8-MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI
MAʼNAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT.
Reja:
1. Mustaqillik yillarida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarning qayta
tiklanishi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
3. Shaharlar – ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat maskani. Toshkent –
“Islom madaniyati poytaxti”.
4. Mustaqillik yillarida madaniyat va sanʼatning taraqqiyoti. Beshta
tashabbus va uning yuksak maʼnaviy madaniyatni taʼminlashdagi o‘rni.
5. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni
taʼminlash borasidagi davlat siyosati.
1. Mustaqillik yillarida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va anʼanalarning
qayta tiklanishi.
Biron bir jamiyat maʼnaviy imkoniyatlarini, odamlar ongida maʼnaviy va
axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini
tasavvur etish qiyin. Xalqning madaniy qadriyatlari, maʼnaviy merosi ming yillar
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli maʼnaviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Uzoq vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi
avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga
xos anʼanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu o‘rinda milliy istiqlol g‘oyasiga to‘xtalib o‘tish joiz. Mustaqillik
g‘oyibdan kelmaydi. Tirik jonzod borki erkinlikka intilib yashaydi. Mustaqillik
shaxs, jamiyat, davlatning tarixiy orzusi hisoblanib, u haqidagi tasavvurlar, bilim
va g‘oyalar amaliyot tajribalariga asoslangan holda o‘zgarib, boyib boradi.
Mustaqil fikr va g‘oyasiz mustaqil amaliyot bo‘lmaydi. Ushbu qonuniyatga amal
qilmagan jamiyat inqirozga duchor bo‘ladi, o‘z yo‘lini yo‘qotadi. G‘oya davlat,
jamiyat va inson yo‘lini yoritib boruvchi nurga o‘xshaydi. Inson tanasi tabiat
qonunlari asosida yashaydi, ammo uning ongi g‘oyasiz yaratuvchanlik qobiliyatini
yo‘qotadi. Har qanday mustaqillikning maʼnaviy poydevorini g‘oya tashkil etadi.
Shu sababli g‘oya va mafkura hamda milliy va diniy qadriyatlarning saqlanishi
jamiyat asoslangan bo‘lsa, jamiyat mustahkam, davlat barqaror bo‘ladi. Ilmiy
adabiyotlarda g‘oya va mafkura tushunchalariga turlicha taʼriflar berilgan bo‘lsa-
da, ularni birlashtiruvchi yondashuv mavjud.
Mustaqil yashashni istagan millat uchun, birinchi navbatda, milliy g‘oya kerak.
Milliy g‘oya mustaqil ichki va tashqi siyosatni, uning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Milliy g‘oya har bir xalq va mamlakatning o‘ziga xos immunitetidir. Milliy g‘oyasini
anglab yetmagan millat o‘zga g‘oyalar taʼsiriga tushadi va o‘zligini yo‘qotadi. Milliy
g‘oyasi zaif millatni bo‘lib tashlash va bo‘ysundirish oson kechadi. Shu bois buyuk
davlatchilik shovinizimi yoki egotsentrizm kasalligiga duchor bo‘lgan kuchlar o‘zga
millat va xalqlarni bo‘ysundirish uchun, birinchi navbatda, ularning milliy g‘oyasiga
134
tahdid soladi. Tarixda bo‘lgandek, bugun ham ushbu qurol yangicha shakl va
mazmunlarda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston xalqi mustaqilligini qo‘lga kiritib, butun
dunyoga O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li borligi, u o‘zbek xalqining
milliy manfaatlariga asoslanishini eʼlon qildi. O‘zbekistonning milliy manfaatlarini
esa, albatta, uning milliy g‘oyasi ifoda etadi. Milliy g‘oya hech bir shaxs yoki
buyuklar tomonidan o‘ylab topilmagan. U buzg‘unchi g‘oyalardan farqli ravishda
o‘zbek xalqining og‘zaki (Аlpomish, Go‘ro‘g‘li, Kuntug‘mish kabi) va yozma
ijodiyotida (Аvesto, Forobiy, Navoiy asarlari kabi), xalqimiz hikmatlari, urf-odat va
anʼanalarida asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda.
Milliy g‘oya ongu shuuriga singdirilgan xalq farzandlari o‘zligini anglab,
buyuk maʼnaviy jasorat namunalarini ko‘rsatishgani tarixdan maʼlum.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat yengilmas
kuch” asarida taʼkidlaganidek, To‘maris, Shiroq, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin
Manguberdi, Аmir Temur, Navoiy, Аvloniy, Qodiriy, Fitrat ana shunday maʼnaviy
jasorat sohiblaridir. O‘zbek xalqi bor ekan, ularning nomi va xotirasi abadiydir. Milliy
g‘oyani anglagan avlod ajdodlari anʼanalarini davom ettiraveradi.
Jamiyat amal qiladigan g‘oya salkam uch ming yillik mustaqil rivojlanish
yillarida o‘zbek xalqini buyuk kashfiyotlar va g‘alabalar sari yetaklab, xalqimizning
milliy rivojlanish g‘oyasiga aylandi. Darhaqiqat, O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p
konfessiyali davlat bo‘lgani bois hech bir din yoki elatning g‘oyasi jamiyatni
birlashtirishga qodir emas. Faqat O‘zbekiston xalqining g‘oyasi bo‘lgan milliy
g‘oyagina jamiyat subʼyektlarini birlashtirish salohiyatiga ega. Tarixdan maʼlumki,
birlashtiruvchi g‘oyaga ega bo‘lmagan jamiyat, davlat tanazzulga yuz tutadi. Shu
sababli milliy g‘oya va milliy mafkura masalasi har qandan jamiyat uchun hayot-
mamot masalasidir. Hozirgi mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqining milliy g‘oyasi
nafaqat amaliyotga tatbiq etildi, balki nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirildi.
Milliy tiklanish o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Bu, avvalo, ko‘p jihatdan
maʼnaviyatga bog‘liq. Shu boisdan mustaqillikning dastlabki kunlaridan
ajdodlarimizning maʼnaviy merosini tiklash ishlari keng jabhada amalga oshirildi.
Maʼnaviy meros qadimgi zamonlardan buyon ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan
bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyliklar siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar,
axloq-odob meʼyorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va sanʼat asarlari
majmuasidir. Maʼnaviy qadriyatlar, boyliklar jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli vujudga keladi va o‘sha davr hayotini aks
ettiradi. Davrlar almashinuvi, jamiyatlardagi o‘zgarishlar haqiqiy maʼnaviy merosning
qadrini oshirib boradi hamda keyingi avlodlar uchun maʼnaviy meros maqomiga olib
chiqadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlar tomonidan ko‘p asrlar
mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho maʼnaviy va madaniy merosni
tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Darhaqiqat, O‘zbekistondagi ijtimoiy sohaning tub ildizlaridan bo‘lgan maʼnaviy
sohaning keng rivojlanishi xalqning faol ishtiroki bilan bo‘ldi. O‘zbek xalqining o‘z
tarixi, urf-odatlari, milliy va diniy qadriyatlariga o‘zgacha ehtirom bilan munosabatda
bo‘lishi jahon ahli tomonidan eʼtirof etilgan.
135
Umuman olganda, maʼnaviy qadriyatlarning tiklanishi xalqning maʼnaviy
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayondir.
Haqqoniy tarixni tiklash, milliy o‘zlikni anglash, taʼbir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni
o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Buyuk ajdodlarning hayot yo‘li va
jasoratlari tarixiy xotirani jonlantirib, jamiyatda yangi fuqarolik ongni shakllantirishda
axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |