Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar 
islohotlar.
Qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat 
xo‘jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, 
aksariyat xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va 
chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. Аgar 
mamlaktimizda fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat 
qilinsa, fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan 
edi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga eʼtibor 
berildi. Xo‘jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar. Respublikada don 
mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni 
tiklash yo‘li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar 
qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida 
donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 
foizga o‘sdi. 
Аgar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tayyorlagan bo‘lsa, 
2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yilda 8 mln 50 ming tonnalik 
g‘alla xirmoni tayyorlandi. 
Yaqin 
tariximizda 
chorvachilik 
sohasini 
rivojlantirish 
maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martdagi 
“Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi, 1994-yil 23-fevralda “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni 
takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan 
fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida”, 1995-yil 24-martdagi 
“Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari muhim ahamiyat kasb 
etdi. Bu qarorlarga asosan, 1995-yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan 
ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada 
ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75 %ni xususiy sektor bera boshladi. 
Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat 
tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yilqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga 
bo‘lib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta eʼtibor 
qaratildi. Natijada 1990-yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat 
yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari 


114 
bo‘yicha taqsimlanishiga eʼtibor qaratilib, 2000-yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 
632,2 ming gektarga, 2010-yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan. 
Vaholanki 1990-yilda O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar, 
maxsus shirkatlar, qorako‘lchilik fermalariga tegishli yer maydonlari 3 mln 974 
ming gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning yerlari fermer 
xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yiriklashtirilishi 
natijasida 2010-yilda umumiy yer maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan 
yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklarning yerlari 93 ming 900 gektarga 
kamaytirilgan edi. 
2000-yillardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi 
barqaror tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar 
Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini 
fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2003-yil 
27-oktabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi 
to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan. 
Аgar 2001-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining 
soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 189235 birlikka 
yetgan yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik 
o‘sishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xo‘jaligi negizida 22 mingdan 
ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 
Respublikamizda 
fermerlikning 
kelgusidagi 
rivojlanishi 
va 
yangi 
imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000-yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. Puxta o‘ylangan 
dastur asosida 2008-2010-yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni 
natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari hajmi kamaytirildi. 
Аmalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida 2011-yil yakuniga ko‘ra, 
Respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 
foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer 
maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. 
O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha 
olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 
106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va 
uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan. 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda agrar islohotlarga eʼtibor kuchaytirildi. 
Chunki Respublika aholisining 62 %i qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida 
YaIMning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi. Аgrar 
islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. 
Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda. 
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shimcha ravishda 550 
ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer 
maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan 
foydalanmoqda. 
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, agrar islohotlarning dastlabki yillarida 
sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Аmmo ular xo‘jalik 
yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida 


115 
shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi 
korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar 
holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi 
shirkat aʼzosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishloq 
xo‘jaligida 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning 
eng 
muhum 
yo‘nalishlari 
to‘g‘risida”gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. 
Farmonga binoan, 2003-2007-yillarda shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning 
negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 2007-2008-yillarda paxtachilik
sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer 
maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq 
xo‘jaligini ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi. Qishloqlarda shaxsiy 
yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon 
xo‘jaligi – bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila 
boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila aʼzolarining shaxsiy 
mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5 
millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat 
yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi. 
Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish sub’yektlariga 
aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi 
mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda. 
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq 
hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi 
o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan 
mahsulotning egasiga aylandi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin