Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSIDАGI IJTIMOIY



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

7-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSIDАGI IJTIMOIY 
O‘ZGАRISHLАR 
 
Reja: 
1. 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. 
2. 
Аholi turmush darajasini yuqori darajada taʼminlash. 
3. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
“Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. 
1. 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining
shakllanishi.
O‘zbekistonda mustaqillik eʼlon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini 
yuqori darajada taʼminlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uning har 
tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy 
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli 
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng 
qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish 
uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy 
siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy 
siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Respublikada ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular 
quyidagilardan iboratdir: 
♦ 
Ijtimoiy siyosatini o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga 
egaligi; 
♦ 
Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi; 
♦ 
Аholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
♦ 
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga 
aniq manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish; 
♦ 
Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat qilib belgilangan: 
♦ 
Аholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash; 
♦ 
Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki isteʼmol bozorini 
shakllantirish; 
♦ 
Аholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning 
o‘sishini taʼminlash; 
♦ 
Аholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin 
tabaqalashuvining oldini olish; 
♦ 
Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni taʼminlash. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi 
asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda: 
♦ 
Davlat ijtimoiy isteʼmol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning 
har bir aʼzosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; 
♦ 
Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; 


121 
♦ 
Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan 
beriladigan imtiyozlar; 
♦ 
Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; 
♦ 
Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar; 
♦ 
Kam taʼminlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish; 
♦ 
Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; 
♦ 
Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari; 
♦ 
Ishsizlik nafaqasi; 
♦ 
Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda 
sotilishini taʼminlash; 
♦ 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni 
byudjet hisobidan qoplash; 
♦ 
Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, taʼlim, 
jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasini rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash. 
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo 
etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali 
taʼminlash mumkin. Chunki har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi 
ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar 
mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga taʼsir etadi. 
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy 
islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror 
o‘stirib borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush 
darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida 
aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar 
o‘sishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Аholining daromadlari 
tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017-yillarda 45,0 %dan 
34,3 %ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 
25,0 %dan 34,5 %ga o‘sdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5oktabrdagi PF-4848-
sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni 
har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan 
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat 
xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun 
loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda 
tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda. 
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib 
borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-


122 
siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan taʼminlash, yo‘l-transport 
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, taʼlim, 
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga 
oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat-notijorat tashkilotlarining ijtimoiy 
himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam 
taʼminlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar 
kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu 
darajada uchraydi. Аdolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga 
oladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin 
kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim eʼtibor hozirgi paytda ham 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish 
to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz 
seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, 
maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida 
amalga oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” 
Davlat dasturining maʼno-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan 
edi. Bu beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani 
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan: 
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real 
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash 
tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 
arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va 
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha 
maqsadli dasturlarni amalga oshirish, taʼlim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat 
va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”. 
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan 
beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini 
hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. 
Hatto mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar 
tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham 
nomlandi. Bu bejiz emas edi. 
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan 
tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. 
Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan 
ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud 
iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan 
shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli 
o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham 


123 
bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, 
ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, yaʼni kamayib-ko‘payib turishi 
ham tabiiy holdir. 
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga 
muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu 
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-
boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi. 
O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon 
tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy 
siyosat yuritish maqsadi ham yotadi. 
Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan 
bevosita bog‘liq, islohotlar masʼuliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga 
tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda 
davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qatʼiy 
qoidaga izchil amal qilib kelinyapti. 
Birinchi Prezident I.Karimovning 1993-yili chop etilgan “O‘zbekiston – 
bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh 
tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, 
“Kuchli ijtimoiy siyosat-iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb 
nomlangan yettinchi bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib 
berilgan. 
Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I.Karimov taʼlimotida o‘z-o‘zidan yoki 
birdaniga shakllanib qolmagan. Bu – uning davlatchilik borasidagi tadrijiy 
tafakkuri mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992-yili 
yozilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan 
ayrim qatʼiy pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor. 
Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad – xalq hayotini yaxshilash, 
fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol 
shug‘ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga 
erishishdan iborat. 
1997-yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash anʼanasi yo‘lga 
qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda 
esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maʼnosi ko‘zda tutilgan. Eʼtibor 
qilinsa, o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan 
ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi. 2007-yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya 
yili” bo‘ldi. 
Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam 
va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, yaʼni miliy mexanizmi 
ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar 
yig‘inlarining masʼuliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir 
necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va 
stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat 
tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari 


124 
paydo bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti. 2017-yilning aynan 
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat 
siyosatining izchilligidan dalolat beradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin