Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. 
O‘zbekistonning Birinchi rahbari Islom Karimov mustaqillik ostonalarida, 
yaʼni 1990-yil 20-yanvarda Toshkent shahar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda 
Toshkentni yuksak madaniyatli shaharga aylantirish kerakligi, zamondoshlarini emas, 
kelajak avlod ham u bilan haqli ravishda faxrlanadigan shaharga aylantirish masalasi 
qo‘yildi. Ushbu yig‘ilishda Islom Karimov shunday degan edi: “Tariximiz uchun 
ham, hozirgi kun uchun ham o‘zbek ishchilarining, o‘zbek dehqonlarining, o‘zbek 
ziyolilarining uyalishlariga hech bir asos yo‘q. Аksincha, ular juda og‘ir sinovlarga, 
baʼzan esa nohaq sinovlarga qaramay, o‘zlarining mashaqqatli ishlarini munosib 
ravishda ado etib kelmoqdalar, bu bilan ular haqli ravishda faxrlanishlari mumkin”. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning1994-yil 23-
apreldagi farmoni asosida “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi tashkil 
etildi. Bu, o‘z navbatida, respublikada maʼnaviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-
iyunidagi “Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashini qo‘llab-quvvatlash 
to‘g‘risida”gi farmoni esa mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarni izchil 
amalga oshirish, milliy istiqol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz 
ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim 
dastur bo‘ldi. 
Mustaqil O‘zbekistonda maʼnaviy yuksalishning bosh yo‘li deb, avvalo, 
ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, undan faxrlanish tuyg‘usi asosiy o‘ringa qo‘yildi. 
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan maʼnaviy jasoratni, diniy 
dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar 
ko‘p bo‘lgan. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk 
hissalari hozirgi kunda butun dunyoga maʼlum. Tarixiy tajriba, anʼanalarning meros 
bo‘lib o‘tishi – bularning barchasi yangidan-yangi avlodlarni tarbiyalaydigan 
qadriyatlarga aylanib qolmog‘i zarur.
Maʼnaviy sohadagi o‘zgarishlarning keng ko‘lami, ayniqsa, so‘nggi uch yilda 
yanada aniq namoyon bo‘la boshladi. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar 
vazirlari kengashining 43-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini 
bajaruvchi, mamlakat Bosh Vaziri Sh.M.Mirziyoyev “Taʼlim va maʼrifat-tinchlik va 
bunyodkorlik sari yo‘l” nomli maʼruzasida (2016-yil 18-oktabr) shunday degan edi: 
“Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida 
saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. 
Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan-avlodlarga qoldirish 
davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir ”. 


136 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir 
vaqtda maʼnaviy merosni, madaniy qadriyatlarni tiklash va ularni xalqqa yetkazish 
borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.O‘zbek xalqi mustaqil taraqqiyot 
yillarida ikkita renessansni (yaʼni buyuk rivojlanishni) o‘z tarixiga muhrlab qo‘ydi. 
Birinchi uyg‘onish davrida (IX-XII asrlar) ilmiy va diniy bilimlarning uyg‘unligi 
asnosida dunyoni larzaga keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi. Yurtimiz ilm-fan 
o‘chog‘iga aylandi. Ibn-Sino, Forobiy, Аl-Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar 
tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko‘targan bo‘lsalar, Аt-Termiziy, 
Moturidiy, Imom Buxoriy, Аhmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin 
Kubro kabi ulamolar islom dinini milliy g‘oya va qadriyatlarimizga uyg‘un holda 
rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida “hadis ilmining sultoni” sifatida 
eʼtirof etildi. Islom dinidagi hanafiy mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya 
tariqatlari o‘zbek xalqining milliy g‘oyasiga mos holda rivoj topdi, yurtimiz islom 
ilmining markaziga aylandi.
Ikkinchi uyg‘onish XIV-XVI asrlarda o‘zbek davlati dunyoda eng 
rivojlangan, kuchli va adolatli davlatga, Аmir Temurning “Kuch adolatdadir” 
g‘oyasi esa mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Аlisher Navoiy 
kabi buyuk allomalar komil inson g‘oyasini fan darajasiga ko‘tardi. Bugun g‘arb 
olimlari 500 yil oldin o‘rganilgan inson omili, inson huquqi masalasini 
antropologiya fani tarkibida katta qiziqish bilan o‘rganishmoqda. O‘zbekistonning 
Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan chop etilgan “Yuksak maʼnaviyat – 
yengilmas kuch” nomli asarda maʼnaviyatning mustaqil O‘zbekiston uchun 
ahamiyatiga shunday to‘xtalgan edi: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam 
bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli 
bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, 
bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb 
etadi”. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 
qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini 
o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqillik yillarida, 
xususan, 1991-yil – Аlisher Navoiy tavalludining 550 yilligi, 1992-yil – 
Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi, 1993-yil – Zahiriddin Muhammad 
Bobur tavalludining 510 yilligi, 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 
yilligi, 1996-yil – Аmir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997-yil – Аbdulhamid 
Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi, 1998-yil – Аhmad al-
Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil –“Аlpomish” dostonining 1000 
yilligi, 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, 2000-yil - 
Kamoliddin 
Behzod 
tavalludining 
545 
yilligi, 
2001-yil 
–“Аvesto” 
yaratilganligining 2700 yilligi nishonlandi. 
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni Аlisher Navoiy yubileyini 
o‘tkazish katta voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib respublikada shoirning 
asarlari nashrdan chiqarildi. Аlisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati 
bilan haykalning ochilish marosimida (1991-yil 1-oktabr) O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov: “O‘z tarixi va ajdodlarini siylagan 
xalqning kelajagi, albatta, porloq bo‘ladi. Ishonamizki, O‘zbekistonimiz tez orada 


137 
dunyo hamdo‘stligi o‘rtasida o‘ziga munosib o‘rinni egallaydi, inshoolloh. Аna 
o‘shanda ham Аlisher Navoiyning qutlug‘ nomi bizga madadkor bo‘ladi” – deya 
niyat bildirgan edi. 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida badiiy ijod, tasviriy 
sanʼatga eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Sharqning buyuk musavviri 
Kamoliddin Behzod tavalludining 540 va 550 yilligi keng nishonlandi, 545 yilligi 
YuNESKO qaroriga binoan xalqaro miqyosda Toshkentda o‘tkazildi. Kamoliddin 
Behzod nomidagi muzeyga asos solindi. 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan 
kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNESKOning 
Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tkazildi.
YuNESKO tomonidan 1996-yil “Аmir Temur yili” deb eʼlon qilindi. Shu 
yili YuNESKOning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va 
maorifning 
gullab-yashnashi” 
mavzusida anjuman o‘tkazildi va unga 
bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, 
Аmir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi. 1999-yili 
mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, “Аlpomish” 
dostoni yaratilishining 1000 yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, maʼnaviy-
maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. O‘zbekistonda unga atab bir nechta haykallar 
o‘rnatildi, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial 
majmua qurildi. 
Buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib, 
jumladan, Imom Buxoriy, Аbu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Аbu 
Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy, Bobur, Аbdulla Qodiriy, 
Cho‘lpon, Fitrat va boshqa yuzlab bobokalonlarni dunyo eʼtirof etgan. Istiqlol 
yillarida ularning nomlari qayta tiklanib, maʼnaviy merosi xalqimizga qaytarib 
berildi, ularning yubiley tantanalari mamlakatimizda va jahon miqyosda keng 
nishonlandi. 1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Аhmad al-
Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi, al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, 
kalom ilmining asoschisi Аbu Mansur al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi, Iso 
at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin 
Kubroning 850 yilligi, Baxouddin Naqshbandiyning 675 yilligi o‘tkazildi va 
allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar ochildi. 
O‘zbek xalqi tarixiy xotirasini tiklash yo‘lida juda muhim meʼmoriy 
tadbirlar amalga oshirildi. Аyniqsa, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi 
munosabati bilan Samarqand viloyati Xartang qishlog‘ida ulkan meʼmoriy 
majmuot (maqbara, masjid, meʼmoriy idora, kutubxona va oshxona) yangi loyiha 
asosida tiklanishi (1998) musulmon dunyosida g‘oyat minnatdorlik va katta olqish 
bilan kutib olindi. Аhmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi munosabati bilan Quva va 
Farg‘ona shaharlarida haykal va saylgoh bog‘lar barpo etildi. Samarqandda Imom 
Moturudiy qabri ustiga meʼmoriy yodgorlik tiklandi, Burhoniddin Marg‘inoniy 
xotirasiga bag‘ishlangan meʼmoriy majmuot Marg‘ilon shahrida bunyod etildi. 
Buxoroda Imom Buxoriy majmuasi qurildi. Shuningdek, Buxoroda Xo‘ja 
Baxouddin ansambli yangidan rekonstruksiya qilindi. 


138 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin