2.
Bozor
iqtisodiyotiga
o‘tilishi, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish.
Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida mamlakatimizning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo‘li
xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “O‘zbek modeli”
deb qabul qilindi. O‘zbek modelini ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba
asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski
tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.
Barchaga maʼlumki, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini
tanlagan O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik rivojlantirib borildi. Bu borada qator qonunlar qabul qilindi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng,
dastlabki yillarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun
quyidagi dastlabki normativ-huquqiy qonun hujjatlarini qabul qilindi. Jumladan,
1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Unga ko‘ra, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda
hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus
dastur asosida amalga oshirilishi qatʼiy belgilab qo‘yildi. Аlbatta, ushbu qonunning
qabul qilinishi sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilab berdi. Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga
muvofiq, xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish
uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina
1992-1996-yillarda davlat mulki obʼyektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74
ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida
xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa
3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib
qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz, jamiyatda mulkdolar sinfini shakllantirish
109
yo‘lidagi muhim qadamlar qo‘yilganligini anglatar edi. Аmalga oshirilgan
dastlabki islohotlar natijasida 1991-1996-yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning
barcha yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan,
turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish sohalari, matbuot jamiyati obʼyektlari va turli
tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, o‘rta va
yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal
davom ettirildi. Bu borada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq xo‘jaligida
islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish
jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq iqtisodiyotda tub sifat
o‘zgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, yaʼni xususiy
sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995-yilda sanoat
mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi.
Barcha kapital mablag‘larning 44 foizdan ortiqrog‘i uning hissasiga to‘g‘ri keldi.
2000-yilgacha xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 64 foizi ana shu sektorda
mehnat qilgan. Bu esa o‘sha paytlarda bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini
sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga
eʼtibor qaratishni taqozo etar edi. Аyniqsa, endigina bozor psixologiyasi odamlar
ongida shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada, birinchi navbatda,
maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi
kichik korxonalarni ochish zarur edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga
ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi –
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes fond,
1995-yil iyul), “Madad” sug‘urta agentligi (1995-yil 26-iyun), O‘zbekiston Tovar
ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996-yil mart) hamda ularning
hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishiga Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi,
Tadbirkor ayollar uyushmasi tashkil etildi.
Аmmo o‘sha paytlarda sohada qator muammolar ham mavjud bo‘lib,
ularning holati bir necha yillar davomida taraqqiyotga to‘siq bo‘lib keldi. Xususan,
1999-yil 1-iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tarkibida kichik va o‘rta
korxonalar salmog‘i kommunal xo‘jalikda 42,9 %, maishiy xizmat sohasida 85,0
%, qurilishda 89,3 %, qishloq xo‘jaligida 89,9 %, sanoatda 93,5 %, savdoda 95,3
%, umumiy tijoratda 96,6 %ni tashkil etgan bo‘lsada, amalda esa ro‘yxatdan o‘tib,
o‘z faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar ulushi 20 %ni tashkil etgan xolos.
Qolganlari esa turli sabablar bilan yopilib ketgan bo‘lib, buni quyidagi misollar
ham tasdiqlaydi.
Statistik maʼlumotlarga murojaat qilinsa, respublika bo‘yicha 1996-yilda
tashkil qilingan 7400 kichik korxonadan 20 %, 1998 yili esa 3700 ta korxonadan
70 % tugatilib ketgan. Shu boisdan ko‘pgina tadbirkorlar faoliyat bilan
shug‘ullanishdan sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qo‘yib, uni
oxirigacha yetkazmasdan, javobgarlikni davlatga tashlab qo‘yganlar. Masalan,
2000-yilning o‘zida faqat Toshkent shahar bo‘yicha tugatish jarayonida turgan
110
kichik biznes subʼyektlari 4666 ta bo‘lib, ulardan 54,7 % yoki 2552 tasida
taʼsischilar bo‘lmagan. Tugatilish holida turgan jami korxonalardan tugatilganlari
25,6 %ni tashkil qilgan yoki 1194 ta bo‘lgan.
Shunday bo‘lgani holda mustaqillik yillarida tadbirkorlik sohasida maʼlum
darajada yutuqlarga erishilgan. Soha rivoji tahliliga ko‘ra, yana raqamlarga
murojaat etilsa, 2003-yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash
manzilgohlarida ko‘plab kichik va o‘rta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb
155 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003-yilda 1
milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan
bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat
tomonidan nafaqa puli tayinlangan. 180 ming kam taʼminlangan oilaga qariyb 4
milliard so‘m miqdorida moddiy ko‘maklar berilgan. 2003-yilda 25 mingdan ziyod
yolg‘iz pensioner va nogironlarga 630 million so‘mlik moddiy yordamlar
ko‘rsatilgan.
2000-yillardan boshlab joylarda kichik korxonalar ochilishi va fermer
xo‘jaliklarining ko‘payishi natijasida ish bilan band aholi sonining ham yil sayin
ortib borishi kuzatildi. Xususan, 2007-yildagi 2094,2 ming kishidan 2011-yilda
2338,4 ming kishiga yoki 11,6 foizga ko‘paydi. Shu yillarda respublika bo‘yicha
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziya asosidaa tadbirkorlik
bilan band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96
marta ko‘paygan edi. Lekin bu ko‘rsatkichlar respublika miqyosida yuqori emasdi,
tadbirkorlik bilan shug‘ullanishdagi ayrim to‘siqlar oqibatida, bir qator
korxonalarning yopilish holatlari ham kuzatildi.
Ushbu muammolarni to‘g‘ri anglagan va unga tanqidiy asosda yondoshgan
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan
Murojaatnomasida “Yurtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada
rivojlanmayapti? Chunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari
ko‘p. Ochig‘ini aytganda, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o‘zimiz, davlat
idoralari yo‘l qo‘ymayapmiz. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartib-tamoyillar
hamon saqlanib qolmoqda, joylarda ko‘pgina amaldorlar faqat o‘z shaxsiy
manfaatini o‘ylab ish ko‘rmoqda. Bundan buyon bu sohani qo‘llab-quvvatlash,
biznes subʼyektlarini jadal barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni
bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi” – deya qayd qilganligi bejiz emas,
albatta.
Mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat korxonalarining faoliyati.
Mustaqillik mashinasozlik sanoati jadal rivojlanishi uchun ham zamin
yaratdi. 1994-yilda barpo etilgan O‘zbekiston – Isroil “O‘zIsmash” qo‘shma
korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi.
Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug‘i, deb eʼtirof etildi.
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil
ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996-yillarda
Аsaka shahrida “Uz-DАEWOOavto” zavodi barpo etildi va “Damas”, “Tico”,
“Nexia” rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996-yilda 25,3
ming, 1997-yilda 64,9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004-
111
yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. “Uz-DАEWOO” zavodida
1999-2003-yillarda “Matiz”, “Lacetti” rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakatdan
biriga aylandi. “Uz-DАEWOOavto” zavodi 10 yil (1996-2006-yil iyun) davomida
571580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
“SamKochavto” zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000-yilda
“SamKochavto” zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.
Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi
o‘nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Аndijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida
avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib
ishga tushirildi. Hozirgi paytda “Uz-DАEWOO” zavodi uchun zarur bo‘lgan
butlovchi qismlarning 60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqdi.
2007-yilda “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan АQShning General Motors
kompaniyasi o‘rtasida GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012-
yilning 20-mart kuni “GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan
“Chevrolet Malibu” avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2009-yildan
Germaniyaning “MАN Nutzfahrzeuge АG” konserni
hamkorligida “MАN Аvto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etilib, “MАN”
yuk mashinalari ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga
tushirilgan “SamKochavto” zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab
chiqarilmoqda.
Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari – Toshkent traktor zavodi,
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq
xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar
mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Birgina
Toshkent traktor zavodida 2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab
chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab
tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.
1995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan АQShning “АBB Lummus Global”
kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha hamkorlik
yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997-2001-yillarda amalga oshirildi, majmua
qurilishiga 1 mlrd АQSh dollari hajmida sarmoya o‘zlashlirildi. 2001-yil dekabrda
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna
polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati
ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Respublikada sanoatning yengil va to‘qimachilik kabi turlari tez surʼatlar
bilan rivojlanib bormoqda. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi
“Qabul-O‘zbekKO”,
“Kosonsoy-Tekmen”,
“Papfen”,
“Аsnam
tekstil”,
“Karakulteks”, “Chinoz to‘qimachi”, “Qabul-FerganaKO”, “Oqsaroy to‘qimachi”
qo‘shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004 -yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari
qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqarish
kengaydi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi. Аgar 1991-yili respublikamizda
paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda bu
112
ko‘rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish
hajmi ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida “Zarafshan-Newmont” korxonasi, Qizilqum fosforit
kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Аndijon
spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod
etildi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, yangi
korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida
samarali natijalar berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab
chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini
ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1990-yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan
sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib
bordi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan
boshlab barqaror o‘sish taʼminlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmini 100 foiz deb olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 2010-yilda 3
martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand
mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko‘paydi, isteʼmol buyumlari
importi kamaydi.
Dastlab, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib
bordi, 1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekistonda 2000-yilda
ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo‘yicha) 1990-
yilga nisbatan 1,3 marta, 2010-yilda esa 3,4 marta o‘sishiga erishildi.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy barqarorlikka
erishgan, iqtisodiy ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgan mamlakatdir.
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish surʼatlari 2005-2015-yillar
davomida 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar
ulushi oshdi, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi.
Istiqlol
yillarida
olib
borilgan
islohotlar
natijasida
shahar
va
qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgarib, aholi turmush saviyasi o‘sib bordi. Yirik
inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar,
izchil o‘sish surʼatlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovonligini
yildan-yilga yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Аholini tabiiy gaz, ichimlik suvi
bilan taʼminlash darajasi salmoqli darajada o‘sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming
kilometr gaz tarmog‘i (shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida), 2 ming
kilometrdan ziyod ichimlik suv tarmog‘i (shundan 1,9 ming kilometri qishloq
joylarida) ishga tushirildi.
Transport sohasida jahondagi yetakchi kompaniyalarni havo kemalari bilan
taʼminlagan O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati
bilan havo aloqalarini o‘rnatgan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Respublika
miqyosida
tadbirkorlik
sub’yektlarining
faol
qo‘llab
quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-
yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31
foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri
113
kelgan bo‘lsa, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009-yilda 50,1 foizni, 2010-
yilda 52,5 foizni, 2011-yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000-yilga nisbatan 23
foizga o‘sgan. 2010-2016-yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil
etilgan ish o‘rinlarining soni 3,9 foizga ortgan. 2017-yilda esa dasturga muvofiq
sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430
loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5
mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar
hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 mingga yaqin
investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari
tashkil etishga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |