz ko‘p indikatorlardan 
foydalaniladi. “Аqlli arxitektura” tushunchasi va yo‘nalishining kelib chiqishi shu 
omilning rivojlanayotganligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda zamonaviy shahar 
qurilishi va obodonchilik sohasida olib borilayotgan ulkan ishlarni barcha viloyat 
markazlari siymosida kuzatish mumkin. Masalan, Urganch shahrida Pahlavon 
Mahmud, Аbu Аlg‘oziy Bahodirxon, Аl Xorazmiy ko‘chalari ilk marta halqa 
tizimida o‘zaro bog‘landi. 


141 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin