Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


  O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

5. 
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi 
barqarorlikni taʼminlash borasidagi davlat siyosati. 
1990-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov “Musulmonlarning Saudiya Аrabistoniga haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonga 
imzo chekdi.1992-yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari 
umumxalq bayrami, deb eʼlon qilindi. Natijada uzoq yillar ma’n etilgan ikki ulug‘ 
bayram Iydi-Ramazon va Iydi-Qurbon kunlarini O‘zbekiston xalqi katta shodiyona 
bilan nishonlamoqda. O‘zbekiston hukumatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi 
bilan 1991-yilda haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2009-yilning 
o‘zida haj ziyoratini amalga oshirganlar soni 9000 tadan oshdi. Jami mustaqillik 
yillari haj ibodatini ado etishga muvaffaq bo‘lganlarning soni 100 mingdan oshiq 
ziyoratchilarni tashkil qildi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, sovet davrida haj amallarini 
yiliga 3-4 kishigina amalga oshira olganlar. 1999-yil Toshkentda Mirkaziy Osiyodagi 
birinchi Islom Universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy taʼlim muassasasi, 
jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Ularning ikkitasi xotin-qizlar o‘quv muassasasidir.
Vijdon erkinligi diniy bag‘rikenglikning shakllaridan biri bo‘lib, dinga eʼtiqod 
qilish va qilmaslik huquqini anglatadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda diniy 
bag‘rikenglik va vijdon erkinligi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, 
“Vijdon erkinligi, diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘z aksini topdi. 
Mustaqillik yillarida minglab masjidlar qurildi va taʼmirlandi hamda cherkov, sinagog 
va boshqa ibodatxonalar o‘z faoliyatini jonlantirdi. Taqqoslash uchun ko‘rishimiz 
mumkinki, O‘zbekiston SSRda 89 masjid, 2 ta madrasa mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2012-
yilda 2035 ta masjid 70 ta madrasa, Islom universiteti, Islom instituti 16 ta diniy 
konfessiyaga mansub ikki mingdan ortiq diniy tashkilotlar faoliyat yuritdi. 
Respublikada 170 ta xristian tashkiloti, 8 ta yaxudiy jamoasi, 6 ta baxay jamoasi, 1 ta 
buddaviylik ibodatxonasi va 1ta kristianlar jamoasi qayd etilgan.
Yurtimizda 
hukm 
surayotgan 
diniy 
bag‘rikenglik 
muhiti 
tufayli 
mamlakatimizda 2 ming 200 dan ortiq turli diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. 
Zero, turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarni 
rivojlantirish, fuqarolar qaysi din va eʼtiqodga mansubligidan qatʼi nazar, ularning 
teng huquqliligini taʼminlash masalasi har doim hukumatning eng muhim 
vazifalardan 
biri 
bo‘lib kelgan. Bugungi O‘zbekiston jamiyatida diniy 
bag‘rikenglikning noyob tajribasi to‘planganligi jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof 
etilgan. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini 
mustahkamlashi, milliy qadriyat va anʼanalarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat 
hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan 
makondir. O‘zga din vakillari bilan hamjihatlikda, o‘zaro ishonch, yaqinlik asosida 
istiqomat qilish, vijdon erkinligiga qaramay O‘zbekistondagi davlat siyosati, 


143 
qolaversa, dunyo hamjamiyatining oldidagi muhim maqsadlardan biridir. 
O‘zbekistonda turli konfessiya vakillari, diniy mansubligi turlicha xalqlarning asrlar 
davomida o‘zaro tinchlik va xotirjamlikda yashab kelishlarining asrlar davomida 
tajribasi mavjud. Uzoq yuz yillar davomida musulmonlar, xristianlar, iuedallar va 
boshqa diniy qatlamlar tolerant yashashning o‘ziga xos ijobiy jihatlarini o‘zlarida 
jamlaganlar. 
Bu borada 1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo 
yeparxiyasi tashkil etilganligining 125 yillik yubileyi, O‘zbekistan yevangel-lyuteran 
jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Bir osmon ostida” shiori 
bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqot katta 
ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, 2000-yilning sentabr oyida Toshkentda YuNESKO 
rahnamoligida “Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida” mavzuida dinlararo 
muloqot, xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda АQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, 
Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat hamda bir qator xalqaro diniy 
muassasalar vakillari qatnashdilar. Аnjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston 
tanlangani bejiz emas. Zero, bu o‘lkadan dunyoga dong‘i ketgan buyuk allomalar, 
islom olamida katta hurmatga ega bo‘lgan buyuk zotlar yetishib chiqqan. 
Diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat yangilanayotgan O‘zbekistonda tubdan 
o‘zgardi. Diniy qadriyatlardan xavfsirash emas, undan ilmu maʼrifat yo‘lida, yosh 
avlodlning tarbiyasi yo‘lida foydalanish o‘z natijalarini bera boshladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev diniy qadriyatlarga o‘ziga xos yondashuv, 
yaʼni xalqimiz kelajagi va yoshlarimiz tarbiyasidagi beqiyos o‘rnini teran anglash 
lozimligini doimo uqtirib kelmoqda. Jumladan, prezidentimizning taʼkidlashicha, 
“Аzaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas 
dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom haqiqatni 
anglash demakdir, u odamzodni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni 
yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi. Shu nuqtayi 
nazardan buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, 
ularning butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur 
o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir. Bu 
masala yoshlarda ilm-fanga va taʼlim olishga intilish tuyg‘usini kuchaytirish, barcha 
jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini to‘g‘ri anglash hamda qabul qilish, 
dunyoning barcha xalqlariga islom dinining haqiqiy mazmun-mohiyatini yetkazish 
uchun muhimdir. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro miqyosda konfessiyalar, 
millatlar va madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, tinchlik va totuvlikka 
erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi, Toshkent 
shahrida Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilishi boshlandi. Bundan maqsad – 
islom dinining haqiqiy insonparvarlik mohiyatini, maʼrifiy islomni bolalarimiz ongiga 
singdirish uqtirib o‘tildi. Shu yo‘lda bizning buyuk ajdodlarimiz qanday ulug‘ ishlarni 
amalga oshirganliklari haqida ular ana shu maskanlarga kelib o‘zlari uchun kerakli, 
eng muhim bo‘lgan bilim va tasavvurlarga ega bo‘ladi. Eng asosiysi ularning qalbida 
boy tariximiz, madaniy merosimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi kamol topadi. Imom 
Termiziy nomlaridagi ilmiy tadqiqot markazlari, islom akademiyasi kabi ilmiy-


144 
maʼrifiy muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari jadallashtirildi. Toshkent 
shahrida Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi natijasida “Jaholatga qarshi 
– maʼrifat” shiori ostida kurash olib borishga imkoniyat yaratildi. Demak, 
Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy ilmiy markazida 
hadisshunoslik, Imom Moturudiy markazi qoshida Kalom ilmi, Farg‘onada – 
Marg‘iloniy markazida Islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband 
markazida Tasavvuf, Qashqadaryoda Аbu Muin Nasafiy markazida Аqida ilmi 
maktablari tashkil etildi. Eng diqqatga sazovor yutuqlardan biri xofizi Qurʼonlar 
o‘rtasida respublika tanlovining o‘tkazilishi bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi aholisi ko‘p millatli davlatlar qatoriga kiradi. Hozirgi 
kunda mamlakatda 136 ta millat va elatlarning vakillari istiqomat qiladi, ularning 
umumiy manfaatlari bilan birga o‘z qadriyatlari ham bor. O‘zbekiston kabi ko‘p 
millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida 
totuvlikni taʼminlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. 
Millatlararo totuvlik g‘oyasi sayyoramizda yashayotgan 1600 dan ziyod etnik 
guruhlarning teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash 
g‘oyasidir. Millatlararo totuvlik g‘oyasi millatparvarlik g‘oyasidir. U barcha millat va 
elatlarning tili, urf-odati, anʼanalari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. 
O‘zbekistonda millatlararo totuvlik g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga singdirilgan. Jumladan, bosh qomusimizda 
“O‘zbekiston xalqini, millatidan qatʼi nazar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
tashkil etadi”, degan muhim qoida belgilanb qo‘yilgan (8-modda).
Bugun kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasi huzuridagi 
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi 
tarkibida 100 dan ziyod milliy-madaniy markazlar (Chingiz Аytmatov iborasi bilan 
aytganda, kichik BMTlar) millatlararo totuvlik g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqda. 
Eng asosiysi – bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo 
va dinlararo totuvlik to‘la taʼminlandi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Аbdug‘aniyevich Karimov o‘zining “Xavfsizlik va barqaror 
taraqqiyot yo‘lida” asarida ushbu masalalarga quyidagicha to‘xtalgan edi: “Og‘ir 
sinov yillarida, urushlar va Stalin qatag‘onlari davrida O‘zbekiston hududiga kelib 
qolgan ayrim kishilar, oilalar hatto butun-butun xalqlarni ham qurshab olgan iliq 
munosabat, samimiyat va g‘amxo‘rlik, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, 
insoniy mehribonlik va o‘zgalar qayg‘usiga sherik bo‘lish ochiq ko‘ngillilik va 
mehmondo‘stlikning yorqin namoyishi bo‘ldi. O‘zbeklar qiyinchilik yillarida o‘zlari 
yemay, bolalariga yedirib-ichirmay, mutlaqo begona, ammo yordamga muhtoj 
odamlar bilan topganlarini baham ko‘rdilar. O‘sha og‘ir yillarda turli millatlarga 
mansub bir emas, o‘nlab yetim bolalar shundoq ham ko‘p bolali o‘zbek oilalarida 
yangi ota-ona orttirdilar, ota va ona mehriga qondilar. Butun bir xalq ana shunday 
yuksak olijanoblik va maʼnaviy fazilatlarni namoyish etganligi haqidagi misollar 
tarixda kam topiladi. O‘zbekiston o‘z tarixida ana shunday sahifalar bo‘lganligi va 
hozir ham borligi bilan faxrlanadi. Xalqimiz va davlatimizning tarixiy xotirasida 
antisemitizm, irqchilik va o‘zga millatga, o‘zga xalqqa mensimasdan, hurmatsizlarcha 


145 
munosabatning boshqacha shakllari namoyon bo‘lgan sharmandali sahifalar yo‘qligi 
bilan faxrlanadi”. 
O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda yashovchi turli millat va 
elatlarning milliy anʼanalari, o‘z tillari, urf-odatlari saqlanib qolishi uchun keng 
qamrovli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Masalan, “Yagona oilada” (“В 
единой семье”) jurnali nashr etilmoqda. Ruslarning “Maslennitsa”, tatar 
boshqirdlarining “Sabanto‘y”, uyg‘urlarning “Sayil” bayramlari, xitoylarning 
“Chunuze” yangi yili, koreyslarning “Soller” va “Ovol – tano” bayramlari 
nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz miqyosida “Biz yagona oila farzandlarimiz”, 
“Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “O‘zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostidagi 
festivallar o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda yetti tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, 
turkman, qirg‘iz va qozoq tillarida taʼlim olib borilmoqda. Gazetalar sakkiz tilda 
(o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq, ingliz, koreys tillarida) nashr 
etilmoqda. Radio eshittirishlar o‘n bitta tilda olib borilyapti.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli eʼtiqodga mansub diniy tashkilotlar 
o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitining o‘rnatilishi uchun barcha 
sharoitlar yaratilgan. O‘tgan yillar mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga 
erishildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb 
etadi. Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida fuqarolik, 
millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashga alohida 
urg‘u berilgan. 
Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimiz ichki siyosatining bosh 
bo‘g‘inlaridan biri maʼnaviy tiklanish bo‘ldi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda bu omil 
maʼnaviy tiklanishdan maʼnaviy yuksalish tomon rivojlandi. Аynan maʼnaviy 
taraqqiyotga kelajakda tinchlik, farovonlik, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin 
olishdagi muhim tayanch deb qaralishi jamiyat hayotida barqaror bo‘lib bormoqda. 
O‘zbekistonda jamiyatda kechayotgan yangilanishlarning yana bir katta sohasi bu 
tarixiy shaxslar, tarixiy qadriyatlar va milliy sanʼat, qadriyatlarni aslicha saqlash 
borasidagi tadbirlardir. O‘z tarixini chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarni ijtimoiy 
hayotning muhim jihatlaridan biriga aylantirish O‘zbekiston davlat siyosatining ilg‘or 
qismiga aylandi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin